{"id":132146,"date":"2024-06-12T19:49:56","date_gmt":"2024-06-12T16:49:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=132146"},"modified":"2024-06-12T19:49:57","modified_gmt":"2024-06-12T16:49:57","slug":"tortishish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tortishish\/","title":{"rendered":"Tortishish"},"content":{"rendered":"\n<p>Tortishish (gravitasiya, gravitasion o&#8217;zaro ta&#8217;sir) \u2014 har qanday jismlar orasida vujudga keluvchi universal o&#8217;zaro ta&#8217;sir. Agar o&#8217;zaro ta&#8217;sir kuchsiz va jism yorug&#8217;likning vakuumdagi tezligiga karaganda juda kichkina tezlik bilan harakatlanayotgan bo&#8217;lsa, I. Nyutonning butun olam T. qonuni o&#8217;rinli bo&#8217;ladi. O&#8217;zaro ta&#8217;sir kuchli va jism harakatining tezligi yorug&#8217;likning vakuumdagi tezligiga yaqin bo&#8217;lgan hollarda esa, A. Eynshteyn yaratgan umumiy nisbiylik nazariyasi T.ni to&#8217;g&#8217;ri ifodalaydi. Nyuton o&#8217;zining &#8220;tabiat falsafasining matematik printsiplari&#8221; (1687) asarida T. qonuniga birinchi bo&#8217;lib to&#8217;liq ta&#8217;rif berdi. Nyuton ta&#8217;rifiga binoan, ikki moddiy zarra (li, va g&#8217;i2) ning o&#8217;zaro T. kuchi ularning massalariga to&#8217;g&#8217;ri proportsional, orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsional va ularni birlashtiruvchi to&#8217;g&#8217;ri chiziq bo&#8217;yicha yo&#8217;nalgan. Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan, t massali jism T. kuchi ta&#8217;sirida er bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan sanoq tizimiga nisbatan biror a tezlanish bilan harakatga keladi. Formuladagi kattaliklar o&#8217;zgarmas qiymatga ega ekanliklarini e&#8217;tiborga olsak, jism harakatiga qarshilik ko&#8217;rsatuvchi kuchlar mavjud bo&#8217;lmagan hollardagi er sirtiga yaqin balandliklarda har qanday jism bir xil tezlanish bilan tushadi, degan xulosaga kelinadi. Osmon mexanikasi Nyutonning T. qonuniga asoslangan. Kosmosda tabiiy yoki sun&#8217;iy jismlarning harakatlarini tekshirishda shu qonunga amal qilinadi. Ko&#8217;pgina hollarda Nyutonning T. qonuni tufayli yangi sayyoralar, yo&#8217;ldoshlar aniqlandi, astronomiya qator yangi yutuqlarga erishdi. Shu bilan birga, bu qonun tushuntirib berolmagan Merkuriy, Venera, Mars sayyoralari perigeliylarining harakati kabi ayrim hodisalar ham ma&#8217;lum edi. Shu kabi uchraydigan chigalliklarni bartaraf qilish maqsadida olimlar Nyuton T. qrnunining matematik ifodasiga turli qo&#8217;shimchalar kiritishga urindilar. Ammo bunday urinishlar natija bermadi. Kuchli gravitasion maydonlarga (har qanday fizik ob&#8217;ektlarning hosil qiladigan maydoni gravitasion yoki tortishish maydoni deyiladi. Gravitasion maydon Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasida 4 o&#8217;lchovli tenzor potentsiali orqali bayon qilinadi) va bu maydonlarda yorug&#8217;lik tezligiga yaqin tezliklar bilan harakatlanuvchi jismlarga tatbiq qilishda Nyuton T. qonunining butunlay ojizligi aniqlandi. Bunday hollarda Eynshteyn yaratgan T. nazariyasidan foydalanish juda yaxshi natija beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tortishish (gravitasiya, gravitasion o&#8217;zaro ta&#8217;sir) \u2014 har qanday jismlar orasida vujudga keluvchi universal o&#8217;zaro ta&#8217;sir. Agar o&#8217;zaro ta&#8217;sir kuchsiz va jism yorug&#8217;likning vakuumdagi tezligiga karaganda juda kichkina tezlik bilan harakatlanayotgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tortishish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-132146","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132146","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=132146"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132146\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":132147,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132146\/revisions\/132147"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=132146"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=132146"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=132146"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}