{"id":13317,"date":"2021-12-26T10:38:30","date_gmt":"2021-12-26T07:38:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13317"},"modified":"2021-12-26T10:38:32","modified_gmt":"2021-12-26T07:38:32","slug":"yurak-tomir-sistemasi-kasalliklari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yurak-tomir-sistemasi-kasalliklari\/","title":{"rendered":"YURAK-TOMIR SISTEMASI KASALLIKLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>YURAK-TOMIR SISTEMASI KASALLIKLARI \u2014 yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari. Ular juda ko&#8217;p va xilma-xil. Bu kasalliklarning ba&#8217;zilari (revmatizm, miokardit va boshqalar) yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (masalan, tromboflebit), boshqalari butun yuraktomir sistemasini shikastlaydi (gipertoniya kasalligi). Yurakning ishemik kasalligi yurak muskullarining qon bilan yetarli ta&#8217;minlanmasligidan vujudga keladi. Asosan, yurak toj arteriyalarining aterosklerotik o&#8217;zgarishlarga uchrashi, spazmp, shuningdek, ular bo&#8217;shlig&#8217;ida qonning (ivib) laxta bo&#8217;lib cho&#8217;kishi (tromboz) va boshqalar oqibatida kelib chiqadi. Arterial gipertoniya Yurak-tomir sistemasi kasalliklari orasida eng keng tarqalgani bo&#8217;lib, katta yoshli odamlar orasida ko&#8217;p uchraydi. U miokard infarkti, insult, yurak yetishmovchiligi kabi ko&#8217;pincha o&#8217;lim yoki nogironlikka sabab bo&#8217;ladigan asosiy patogenetik omil hisoblanadi. Arterial gipotoniya (gipotoniya kasalligi) \u2014 nisbatan kam uchraydi. U arterial gipotoniya sindromi tarzida ko&#8217;pgina yuraktomir tizimi kasalliklarida (miokard infarkti, kardiomiopatiya, miokardit), nevrozlar, gipotireoz, insultdan keyin kuzatiladi. Klinik amaliyotda yurak muskullarining yallig&#8217;lanishi \u2014 miokardit va yallig&#8217;lanmay zararlanishi \u2014 miokardiodistrofiya ko&#8217;proq kuzatiladi. Endokardit (yurak ichki qavatining yallig&#8217;lanishi) revmatizm va boshqalar orttirilgan yurak poroklarita sabab bo&#8217;ladi. Lerikardit kam uchraydi. Yurakning ishemik kasalligi, miokardit va miokardiodistrofiya, shuningdek, nevrotik holatlar natijasida yurak aritmiyalari vayurak blokadasi sodir bo&#8217;lishi mumkin. Yurak aritmiyalari yurak qisqarishlari (urishi)ning tezlashishi (taxikardiya) yoki sekinlashuvi (bradikardiya), yurakning navbatdan tashqari qo&#8217;shimcha qisqarishi (ekstrasistoliya); yurak urishining to&#8217;satdan tezlashuvi (parok sizmal taxikardiya); yurakning har xil vaqt oralig&#8217;ida noto&#8217;g&#8217;ri qisqarishi (tebranuvchi aritmiya) va boshqalarda namoyon bo&#8217;ladi. Yurak blokadasi yurakning o&#8217;tkazuvchi sistemasida nerv impulslari o&#8217;tishining buzilishi (masalan, bo&#8217;lmachalardan qorinchalarga yoki Gis tutami oyoqchalariga impuls o&#8217;tishining uzilishi) dan iborat. Nevrozlar tufayli yurak nerv apparati faoliyati buzilganda aritmiyalar bilan birga, yurakda sirqillaydigan, sanchadigan, jazillaydigan og&#8217;riq sezgilari ham paydo bo&#8217;ladi. Ateroskleroz va gipertoniya kasalligi arteriya tomirlarining keng tarqalgan xastaliklaridan bo&#8217;lib, aksariyat ular birga kechadi. Ateroskleroz toj tomirlaridan tashqari, aorta va uning yirik shoxlari, jumladan, buyrak arteriyasi, miya tomirlari, qo&#8217;l-oyoqning periferik tomirlarini ham zararlaydi. Arterial tomirlarning yallig&#8217;lanishi \u2014 arteriitlar ko&#8217;proq infektsion (masalan, zaxm, sepsis) va allergik hamda kollagen kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Klinik shakli obliterasiyalovchi endarteriit, aorta panarteriiti va hokazolar. Venalarning varikoz kengayishi va tromboflebit vena tomirlarining ko&#8217;p uchraydigan kasalliklaridan. Yurak etishmovchiligi yurakning o&#8217;ziga Yuklangan to&#8217;la hajmdagi funktsional yuklamani bajara olmasligini ko&#8217;rsatuvchi patologik belgilar (terining ko&#8217;karishi, nafas qisishi, oyoq shishib qolishi va boshqalar) bilan namoyon bo&#8217;ladi; biror ish qilayotganda nafas qisib qolishi patologik alomat hisoblanadi. O&#8217;tkir yurak yetishmovchiligi \u2014 juda xavfli, lekin kamdankam uchraydi. U kutilmaganda yoki to&#8217;satdan nafas qisib, bo&#8217;g&#8217;ilish xuruji bilan kechadi. Ko&#8217;pchilik Yurak-tomir sistemasi kasalliklari oqibatida yurak muskulining qisqarish funktsiyasi hamda tomirlar devori muskul qavatining qisqarish quvvati susayadi. Natijada organizmda qon aylanishi buziladi. Bu omillarning qay biri ustun bo&#8217;lishiga qarab yurak yoxud tomir yetishmovchiligi vujudga keladi. Yurak-tomir sistemasi kasalliklari (gipertoniya kasalligi, revmatizm, yurakning ishemik kasalligi) ni muntazam va o&#8217;z vaqtida davolash yurak kasalliklarini oldini olishning eng yaxshi vositalaridan hisoblanib, uni kardiologiya fani o&#8217;rganadi. Yurak-tomir sistemasi kasalliklarini aniqlash, davolash, oldini olish va boshqalar kardiorevmatologik markazlarda hamda dispanserlarda amalga oshiriladi. Kasallikni davolash reabilitasiya, ya&#8217;ni salomatlikni qayta tiklashdan iborat. Hozirgi yurak-tomir xirurgiyasi sohasidagi ulkan yutuqlar tufayli yurak hamda yirik tomirlar tuzilishidagi gug&#8217;ma va turmushda orttirilgan turli nuqsonlar operatsiya yo&#8217;li bilan davolanadi. Ad.: Sharopov O&#8217;. B., G&#8217;afforova F.K., Shodmonov U.I., Ichki kasalliklar, T., 2003. Mahmud Pirnazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YURAK-TOMIR SISTEMASI KASALLIKLARI \u2014 yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari. Ular juda ko&#8217;p va xilma-xil. Bu kasalliklarning ba&#8217;zilari (revmatizm, miokardit va boshqalar) yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (masalan, tromboflebit), boshqalari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yurak-tomir-sistemasi-kasalliklari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13317","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13317","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13317"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13317\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13341,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13317\/revisions\/13341"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13317"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13317"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13317"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}