{"id":133545,"date":"2024-06-15T10:55:58","date_gmt":"2024-06-15T07:55:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=133545"},"modified":"2024-06-15T10:55:58","modified_gmt":"2024-06-15T07:55:58","slug":"tish-chirishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tish-chirishi\/","title":{"rendered":"Tish chirishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Tish chirishi, tish kariesi tish qattiq to&#8217;qimalarining zararlanishi; tish emali (dentin)ning astasekin emirilib, kovak hosil bo&#8217;lishi. Bolalarda ko&#8217;p uchraydi. Ko&#8217;pincha bolalarning birinchi katta jag&#8217;tishlari (oltinchi tish) chiriydi. T.ch. ovqatlanish tarzining buzilishi; xamir ovqat va shirinliklarga ruju qilish; ovqat tarkibida kaliy, fosfor va vitaminlar etishmasligi, shuningdek, ovqatda ho&#8217;l meva va sabzavotlar bo&#8217;lmasligi hamda tishlarni noto&#8217;g&#8217;ri parvarish qilish oqibatida paydo bo&#8217;lishi mumkin. Bolalar tishining chirishiga homilador ayollarning ovqatlanish rejimi, bolani noto&#8217;g&#8217;ri ovqatlantirish va b. ma&#8217;lum darajada ta&#8217;sir etadi. Ichimlik suv tarkibida ftor kam bo&#8217;lgan joylarda bu kasallik ko&#8217;p uchraydi (asosan, bolalarda). Og&#8217;ir infektsion kasallik bilan og&#8217;rigan bolalarda, ayniqsa, ularning balog&#8217;atga etish davrida (xususan, qizlarda) T.ch. tez avj olib ketadi. T. ch. ko&#8217;pincha homiladorlikda ham kuzatiladi, chunki bu davrda homila skeleti shakllanishi uchun zarur bo&#8217;lgan kaltsiyga talab oshishi natijasida ona organizmida ichki sekresiya bezlari faoliyati va moddalar almashinuvining buzilishi kabi fiziologik o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y beradi. T. ch. sezilarsiz boshlanadi. Dastlab tish emali xiralashib, g&#8217;adirbudurlashadi, oqish yoki sarg&#8217;imtir dog&#8217;paydo bo&#8217;ladi (q. Tish); keyinchalik bu joy yumshab qoladi, bu \u2014 yuza T. ch. deyiladi; bunda tish cho&#8217;tka bilan tozalanganda, shirin, nordon narsalar eyilganda og&#8217;riydi. Chirigan tish kovagi astasekin chuqurlashib, emaldan dentinga o&#8217;tadi, ana shunda o&#8217;rta T.ch. kelib chiqadi, o&#8217;tkir kechganda mexanik, kimyoviy yoki issiqsovuq ta&#8217;sirida bir oz og&#8217;riq paydo bo&#8217;ladi. T.ch. jarayoni dentin to&#8217;qimasining ichiga utishi natijasida pulpa ustida yumshab yupqalashgan dentin qoladi; bunda chirigan tish kovagiga ovqat kirishi (issiq, sovuk, suv va b. ta&#8217;sir etishi) bilan kuchli og&#8217;riq paydo bo&#8217;lib, ta&#8217;sirot yo&#8217;qolganda darrov to&#8217;xtaydi; bu \u2014 chuqur T.ch. deb ataladi. Agar o&#8217;z vaqtida davo qilinmasa, mikrob tishning yumshoq to&#8217;qimasi (pulpa)ga kirib, uni yallig&#8217;lantiradi \u2014 pulpit vujudga keladi; borabora tish ildizi atrofidagi to&#8217;qimalar ham yallig&#8217;lanishi mumkin, T.ch. ni stomatolog vrach davolaydi. Tish kovagini tozalab plombalanadi. Oldini olish uchun organism ehtiyojiga zarur mineral tuzlar (ayniqsa, kaltsiy, fosfor), vitaminlar, yog&#8217;lar, uglevodlar va h.k.ga boy ovqatlar eb turish, ovqatlanish rejimiga rioya qilish, og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;ini sog&#8217;lom saklash kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tish chirishi, tish kariesi tish qattiq to&#8217;qimalarining zararlanishi; tish emali (dentin)ning astasekin emirilib, kovak hosil bo&#8217;lishi. Bolalarda ko&#8217;p uchraydi. Ko&#8217;pincha bolalarning birinchi katta jag&#8217;tishlari (oltinchi tish) chiriydi. T.ch. ovqatlanish tarzining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tish-chirishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-133545","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133545","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=133545"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133545\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":133557,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133545\/revisions\/133557"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=133545"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=133545"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=133545"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}