{"id":133528,"date":"2024-06-15T10:53:00","date_gmt":"2024-06-15T07:53:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=133528"},"modified":"2024-06-15T10:53:01","modified_gmt":"2024-06-15T07:53:01","slug":"tovush-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tovush-2\/","title":{"rendered":"Tovush"},"content":{"rendered":"\n<p>Tovush (fizikada) \u2014 keng ma&#8217;noda \u2014 gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda to&#8217;lqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati. Tor ma&#8217;noda \u2014 odam va hayvonlarning maxsus sezgi organlari orqali qabul qilisheshitish hodisasi. Eshitiladigan va eshitilmaydigan T. bor. Chastotasi 16 Gts \u2014 20 kgs gacha bo&#8217;lgan to&#8217;lqinlar inson qulog&#8217;ida T. sezgisini uyg&#8217;otadi. Chastotasi 16 Gts dan kichik bo&#8217;lgan elastik to&#8217;lqinlar infratovush deb ataladi. Chastotasi vq20 kgs q 1 GGs bo&#8217;lgan to&#8217;lqinlar ultratovush va chastotasi u>1GGs dan yuqori bo&#8217;lgan to&#8217;lqinlar gipertovush deyiladi. Infra, Ultra va gipertovushlarni inson qulog&#8217;i eshitmaydi. Gaz va suyuqliklardagi T. to&#8217;lqini faqat bo&#8217;ylama to&#8217;lqin, qattiq jismlarda tarqaladigan to&#8217;lqinlar esa ham bo&#8217;ylama, ham ko&#8217;ndalang bo&#8217;lishi mumkin. T. tezligi quruq havoda 15\u00b0 trada 0,34 km\/s, suyukdikda 152 km\/s, qattiq jismda 5Q6 km\/s (olmosda 18 km\/s) bo&#8217;ladi. Insonlar qabul qilgan T.larni ularning yuksakligi, tembri va qattiqligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Ana shu har bir sub&#8217;ektiv bahoga T. to&#8217;lqinining aniq fizik xarakteristikam Moe keladi. Har qanday Real T. oddiy garmonik tebranish emas, balki ma&#8217;lum chastotalar to&#8217;plamiga ega bo&#8217;lgan garmonik tebranishlarning yig&#8217;indisidan iborat. Berilgan T.da ishtirok etuvchi tebranishlar chastotalari to&#8217;plami T.ning akustik spektri debataladi. Agar T.da ma&#8217;lum intervaldagi barcha chastotaga ega bo&#8217;lgan tebranishlar ishtirok etsa, u holda spektr tutash spektr deyiladi. Agar T. bir-biridan chekli intervallar bilan ajralib turuvchi diskret chastotali tebranishlardan tashkil topgan bo&#8217;lsa, spektr chizikli spektr deyiladi. Shovqinlar, mas., daraxtlarning shamolda shitirlashi tutash spektrga, cholg&#8217;u asboblari T.lari esa chiziqli spektrga ega bo&#8217;ladi. Yuza birligi orqali vaqt birligida T. to&#8217;lqini olib o&#8217;tayotgan energiya T. intensivligi deb ataladi. Elastik muhit bo&#8217;ylab T. tarqalganda u tarqalmagan paytdagiga nisbatan ortiqcha bosim hosil bo&#8217;ladi, uni T. bosimi deyiladi. T. intensivligi T. bosimining amplitudasiga hamda muhit xossasiga va to&#8217;lqin shakliga bog&#8217;liq. T. intensivligi Xalqaro birliklar tizimida VtG&#8217;m2 larda o&#8217;lchanadi. T. intensivligi va chastotasiga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan T. qattiqligi xarakateristikasi xam mavjud. Odam qulog&#8217;i 1 \u2014 5 kgs chastota sohasida juda sezgir bo&#8217;ladi. Bu sohada eshitish bo&#8217;sag&#8217;asi, ya&#8217;ni eng kuchsiz eshitiluvchi T.larning intensivligi 10~12 VtG&#8217;m2, unga Moe T. bosimi 10~5 NG&#8217;m2 kattalikka teng. Odam qulog&#8217;i eshitadigan T.ning eng yuqori intensivligi 1 VtG&#8217;m2 ga teng. Ultratovush texnikasida bundan ham yuqori (104 kvtg&#8217;m2 gacha) intensivlikka erishilgan. Ultratovushning bu xususiyatidan texnika, biol. va tibbiyotda keng foydalaniladi. Ad.: Krasilnikov V. A., Zvukovie i ultrazvukovie volno&#8217;v vozduxe, vode i tvyordo&#8217;x telax, M., 1960; Cheld G., Zvuk, Per. s angl., M, 1975.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tovush (fizikada) \u2014 keng ma&#8217;noda \u2014 gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda to&#8217;lqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati. Tor ma&#8217;noda \u2014 odam va hayvonlarning maxsus sezgi organlari orqali qabul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tovush-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-133528","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133528","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=133528"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133528\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":133540,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133528\/revisions\/133540"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=133528"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=133528"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=133528"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}