{"id":13326,"date":"2021-12-26T10:36:52","date_gmt":"2021-12-26T07:36:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13326"},"modified":"2021-12-26T10:36:54","modified_gmt":"2021-12-26T07:36:54","slug":"yurak-astmasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yurak-astmasi\/","title":{"rendered":"YURAK ASTMASI"},"content":{"rendered":"\n<p>YURAK ASTMASI \u2014 yurak chap qorinchasining o&#8217;tkir yetishmovchiligi xuruji. Yurak astmasi gipertoniya kasalligi, yurak toj tomirlari etishmovchiligi, simptomatik arterial gipertenziya, kardioskleroz, miokard infarkti, yurak (aortal va mitral) poroklarisa, shuningdek, yurak aritmiyalari bilan og&#8217;rib etarli davolanmagan bemorlarda kasallik kuchaygan davrida kuzatiladi. Yurak astmasi xuruji bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Bunda yurak chap qorinchasi keskin zaiflashib, o&#8217;pkadan o&#8217;ziga kelayotgan qonni aortaga to&#8217;la o&#8217;tkaza olmay qoladi, ayni vaqtda yurak o&#8217;ng qorinchasidan qonning kichik qon aylanish doirasiga o&#8217;tkazilishi davom etaveradi; unda qon kelishi va chiqib ketishi jarayonlaridagi nomutanosiblik oqibatida kichik qon aylanish doirasida qon dimlanib, o&#8217;pkada gaz almashinuvi buziladi, qonda karbonat angidrid ko&#8217;payadi, bu esa nafas markazlarini ta&#8217;sirlab bemor nafasi qisishi, bo&#8217;g&#8217;ilib qolishiga sabab bo&#8217;ladi. Jismoniy yo ruhiy zo&#8217;riqish, qattiq ishlash, ortiqroq ovqat yoki suyuqlik iste&#8217;mol qilish va boshqalar ko&#8217;pincha Yurak astmasi xurujiga olib keladi; ba&#8217;zan xuruj kasallik belgisi yoki asorati sifatida namoyon bo&#8217;ladi. Xuruj uyquda to&#8217;satdan boshlanadi. Bemorga havo yetmay, o&#8217;rnidan turib o&#8217;tiradi, nafasi qisib, xirillab qoladi, ko&#8217;karadi, muzdek ter bosib, halloslaydi, pulsi tezlashadi, o&#8217;lib qolayotgandek vahimaga tushadi. Vaqtida yordam ko&#8217;rsatilmasa, o&#8217;pka alveolalariga chiqqan qon plazmasi &#8220;ko&#8217;pira boshlaydi&#8221;. Bemor og\u2019zidan qizg&#8217;ish ko&#8217;pik chiqadi va bu ayrim hollarda noxushlik bilan tugashi ham mumkin. Yurak astmasi o&#8217;pkada qon dimlanishi tezligi va kuchiga qarab, turli og&#8217;irlik va muddat davomida kechadi. Birinchi yordam: xuruj tutganda bemorni oyoqlarini pastga osiltirib o&#8217;tqazib qo&#8217;yish, derazalarni ochib toza havodan nafas oldirish, oyoqlariga issiq vanna qilish va darhol &#8220;tez yordam&#8221; chaqirish zarur. Davosi. Bemorning umumiy ahvoli, kasallik alomatlari va hokazolarga qarab buyuriladi, parhez tavsiya etiladi. Xurujdan keyingi davrda muolaja asosiy kasallikni maxsus reja asosida davolashdan iborat.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YURAK ASTMASI \u2014 yurak chap qorinchasining o&#8217;tkir yetishmovchiligi xuruji. Yurak astmasi gipertoniya kasalligi, yurak toj tomirlari etishmovchiligi, simptomatik arterial gipertenziya, kardioskleroz, miokard infarkti, yurak (aortal va mitral) poroklarisa, shuningdek, yurak &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yurak-astmasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13326","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13326","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13326"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13326\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13336,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13326\/revisions\/13336"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13326"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13326"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13326"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}