{"id":131401,"date":"2024-06-10T18:35:28","date_gmt":"2024-06-10T15:35:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131401"},"modified":"2024-06-10T18:35:31","modified_gmt":"2024-06-10T15:35:31","slug":"toshhovli-olloqulixon-saroyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toshhovli-olloqulixon-saroyi\/","title":{"rendered":"Toshhovli, Olloqulixon saroyi"},"content":{"rendered":"\n<p>Toshhovli, Olloqulixon saroyi \u2014 Xivadagi me&#8217;moriy yodgorlik. Olloqulixon qurdirgan (1830-38). Xalq ustalari Nurmuhammad, usta toji va usta Qalandar Xivakiy tomonidan bunyod etilgan. T. 3 hovli, 111 ta xonadan iborat: arz hovli (darvozasi g&#8217;arbga), ishrat hovli (Jan. ga), Haram (darvozasi g&#8217;arbga qaragan). Xorazm mahalliy turar joy me&#8217;morligiga xos uslubda, shahar tashqarisidagi qo&#8217;rg&#8217;onhovli ko&#8217;rinishida bo&#8217;lganligi uchun T. deb nomlangan. Atrofi baland devor (qalinligi 1,2\u2014 1,5 m) bilan o&#8217;ralgan. Devor tepasi kungurali, darvoza yonlari Guldastali. Dastlab Haram bunyod etilgan (1830-32). Tarhi 80&#215;42 m, hovlisi 49&#215;15 m, Jan. qismida 5 ta alohidaalohida ayvon (xon va uning 4 xotiniga mo&#8217;ljallangan) bor, ulardan xonalarga dahlizlar orqali kiriladi. Qabulxona (ishrat hovli tarhi 43&#215;36,5 m) haramning Jan.Sharqiy qismida qurilgan (1832-34). 3 y.dan so&#8217;ng Jan. g&#8217;arbiy burchagida arz hovli (tarhi 35 x 40 m) qad rostlagan (1837-38). Har bir hovlida alohida xizmatchilar xonasi, xo&#8217;jalik xonalari, otxona bo&#8217;lgan. Hovlilarda ayvonlar o&#8217;ziga xos uslubda joylashgan. Haramning Jan.da 2 qavatli bino oldiga baland qilib 1 ustunli ayvon ishlangan, arz hovli va ishrat hovlidagi binoning faqat 2qavatida 1 ustunli, panjara to&#8217;siqli ayvon bor. Hovli markazidagi doira shaklli supaga chodir o&#8217;rnatilib mehmonlar kutilgan. T.ning tashqi tarzi bezaksiz, yaxlit devorli. Hovli atrofidagi ayvon va xonalar milliy me&#8217;morlik an&#8217;analari asosida pardozlangan. Devordagi ustungo&#8217;shalar oralig&#8217;iga namoyonlar ishlanib, choksiz ko&#8217;k va oq koshin qoplab, girih parchinlardan naqsh hosil qilib terilgan. Ishrat hovli va arz hovli devorlari namoyonlarga ajratilib, ko&#8217;k, oq va havo rang koshindan gilam nusxa mujassamot yaratilgan. Ayvon devorlaridagi girih va islimiy naqshlar orasidagi doira shakllar ichida arabiy yozuvlar uchraydi. Marmar poyustun va o&#8217;ymakori yog&#8217;och ustunlardagi doira shakllarda Ogahiyning Xiva xonlari tarixiga oid she&#8217;rlari, xon ayvonidagi Sharqiy poyustunda 1832 y. va ishrat hovli katta ayvon poyustunida, arz hovli katta ayvon bezaklari orasida 1838 y. hamda usta Abdulla jin nomi saqlangan. T.dagi xonalar tomi to&#8217;sinli, Haram va ishrat hovli ayvonlari hovuzakli, xo&#8217;jalik xonalari tomiga qamish bostirib loysuvoq qilingan, ba&#8217;zilari vassa shiftli. Xona ichki bezaklari ancha sipo, devor hoshiyalarida, shakldor taxmonlarda, Shift osti sharafasi, muqarnas kosachalari ganchkori bezakda, mevali daraxt shoxi va gullar qora, ko&#8217;k va qizil tusda ifodalangan. T. (Haram qismi)da Xiva &#8220;Ichan qal&#8217;a&#8221; davlat tarixiyme&#8217;moriy muzeyqo&#8217;riqxonasining hunarmandchilik muzeyi ekspozisiyasi joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Toshhovli, Olloqulixon saroyi \u2014 Xivadagi me&#8217;moriy yodgorlik. Olloqulixon qurdirgan (1830-38). Xalq ustalari Nurmuhammad, usta toji va usta Qalandar Xivakiy tomonidan bunyod etilgan. T. 3 hovli, 111 ta xonadan iborat: arz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toshhovli-olloqulixon-saroyi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131401","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131401","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131401"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131401\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131416,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131401\/revisions\/131416"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131401"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131401"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131401"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}