{"id":13265,"date":"2021-12-25T11:07:06","date_gmt":"2021-12-25T08:07:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13265"},"modified":"2021-12-25T11:07:07","modified_gmt":"2021-12-25T08:07:07","slug":"yunon-baqtriya-podsholigi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yunon-baqtriya-podsholigi\/","title":{"rendered":"YUNON-BAQTRIYA PODSHOLIGI"},"content":{"rendered":"\n<p>YUNON-BAQTRIYA PODSHOLIGI \u2014 qadimiy quldorlik davlati (miloddan avvalgi 256\u2014 248 yillar orasi \u2014 miloddan avvalgi 140-135 yillar). Asoschisi salavkiylar Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Miloddan avvalgi 250 yilda u o&#8217;zini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb e&#8217;lon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy O&#8217;zbekiston va Afg&#8217;oniston kirgan. Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, shimoliy G&#8217;arbiy Hindiston hamda Sug&#8217;diyona ham bo&#8217;ysungan. Poytaxti Baqtra (o&#8217;rta asrlardagi Balx) shahri bo&#8217;lib, uning xarobalari shim. Afg&#8217;onistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylatlgan. Davlat bir qancha satrapliklar (viloyatlar) ga bo&#8217;linib boshqarilgan. Yozma manbalar va arxeologiq tadqiqotlar natijalari iqtisodiy hayot, badiiy hunarmandchilik, haykaltaroshlik, madaniyat, shaharsozlik yunon an&#8217;analari asosida yuksak rivojlanganligidan dalolat beradi. Yunonbaqtriya davriga mansub eng mashhur yodgorlik shim. Afg&#8217;onistondagi Oyxonum va Janubiy Tojikistondagi Taxti Sangin yodgorliklari hisoblanadi. Amudaryoning o&#8217;ng qirg&#8217;og&#8217;ida, Vaxsh va Panj daryolari quyilishida joylashgan Taxti Sangindagi ibodatxona tuzilishi va topilmalari ellinizm dunyosiga xos diniy e&#8217;tiqodlar keng tarqalganligini ko&#8217;rsatib turibdi. Yunon-Baqtriya podsholigi Hindiston va O&#8217;rta Osiyo hududlarini o&#8217;zaro bog&#8217;lovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors ko&#8217;rfaziga olib chiquvchi savdo yo&#8217;llarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ko&#8217;plab tangalar tovarpul munosabatlari rivojlanganligini ko&#8217;rsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va boshqalar) hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Diodot (miloddan avvalgi 250-230), Evtidem (miloddan avvalgi 230 -200), Demetriy (miloddan avvalgi 200-185), Evkradit (miloddan avvlagi 185-171), Geliokl (miloddan avvalgi 171-155) va boshqalar hukmdorlari ma&#8217;lum. Bitta nom bilan davlatni boshqargan hukmdorlar (masalan, Diodot 1P, Evkradit 1 \u2014II) ham bo&#8217;lgan. Miloddan avvalgi 3-asr oxiri \u20142-asrning 1-yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Miloddan avvalgi 2-asr o&#8217;rtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlanadi. Mamlakat alohida viloyatlarga bo&#8217;linib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va boshqalar) o&#8217;z nomidan tangalar zarb qilishgan. Yunon-Baqtriya podsholigi miloddan avvalgi 140-135 yillarda sak va yuechji qabilalari tomonidan butunlay tugatilgan. Yunon manbalariga ko&#8217;ra, Yunon-Baqtriya podsholigi asiylar, pasianlar, sakaravllar va toxarlar tazyiqi ostida barham topgan. Ad.: Rtveladze E. V., Velikiy shelkoviy put, T., 1999; O&#8217;zbekiston tarixi, T., 2003; Sagdullaev A.S., Qadimgi O&#8217;rta Osiyo tarixi, T., 2004. O&#8217;ktam Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YUNON-BAQTRIYA PODSHOLIGI \u2014 qadimiy quldorlik davlati (miloddan avvalgi 256\u2014 248 yillar orasi \u2014 miloddan avvalgi 140-135 yillar). Asoschisi salavkiylar Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Miloddan avvalgi 250 yilda u o&#8217;zini Baqtriyaning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yunon-baqtriya-podsholigi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13265","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13265","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13265"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13265\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13275,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13265\/revisions\/13275"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13265"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13265"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13265"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}