{"id":131422,"date":"2024-06-10T18:39:21","date_gmt":"2024-06-10T15:39:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131422"},"modified":"2024-06-10T18:39:27","modified_gmt":"2024-06-10T15:39:27","slug":"toshkent-tuproqqorgoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toshkent-tuproqqorgoni\/","title":{"rendered":"TOSHKENT TUPROQQO&#8217;RG&#8217;ONI"},"content":{"rendered":"\n<p>TOSHKENT TUPROQQO&#8217;RG&#8217;ONI &#8211; Anhor kanalining chap sohilida, shahar qal&#8217;a devorining qo&#8217;ymas (katagon) darvozasi tashqarisi (hoz. O&#8217;zbekiston prospekti yoni)dagi tepalikda 1865 y. barpo qilingan. Bu tepalikda ilk o&#8217;rta asrlarda qurilgan qo&#8217;ymas istehkomi bo&#8217;lgan, uning qoldiqlari keyinchalik Tali qo&#8217;ymas, ya&#8217;ni Qo&#8217;ymastepa deb atalgan. 1865 y. iyunda Toshkent podsho Rossiyasining general Chernyaev boshchiligidagi qo&#8217;shinlari tomonidan bosib olingach, bu tepalikda zudlik bilan harbiy qal&#8217;a qurishga kirishildi. Qal&#8217;aning tarhi 6 burchakli bo&#8217;lib, baland tuproq ko&#8217;tarmalari bilan o&#8217;ralgan, burchaklarida mustahkam Bastion (burj)lari bo&#8217;lgan. Ko&#8217;tarmalarning ayrim joylariga g&#8217;ishtdan devorlar ishlanib o&#8217;t ochish uchun shinaklar qilingan. Ichki qismida 6 piyodalar rotasi uchun kazarmalar, ofitserlar uchun bino, lazaret (150 o&#8217;rinli), o&#8217;qdori, kiyimbosh va oziq-ovqat ombor &#8211; xonasi va porox uchun erto&#8217;la qurilgan. Asosiy kirish yo&#8217;li (Sharqiy darvoza) g&#8217;ishtdan hashamdor ishlangan. Keyinchalik Tuproqqo&#8217;rg&#8217;on tashqarisida ustaxona, aslahaxona va piyoda askarlar bataloni uchun 2 kazarma qurilgan. Toshkentda evropalik aholi uchun yangi shaharning qurilishi shu Tuproqqo&#8217;rg&#8217;onni bunyod etishdan boshlandi. Tuproqqo&#8217;rg&#8217;on yaqinida xrz. Mustaqillik maydonida gubernator saroyi \u2014 &#8220;oq uy&#8221; qurildi. Tepalikda joylashgan qal&#8217;a eski shahar ustidan nazorat qilib turish va ayni vaqtda mustamlakachilar yashaydigan yangi shaharni qo&#8217;riqlab turish imkonini bergan. 1867-83 y.larda T.t.dan har kuni soat 12 da to&#8217;p otilgan. Qal&#8217;ada soldatlar bolsheviklar tashviqoti ta&#8217;sirida bir necha marta qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;targanlar. 1917 y. 1 noyabrda T.t.da sho&#8217;ro hukumatining bayrog&#8217;i o&#8217;rnatilgan. Hozir T.t. o&#8217;rnida Respublika Prezidenta qarorgohi binolari majmuasi joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TOSHKENT TUPROQQO&#8217;RG&#8217;ONI &#8211; Anhor kanalining chap sohilida, shahar qal&#8217;a devorining qo&#8217;ymas (katagon) darvozasi tashqarisi (hoz. O&#8217;zbekiston prospekti yoni)dagi tepalikda 1865 y. barpo qilingan. Bu tepalikda ilk o&#8217;rta asrlarda qurilgan qo&#8217;ymas &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toshkent-tuproqqorgoni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131422","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131422","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131422"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131422\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131427,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131422\/revisions\/131427"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131422"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131422"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131422"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}