{"id":132780,"date":"2024-06-14T20:25:55","date_gmt":"2024-06-14T17:25:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=132780"},"modified":"2024-06-14T20:25:56","modified_gmt":"2024-06-14T17:25:56","slug":"testlashtirish-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/testlashtirish-2\/","title":{"rendered":"Testlashtirish"},"content":{"rendered":"\n<p>Testlashtirish &#8211; testlar yordamida bilim va ko&#8217;nikmalarni tekshirish usuli. T. insoniyat tarixidagi eng qad. hodisalardan biri hisoblanadi. Qad. Xitoyda fuqarolik xizmatiga kiruvchi amaldorlar shu usuldan o&#8217;tkazilgan. Ilk bor &#8220;akliy test&#8221; atamasi 1890 y. amerikalik psixolog Jeyms MakKin Kattel maqolasida qo&#8217;llanilgan bo&#8217;lib, unda kollej o&#8217;quvchilarining intellektual darajasini aniqlash uchun g&#8217;ar yili qo&#8217;llaniladigan turkum testlar tavsiflangan. Frantsuz psixologi A. Bine ham o&#8217;z tadqiqotlarini akliy salohiyatni aniklash usullariga bag&#8217;ishladi. Niderlandiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Daniya, Frantsiya, Isroil, Finlyandiya, Kanada, Avstraliya, yangi Zelandiya va b. rivojlangan davlatlar T. bobida etakchi hisoblanadi. Mazkur ro&#8217;yxatdan aholisining hayot tarzi yuqori bo&#8217;lgan mamlakatlarning joy olishi tasodifiy emas. Bu erda T. qo&#8217;llanishi ta&#8217;lim sifatiga ta&#8217;sir etishi boshqaruv sifati bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lsa, sifatli boshqaruv, o&#8217;z navbatida, aholi turmush darajasining sifatini oshirishga zamin yaratadi. T. 1898 y. AQShda bir nechta oliy o&#8217;quv yurtiga kirishda sinab ko&#8217;rilib, abiturientlar uchun o&#8217;rta maktab dasturlari asosida yagona T. tizimini yaratish zarurligi haqidagi xulosaga kelindi. 1900 y. ayrim xususiy tashkilot va untlar tashabbusi bilan kollejlarga qabul qilish bo&#8217;yicha imtihon kengashi, 1947 y. dek.da esa ta&#8217;limni rivojlantirish bo&#8217;yicha Karnegi jamg&#8217;armasi hamda kollejlarga qabul qilish bo&#8217;yicha imtiqon kengashi tomonidan pedagogik T. xizmati tashkil qilindi. O&#8217;zbekistonda oliy o&#8217;quv yurtlariga kirishdagi T. usuli O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va O&#8217;zR Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1992 y. da joriy qilindi. Bu farmon ta&#8217;limni tubdan isloh qilish va demokratlashtirish jarayonini boshlab berdi, oliy o&#8217;quv yurtlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olishda ijtimoiy adolatni ta&#8217;minladi. O&#8217;zbekiston T. tizimi xorijiy mamlakatlarning ilg&#8217;or tajribasini o&#8217;ziga singdirib, milliy an&#8217;ana va mintaqaviy o&#8217;ziga xosliklarni hisobga olgan holda rivojlanib bordi. Ilg&#8217;or mamlakatlardagi T.ning 1 va 2 variantli modellari hamda universal savollar kitobchasi bilan bog&#8217;langan T. tizimi O&#8217;zbekistonda yanada rivojlantirildi. Shuningdek, yuqori darajada maxfiylikni muhofaza qilish, yoshlarning bilim va akliy darajasini baholashda muvofiqlik hamda aniklikni ta&#8217;minlash uchun 1996 y. T.ning ko&#8217;p variantli tizimi ishlab chiqilib joriy etildi. Davlat test markazining ko&#8217;p variantli texnologiyasi hamda yaxlitlashgan avtomatlashtirish tizimining dasturlari O&#8217;zR davlat patent idorasi tomonidan berilgan 30 dan ortiq mualliflik guvohnomalari bilan qimoyalangan. Ko&#8217;p variantli T. natijalarining taxlili o&#8217;quv fanlarini o&#8217;zlashtirish darajasi, uning bo&#8217;limlari bo&#8217;yicha olingan bilimlarning chuqur va mustahkamligini izchil kuzatishga, ta&#8217;lim jarayonini tubdan takomillashtirish istiqbollarini belgilashga imkon yaratadi, yangi pedagogik texnologiya, darelik va o&#8217;quv qo&#8217;llanmalarini yaratish bo&#8217;yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar beradi. T.ning ko&#8217;p variantlilik texnologiyasi, testologiyaning ilmiy asoslarini tadqiq qilish, T. natijalarini didaktik asosda taxlil etish, shuningdek, T. ning turli tarmoklarda qo&#8217;llanilishi bo&#8217;yicha 1996 y .dan buen 18 kitob nashr etildi. Muhsin Muhiddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Testlashtirish &#8211; testlar yordamida bilim va ko&#8217;nikmalarni tekshirish usuli. T. insoniyat tarixidagi eng qad. hodisalardan biri hisoblanadi. Qad. Xitoyda fuqarolik xizmatiga kiruvchi amaldorlar shu usuldan o&#8217;tkazilgan. Ilk bor &#8220;akliy test&#8221; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/testlashtirish-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-132780","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132780","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=132780"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132780\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":132788,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/132780\/revisions\/132788"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=132780"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=132780"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=132780"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}