{"id":13345,"date":"2021-12-26T11:16:07","date_gmt":"2021-12-26T08:16:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13345"},"modified":"2021-12-26T11:16:08","modified_gmt":"2021-12-26T08:16:08","slug":"yuridik-shaxs","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yuridik-shaxs\/","title":{"rendered":"YURIDIK SHAXS"},"content":{"rendered":"\n<p>YURIDIK SHAXS \u2014 fuqarolik huquq va majburiyatlarining sub&#8217;yektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. O&#8217;zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga ko&#8217;ra, Yuridik shaxs o&#8217;z mulkida, xo&#8217;jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo&#8217;lgan hamda o&#8217;z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o&#8217;z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo&#8217;la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da&#8217;vogar va javobgar bo&#8217;la oladigan tashkilotdir. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo&#8217;lishlari kerak. O&#8217;zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksida Yuridik shaxslarning quyidagi 2 turi farqlanadi: 1) tijoratchi tashkilotlar, ya&#8217;ni foyda olishni o&#8217;z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan tashkilotlar. Masalan, xususiy korxonalar, xo&#8217;jalik shirkatlari va jamiyatlari; 2) tijoratchi bo&#8217;lmagan tashkilotlar, ya&#8217;ni foyda olishni o&#8217;z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan tashkilotlar. Masalan, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish organlari. Yuridik shaxslar fuqaro (fuqarolar) tomonidan (masalan, xususiy korxona, mas&#8217;uliyati cheklangan jamiyat, notarial kontora kabi shakllarda), Yuridik shaxslarning o&#8217;zlari tomonidan (masalan, o&#8217;zga aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyalarini sotib olishi yo&#8217;li bilan, Yuridik shaxslar birlashma yoki uyushma ittifoqlariga birlashishi orqali), davlat tomonidan (masalan, operativ boshqaruvga asoslangan ta&#8217;lim muassasasini tashkil qilish, davlat molmulki bo&#8217;lgan korxona ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotgan paytda aktsiyalarning bir qismi davlatning o&#8217;zida qolgan hollar) ta&#8217;sis etilishi mumkin. Ular, o&#8217;z navbatida, tashkil qilingan Yuridik shaxsning muassislari (ta&#8217;sischilari) hisoblanadilar. Shuningdek, O&#8217;zbekiston Respublikasida Yuridik shaxsning ta&#8217;sischisi chet el fuqarosi, chet el kompaniyasi (Yuridik shaxsi) ham bo&#8217;lishi mumkin. Qoidaga ko&#8217;ra, ustav jamg&#8217;armasining miqdori ta&#8217;sis etilayotgan Yuridik shaxs davlat ro&#8217;yxatidan o&#8217;tkazilayotgan paytda 150000 AQSh dollaridan ortiq va ulushning kamida 30 foizini chet el investorining hissasi tashkil etsa, bunday Yuridik shaxs \u2014 qo&#8217;shma korxona, agar yuz foiz ulush chet ellik investorga tegishli bo&#8217;lsa, bunday Yuridik shaxs \u2014 xorijiy korxona hisoblanadi. Ayni vaqtda bunday mulkiy tsenzlar mahalliy Yuridik shaxslarga ham o&#8217;rnatilgan. Chunonchi, mas&#8217;uliyati cheklangan jamiyatning, xo&#8217;jalik shirkatining ustav fondi jamiyatni, shirkatni davlat ro&#8217;yxatidan o&#8217;tkazish paytidagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan kam bo&#8217;lmasligi kerak. Ayni vaqtda Yuridik shaxslarning mulkiy mablag&#8217;lari sohasida ayrim cheklashlar ham mavjud. Masalan, Yuridik shaxsning bir turi bo&#8217;lgan siyosiy partiyalar xayriya yordamini faqat O&#8217;zbekiston Respublikasi Yuridik shaxslari va fuqarolaridan oladilar (O&#8217;zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 apreldagi &#8220;siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonuni). O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonuni (2000 yil 25 may) ga ko&#8217;ra, Yuridik shaxslar qonun bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat turi bilan shug&#8217;ullanishlari mumkin. Shuningdek, ayrim faoliyat turlari bilan faqat ruxsatnoma (litsenziya) orqali shug&#8217;ullanishga io&#8217;l quiiladi (O&#8217;zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi &#8220;faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonuni). O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi qarori bilan &#8220;amalga oshirilishi uchun lisenziya talab qilinadigan faoliyat turlarining ro&#8217;yxati&#8221; belgilangan. Ularga, jumladan, atom energetikasi ob&#8217;yektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ta&#8217;mirlash, geodeziya va xaritagrafiya faoliyati, mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash, noshirlik, tibbiy, nodavlat ta&#8217;lim muassasalari faoliyati kabilar kiradi. Ayni vaqtda O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga ko&#8217;ra, konstitutsiyaviy tuzumni zo&#8217;rlik bilan o&#8217;zgartirishni maqsad qilib qo&#8217;yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ&#8217;ib qiluvchi, xalqning sog&#8217;ligi va ma&#8217;naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish ham taqiqlanadi. Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan, ya&#8217;ni davlat ro&#8217;yxatidan o&#8217;tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uning faoliyati tugashi (tugatilishi) bilan tugaydi. Yuridik shaxs ustav asosida yoki ta&#8217;sis shartnomasi va ustav asosida yoxud faqat ta&#8217;sis shartnomasi asosida ish olib boradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilot bo&#8217;lmagan Yuridik shaxs shu turdagi tashkilotlar haqidagi Nizom asosida ish olib borishi mumkin. Yuridik shaxs qonunlarga va ta&#8217;sis hujjatlariga muvofiq ish olib boradigan o&#8217;z organlari orqali fuqarolik huquqlariga ega bo&#8217;ladi va zimmasiga fuqarolik burchlarini oladi. Yuridik shaxs organlarini tayinlash yoki saylash tartibi qonunlar va ta&#8217;sis hujjatlari bilan belgilanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda Yuridik shaxs o&#8217;z ishtirokchilari orqali fuqarolik huquqlariga ega bo&#8217;lishi va fuqarolik burchlarini o&#8217;z zimmasiga olishi mumkin. Yuridik shaxslarning faoliyati qayta tashkil etish (qo&#8217;shib yuborish, qo&#8217;shib olish, bo&#8217;lish, ajratib chiqarish, o&#8217;zgartirish) yoki tugatish (muassislarning qarori bilan, faoliyat ruxsatnomasiz olib borilganda, bankrot deb topilganda \u2014 sudning qarori bilan) orqali bekor bo&#8217;ladi. Mamlakatimizda Yuridik shaxslar faoliyatini bevosita tartibga soluvchi bir qancha qonun hujjatlari mavjud: &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1991 yil 15 Fevral). &#8220;Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1996 yil 26 aprel). &#8220;Notariat to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1996 yil 26 dekabr), &#8220;Advokatura to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1996 yil 27 dekabr), &#8220;Ommaviy axborot vositalari to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1997 yil 26 dekabr), &#8220;Qishloq xo&#8217;jaligi kooperativi (shirkat xo&#8217;jaligi) to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1998 yil 30 aprel), &#8220;Fermer xo&#8217;jaligi to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (yangi tahrirda 2004 yil 26 avgust), &#8220;Dehqon xo&#8217;jaligi to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1998 yil 30 aprel), &#8220;Nodavlat notijorat tashkilotlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1999 yil 14 aprel), &#8220;Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun Yuridik shaxslarning javobgarligi to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (2000 yil 15 dekabr), &#8220;Xo&#8217;jalik shirkatlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (2001 yil 6 dekabr), &#8220;Mas&#8217;uliyati cheklangan hamda qo&#8217;shma mas&#8217;uliyatli jamiyatlar to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (2001 yil 6 dekabr), &#8220;Xususiy korxona to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (2003 yil 11 dekabr) gi va boshqalar qonunlar. Ad.: Zokirov I. B., O&#8217;zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi, T., 1996; Rahmonqulov X. R., O&#8217;zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining birinchi qismiga umumiy tavsif va sharhlar, T., 1997; Ro&#8217;zinazarov Sh.N., Bozor sharoitida qishloq xo&#8217;jaligi ishlab chiqarish tuzilmalarining fuqarolik huquqiy maqomi, T., 1997; Kashanina T.V., Korporativnoe pravo, M., 1999; Ayubov U., Fermer xo&#8217;jaliklarini tashkil etishni tartibga solish, T., 2002; G&#8217;ulomov S.S., Xalqarosavdo huquqi, T., 2002; tadbirkorlik huquqi, T., 2002; Yuldashev J. I., Aktsiyadorlik jamiyatlari \u2014 fuqarolik huquqining sub&#8217;yekti, T., 2004. Mirodil Baratov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YURIDIK SHAXS \u2014 fuqarolik huquq va majburiyatlarining sub&#8217;yektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. O&#8217;zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga ko&#8217;ra, Yuridik shaxs o&#8217;z mulkida, xo&#8217;jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo&#8217;lgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yuridik-shaxs\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13345","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13345","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13345"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13345\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13356,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13345\/revisions\/13356"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13345"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13345"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13345"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}