{"id":13251,"date":"2021-12-25T11:03:25","date_gmt":"2021-12-25T08:03:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13251"},"modified":"2021-12-25T11:03:26","modified_gmt":"2021-12-25T08:03:26","slug":"yunon-yozuvi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yunon-yozuvi\/","title":{"rendered":"YUNON YOZUVI"},"content":{"rendered":"\n<p>YUNON YOZUVI, grek yozuvi finikiy yozuvidan kelib chiqqan alifboli (harf\u2014 tovushli) yozuv; taxminan miloddan avvalgi 9-8-asrlarda paydo bo&#8217;lgan. Eng qadimiy yodgorliklari miloddan avvalgi 8-7-asrlarga mansub. Turi va harflar to&#8217;plami jihatidan qadimiy frigiy alifboli yozuviga (miloddan avvalgi 8-7-asrlar) yaqinroq turadi. Yunon yozuvida, finikiy konsonant (undoshli) alifbosidan farqli ravishda, undoshlarni ifodalovchi harflardan tashqari unlilarni ifodalovchi harflar ham paydo bo&#8217;ladi. Bu yozuv taraqqiyotidagi yangi bosqich sifatida katta umummadaniy ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Alifboli yozuv paydo bo&#8217;lgungacha greklar chiziqli bo&#8217;g&#8217;in yozuvidan foydalanganlar. Alifboli Yunon yozuvi 2 tarmoqqa bo&#8217;lingan: g&#8217;arbiy va Sharqiy. G&#8217;arbiy Yunon yozuvi, o&#8217;z navbatida, ayrim belgilarning yozilishidagi xususiyatlari bilan ajralib turuvchi bir qancha mahalliy ko&#8217;rinishlarga ega bo&#8217;ladi. Sharqiy Yunon yozuvi klassik Yunon yozuvi va Vizantiy yozuvi tarzida rivojlandi, qibtiy (kopt), got, slavyan-kirill, shuningdek, arman, qisman gruzin yozuvlariga asos bo&#8217;ldi. G&#8217;arbiy Yunon yozuvi asosida esa etrusk, lotin va qadimiy german runik yozuvlari paydo bo&#8217;ldi. Klassik umumyunon alifbosi (miloddan avvalgi 4-asrdan) 27 harfdan iborat bo&#8217;lib, shu asosdagi matnlar chapdan o&#8217;ngga qarab yozilgan. &#8220;Stigma&#8221;, &#8220;Koppa&#8221;, &#8220;SAMPI&#8221; belgilari faqat sonlarni ifodalash uchun qo&#8217;llangan, keyinchalik alifbo qatoridan chiqarilgan. Yangi yunon (grek) alifbosi 24 harfdan iborat. Yunon yozuvining bir necha turlari, ko&#8217;rinishlari bo&#8217;lgan: tosh, metall, sopol kabi qattiq jismlarga bitilgan m o numental yozuv (qat&#8217;iy kvadrat shaklli, qirrador yozuv; miloddan avvalgi 8-asrdan), untsial yozuv (dumaloqroq shaklli, nlmoqsimon yozuv; miloddan avvalgi 4 asrdan papirusda, milodiy 2-asrdan pergamentda), kursiv yozuv (tez yoziladigan, qo&#8217;lyozma shaklidagi yozuv, milodiy 3-asrdan). 13-asrdan kichik minuskul (kichik harflardan iborat yozuv) barqarorlashib, dastlabki yunon bosma shrifti (15-asr) uchun asos, Andoza bo&#8217;ladi. Hozirgi yunon bosmacha harflari 17-asrda yaratilgan. Ad.: Fridrix I., Istoriya Pisma, Per. s nem., M., 1979.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YUNON YOZUVI, grek yozuvi finikiy yozuvidan kelib chiqqan alifboli (harf\u2014 tovushli) yozuv; taxminan miloddan avvalgi 9-8-asrlarda paydo bo&#8217;lgan. Eng qadimiy yodgorliklari miloddan avvalgi 8-7-asrlarga mansub. Turi va harflar to&#8217;plami jihatidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yunon-yozuvi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13251","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13251","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13251"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13251\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13262,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13251\/revisions\/13262"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13251"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13251"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13251"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}