{"id":13203,"date":"2021-12-24T08:52:44","date_gmt":"2021-12-24T05:52:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13203"},"modified":"2021-12-24T08:52:45","modified_gmt":"2021-12-24T05:52:45","slug":"yulduzlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yulduzlar\/","title":{"rendered":"YULDUZLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>YULDUZLAR \u2014 Quyosh singari yorug&#8217;lik sochuvchi osmon jismlari; asosan, qaynoq plazmadan tarkib topgan, Gravitatsiya (tortishish) kuchlari ta&#8217;sirida gazchang muhiti (asosan, vodorod va geliy) dan hosil bo&#8217;ladi. Yulduzlar markazida yuqori zichlik va yuqori temperatura (chamasi 10-12 million K) vujudga kelganda elementlarining sintezlanish termoyadro reaktsiyasi sodir bo&#8217;ladi. Quyosh yerdan taxminan 150 million kilometr uzoqda, Galaktikamizdagi Yulduzlar esa unga qaraganda ming, hatto million marta uzoqda joylashgan. Eng yaqin yulduzlargacha bo&#8217;lgan masofa yerdan Quyoshgacha bo&#8217;lgan masofadan 66 ming barobar katta. Quyosh Yerga yaqin bo&#8217;lgani uchun yulduzlardan katta bo&#8217;lib ko&#8217;rinadi. Yorug&#8217;lik Quyoshdan Yerga 8,3 minutda, bizgacha eng yaqin bo&#8217;lgan Tsentavrning a sidan yorug&#8217;lik 4 yilu 3 oyda yetib keladi. Shuning uchun Yulduzlar bizga (katta teleskoplarda ham) hamma vaqt yorug&#8217; nuqta bo&#8217;lib ko&#8217;rinadi. Teleskopsiz osmon sferasida ko&#8217;pi bilan olti ming, kichik teleskopda bir necha o&#8217;n ming, katta teleskopda esa bir necha yuz million Yulduzlarni ko&#8217;rish mumkin. Bizning Galaktikamizda hammasi bo&#8217;lib taxminan 120 milliard Yulduzlar bor. Yulduzlarni o&#8217;rganish insonlarning moddiy hayot ehtiyoji (kalendar tuzish, aniq vaqtni belgilash, sayohat vaqtida Yulduzlarga qarab yo&#8217;nalishni aniqlash va boshqalar) taqozo qilgan. Qadimdayoq yulduzli osmon Burjlar, turkumlarga bo&#8217;lingan. Aristotel davri (miloddan avvalgi 4-asr) dan boshlab bir necha yuz yillar davomida Yulduzlarning bir-biriga nisbatan osmonda egallagan o&#8217;rni o&#8217;zgarmas, ular osmonga &#8220;qadab qo&#8217;yilgan&#8221;, deb hisoblangan. Shuning uchun qadimiy zamonlarda kishilar yulduzli osmonni o&#8217;zgarmas deb hisoblab, Yulduzlarning osmon sferasida egallagan o&#8217;rnini aniqlaganlar va Yulduzlar jadvallarini tuzganlar (masalan, Gipparx, miloddan avvalgi 2-asr, Ulug&#8217;bek, 15-asr). Bu jadvallar yordamida vaqt, joyning geografik koordinatalari aniqlangan. Xira Yulduzlar jadvallari ham tuzilgan va ular ko&#8217;pgina amaliy masalalarni hal etishda qo&#8217;llanilmoqda. Bundan ming yil avval Arab astronomlari yorug&#8217;ligini o&#8217;zgartirib turuvchi yulduzni topganlar va unga Algol (shayton ko&#8217;zi) deb nom berganlar. Hozir bunday Yulduzlar juda ko&#8217;p topilgan. 16-asr oxirida italiyalik astronom J. Bruno Yulduzlarni ham Quyosh singari uzoqda joylashgan jismlar deb tushuntirgan. 1595 yilda nemis astronomi I. Fabrisius birinchi marta o&#8217;zgaruvchan Yulduzlar ni, 1650 yilda italiyalik olim J. Richcholi qo&#8217;shaloq Yulduzlarni, 1718 yilda ingliz astronomi E. Galley 3 ta Yulduzlarning o&#8217;ziga xos harakatini, 18-asr o&#8217;rtalarida M. V. Lomonosov, nemis olimi I. Kant, ingliz astronomlari T.Rayt hamda V.Gershel va boshqalar Quyosh sistemasipk kashf etdilar. 19-asrning 2-yarmida Yulduzlarni tekshirishga avval spektroskopiya, keyinchalik fotografiya qo&#8217;llanila boshlandi. 20-asr boshlaridan fizika fani yutuqlaridan foydalanib, Yulduzlarning fizik tabiatini o&#8217;rganishga va evolyutsion qonunlarini tadqiq qilishga kirishildi. Yulduzlarning asosiy ko&#8217;rsatkichlari ularning massalari, radiuslari va yorqinligi hisoblanadi. Yulduzlar ravshanligi, yorqinligi va rangi bo&#8217;yicha bir-biridan ancha farq qiladi. Masalan, faqat katta teleskoplardagina kuzatiladigan eng xira Yulduzlar oddiy ko&#8217;zga ko&#8217;rinadigan eng yorug&#8217; Yulduzlardan milliard marta kam yoritadi. Yulduzlarning rangi ularning spektrlarini taqqoslaganda yaqqol namoyon bo&#8217;ladi. Yulduzlar spektrlariga ko&#8217;ra spektral sinflarga ajratilgan. Bunday sinflarga ajratishning asosi Yulduzlarning temperaturasidir. Ma&#8217;lumki, Yulduzlar sochayotgan nur energiyasi ularning atmosferasi orqali tarqaladi. Demak, Yulduzlar spektrini tekshirishdan ularning atmosferasi to&#8217;g&#8217;risida fizikaviy va kimyoviy ma&#8217;lumotlar olinadi. Masalan, Yulduzlar spektriga ko&#8217;ra ular atmosferasining temperaturasi, gaz bosimi, kimyoviy tarkibi bir-biridan keskin farq qilmaydi. Bu kattaliklar ko&#8217;pincha Quyosh parametrlariga nisbatan ifodalanadi. Yulduzlar olami turlituman bo&#8217;lib, ba&#8217;zilari hajm jihatdan Quyoshga nisbatan million marta katta va yorqin (gigant yulduzlar); ko&#8217;pgina Yulduzlar o&#8217;lchami va yorqinligi jihatdan Quyoshga nisbatan ancha kichik (karlik Yulduzlar) bo&#8217;ladi. Zichligi jihatidan siyraklashgan va o&#8217;ta zich Yulduzlar mavjud. Bir qator gigant Yulduzlarning o&#8217;rtacha zichligi suv zichligiga nisbatan yuz ming marta kichik, boshqalariniki (masalan, oq karliklarniki) yuz ming marta katta. Ba&#8217;zi Yulduzlar kuchli chaqnashi natijasida tashqi qobig&#8217;idagi ma&#8217;lum massasini tashlab yuborib yorqinligini davriy o&#8217;zgartirib turadi va ular o&#8217;zgaruvchan yulduzlar deb ataladi. Yangi yulduzlart esa yorqinlik tezda ortib boradi. Shu bilan birga kichikroq Yulduzlar bir necha sutka kattalashib, undan gaz qobig&#8217;i ajraladi va kengayishni davom ettirib fazoga yoyiladi. So&#8217;ngra yana kichikroq o&#8217;lchamga qisqaradi. Chaqnash paytida ko&#8217;proq o&#8217;zgaradigan o&#8217;ta yangi Yulduzlar ham bor. Yulduzlarning spektrlarini o&#8217;rganish ularning atmosferasidagi kimyoviy tarkibini aniqlashga imkon beradi. Yulduzlar ham Quyosh singari Yerdagi mavjud kimyoviy elementlardan tarkib topgan. Yulduzlarda vodorod (og&#8217;irligiga nisbatan taxminan 70%) va geliy (taxminan 25%) ko&#8217;proq, qolgan elementlar (kislorod, azot, temir, uglerod, neon) taxm. Yerdagidek uchraydi. Yulduzlar ko&#8217;pincha umumiy og&#8217;irlik markazi atrofida aylanuvchi juft bo&#8217;lib joylashadi; bular qo&#8217;shaloq yulduzlar deb ataladi. Uchlamchi va karrali sistemada harakatlanadigan yu. ham uchraydi. Yulduzlarning spektral sinflari va yorqinliklari orasida bog&#8217;lanish bo&#8217;lib, bu Gershprung \u2014 Ressel diagrammasi deb ataladi. Bu diagrammada Yulduzlar yorqinliklariga ko&#8217;ra ma&#8217;lum guruhlarga ajratiladi. Bir xil spectral sinflar (yoki bir xil temperatura) dagi Yulduzlar: massalari bir xil bo&#8217;lgan yulduzlarning o&#8217;lchamlari turlicha bo&#8217;lishi mumkin (Quyoshning qizil gigantga, oqqarlikning Quyoshga nisbatan o&#8217;lchamlari va hokazo ko&#8217;rsatilgan). Yulduzlar yorqinliklarining turlicha bo&#8217;lishi ularning radiuslari farq qilishini qo&#8217;rsatadi. Yulduzlarning massasi faqat qo&#8217;shaloq Yulduzlardagina bevosita topiladi. Yakka Yulduzlarning massasi esa ularning mutlaq yorqinligi yoki boshqa xossalari asosida chamalanadi. Qo&#8217;shaloq Yulduzlardan birining ikkinchisi atrofida aylanish davri va ular orasidagi masofa kuzatish natijasida aniqlanib, osmon mexanikasi qonunlari asosida bu yu.ning massasi hisoblanadi. Statistik analizdan Yulduzlarning massalari va yorqinliklari orasida bog&#8217;lanish mavjud ekanligi ma&#8217;lum. Bu bog&#8217;lanish &#8220;massa \u2014 yorqinlik&#8221; diagrammasi bilan ifodalanadi. Yakka Yulduzlarning massalari ularning yorqinligiga ko&#8217;ra shu diagramma yordamida topiladi. Yulduzlarning ichki tuzilishini bevosita kuzatishdan aniqlab bo&#8217;lmaydi. Uning massasi, radiusi va yorqinligiga ko&#8217;ra Yulduzlar ichki tuzilish modeli nazariy yaratiladi. Yulduzlarning temperaturasi sirtida bir necha ming gradus, ichida bir necha o&#8217;n million gradusgacha bo&#8217;lishi mumkin. Bunday temperaturada modda faqat ionlashgan atomlar holatidagina bo&#8217;ladi. Shuning uchun Yulduzlarning ichki tuzilishi modelini yasashda ideal gazlar nazariyasidan keng foydalaniladi. Yulduzlarning Galaktikada harakatlanishi natijasida vaqt o&#8217;tishi bilan o&#8217;zaro joylashishi (o&#8217;rni) sekin-asta o&#8217;zgaradi. Fazoda Yulduzlar juda katta yu. sistemasi \u2014 galaktikatl hosil qiladi. Bizning Galaktikamiz tarkibiga (Quyoshga taalluqli bo&#8217;lgan) 100 milliarddan ortiq Yulduzlar kiradi. Galaktikalarning tuzilishini o&#8217;rganish shuni ko&#8217;rsatadiki, bunda ko&#8217;pgina Yulduzlar yulduzlar to&#8217;dasi, yulduz assotsiatsiyalari va boshqalar hosil qilib guruhlanadi. Yulduzlar bir-birini to&#8217;ldiruvchi ikkita yo&#8217;nalishda o&#8217;rganiladi. Yulduz astronomiyasida yu. biror xususiyati bilan tavsiflanuvchi ob&#8217;ekt sifatida qaralib, ularning harakati, galaktika va to&#8217;dalarda taqsimlanishi, turli statik qonunlari o&#8217;rganiladi. Astrofizikada Yulduzlarda sodir bo&#8217;ladigan fizik jarayonlar, ularning tuzilishi, evolyutsiyasi, nurlanishi o&#8217;rganiladi. Yulduzlar energiyasining asosiy manbai yengil yadrolardan og&#8217;ir yadrolar paydo bo&#8217;ladigan termoyadro reaktsiyasidir. Energiyaning ajralishi va uzatilishi nazariyasi asosida Yulduzlarning ichki tuzilishi va tabiati haqida fikr yuritiladi. Yulduzlarda vodorodning geliyga aylanishi tufayli Yulduzlar gazining molekulyar og&#8217;irligi ortib, yadro siqiladi, temperatura yanada ko&#8217;tariladi, yadro atrofidagi gaz esa kengayadi. Bu gaz fazoga tarqalib ketishi natijasida Yulduzlar oq mitti Yulduzlar bo&#8217;lib qoladi. Ba&#8217;zi massiv Yulduzlar yadrosi shu darajada siqilishi mumkinki, natijada ularning radiusi taxminan 10 kilometrcha bo&#8217;lib, neytron yu.ga aylanadi. Bunday Yulduzlar, asosan, radionurlanishda kuzatiladi va pulsarlar deb ataladi. Ular o&#8217;ta yangi yulduz hosilasi mahsulidir. Ko&#8217;pchilik Yulduzlar ikki, uch va undan ko&#8217;p sonli bo&#8217;lib, ular o&#8217;zaro dinamik bog&#8217;liq sistemalarni hosil qiladi. O&#8217;zbekistonda Yulduzlar O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti va O&#8217;zbekiston milliy universiteti astronomlari tomonidan o&#8217;rganilmoqda. Karomat Mirtojiteva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YULDUZLAR \u2014 Quyosh singari yorug&#8217;lik sochuvchi osmon jismlari; asosan, qaynoq plazmadan tarkib topgan, Gravitatsiya (tortishish) kuchlari ta&#8217;sirida gazchang muhiti (asosan, vodorod va geliy) dan hosil bo&#8217;ladi. Yulduzlar markazida yuqori zichlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yulduzlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13203","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13203","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13203"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13203\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13212,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13203\/revisions\/13212"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13203"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13203"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13203"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}