{"id":131468,"date":"2024-06-10T20:31:31","date_gmt":"2024-06-10T17:31:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=131468"},"modified":"2024-06-10T20:31:36","modified_gmt":"2024-06-10T17:31:36","slug":"teylorizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/teylorizm\/","title":{"rendered":"Teylorizm"},"content":{"rendered":"\n<p>Teylorizm \u2014 ishlab chiqarishni boshqarish, mehnatni tashkil etish va moddiy rag&#8217;batlantirish hamda biznes samaradorligi nazariyasi; Amerika menejment nazariyasining bir yo&#8217;nalishi. 19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida AQSh muhandisi va olimi F.U. Teylor (1856\u2014 1915) tomonidan ishlab chiqilgan. Teylor mehnatni rasional tashkil etish qonuniyatlariga asoslangan qat&#8217;iy ilmiy bilimlar tizimini taklif etdi. Uning tashkiliy unsurlari: tannarxni hisoblashning matematik usuli; mehnatga haq to&#8217;lashning tabaqalashgan tizimi; vaqtni va mehnat harakatlarini o&#8217;rganish usuli (xronometraj); mehnat jarayonini qismlarga bo&#8217;lish va rasionalizasiyalash; funktsinal ma&#8217;muriyat; instruktsion kartochkalar va b. (keyinchalik ular amerikacha &#8220;ilmiy menejment&#8221; tarkibiga kirdi). Teylorning fikricha, ishlab chiqarish.ning samaradorligini oshirishga faqatgina mehnat jarayonini, usullarini, asboblarini standart lashtirib erishish mumkin. Ishchilar o&#8217;z vazifalarini mutlaqo mexanik tarzda bajarishlari lozim, ishlab chiqarish. boshqaruvi esa etarli bilim va malakaga ega bo&#8217;lgan tashabbuskor ma&#8217;muriyat tomonidan amalga oshirilishi kerak. Teylor moddiy manfaatdorlik tamoyilini o&#8217;z nazariyasiga asos qilib oldi, ya&#8217;ni ish haqi yordamida ishchi mehnatini maksimal ravishda intensivlashtirish mumkin, degan fikrni olg&#8217;a surdi. Teylor ijtimoiyfalsafiy kontsepsiyasining Markaziy tamoyiliga ko&#8217;ra ish haqi oxiroqibat ishchining ishlab chiqarish. ga qo&#8217;shgan hissasiga Moe bo&#8217;lishi hamda ishlab chiqarish.ni kengaytirishga olib kelishi lozim. O&#8217;z kontsepsiyasini ishlab chiqarish.da Teylor tadqiqot o&#8217;tkazishning aniq usullari \u2014 intervyu, anketa, kuzatish usullaridan foydalandi. T. asosida 4 ta ilmiy tamoyil (boshqaruv qonunlari) yotadi: eski, o&#8217;ta amaliy ish uslubini, mehnat faoliyatining har bir alohida turini ilmiy boshqaruv uslubiga almashtirish; ishchi va menejerlarni ilmiy mezonlar asosida professional tanlash; mehnat jarayonini ilmiy tashkil etish masalalari bo&#8217;yicha ma&#8217;muriyatning ishchilar bilan hamkorligi; ishchilar va menejerlar o&#8217;rtasida mas&#8217;uliyatning tekis va adolatli taqsimlanishi. T. tamoyillari dastlab AQShda, so&#8217;ngra Buyuk Britaniyada mehnatni tashkil etish tarzida amaliyotga joriy qilingan. T. keyinchalik amerikacha menejment falsafasining asosiy manbalaridan biriga aylandi. Ad.: Teylor F.U., Nauchnaya organizasiya truda, 2 izd., M., 1925; Uoll N., Markuze Ya.,Laynz D., Martin B., Ekonomika i biznes, Per. s angl. M., 1999. Farhod Akbarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Teylorizm \u2014 ishlab chiqarishni boshqarish, mehnatni tashkil etish va moddiy rag&#8217;batlantirish hamda biznes samaradorligi nazariyasi; Amerika menejment nazariyasining bir yo&#8217;nalishi. 19-a. oxiri \u2014 20-a. boshlarida AQSh muhandisi va olimi F.U. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/teylorizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-131468","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131468","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=131468"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131468\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":131484,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/131468\/revisions\/131484"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=131468"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=131468"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=131468"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}