{"id":133594,"date":"2024-06-15T11:02:09","date_gmt":"2024-06-15T08:02:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=133594"},"modified":"2024-06-15T11:02:42","modified_gmt":"2024-06-15T08:02:42","slug":"tillakori-madrasa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tillakori-madrasa\/","title":{"rendered":"TILLAKORI MADRASA"},"content":{"rendered":"\n<p>TILLAKORI MADRASA &#8211; Samarqanddagi me&#8217;moriy yodgorlik. Registon ansamblisa Ulug&#8217;bek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-a.) o&#8217;rnida Samarqand hokimi Yalangto&#8217;shbiy Bahodir madrasa va jome masjid qurdirgan (1641-46). Karvonsaroy asosi ustiga madrasa (shim. Sharqiy qismida), hujralar o&#8217;rnida peshtoq gumbazli masjid (g&#8217;arbida) joylashgan. Dastlab &#8220;Yalangto&#8217;shbiy kichik madrasasi&#8221; deb nomlangan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga etadigan miqdorda oltin sarflangani uchun &#8220;Tillakori&#8221; (tilladan ishlov berilgan) deb yuritila boshlagan. T.m.dan shahar jome masjvdi va madrasa sifatida foydalanilgan. Shuning uchun masjidi (63&#215;22 m) katta va serhashamligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi. Madrasa (70&#215;70 m) ga g&#8217;arbiy peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq chuqur ravoqli, 2 qanotining oldi ravoqli, 2 qavatli hujralar, burchaklarini teng hajmdagi guldastamezanalar egallagan. Masjid xonaqohi (10,8&#215;10,8 m)ning poygumbazi baland, uzoqdan ko&#8217;zga tashlanib turadi. Uning gumbazi nihoyasiga etkazilmagan. Xonaqoh to&#8217;riga marmardan mehrob va zinapoyali minbar ishlangan. O&#8217;z davrida zarhal naqshlar bilan jozibador bezatilgan xonaqohning 2 yonini oldi ravoqli, gumbaz tomli ayvon (yo&#8217;lak) lar egallagan. Peshtoq ravog&#8217;idagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659-60 y.larda bajarilganligi yozilgan. T. m. bir necha bor ta&#8217;mir qilingan. 1817 y.da Amir Haydar buyrug&#8217;i bilan zilziladan zarar ko&#8217;rgan peshtog&#8217;i qayta tiklanishi jarayonida shakli buzilgan. 1885 y.dagi ta&#8217;mir vaqtida zarhal naqshlar oddiy bo&#8217;yoklar bilan almashtirilgan. T.m.da Samarkand ta&#8217;mirlash ustaxonasi tashkil etilib (1930), koshinlarning qad. rangini toppish yo&#8217;lida tadqiqot ishlari olib borilgan. T. m.dagi yo&#8217;qolib ketayozgan noyob zarhal naqshlarni ustalar ilmiy o&#8217;rganib, qayta tikladi (1970). Binokorlar madrasaning Registonga qaragan peshtog&#8217;ini Sherdor madrasa va Ulug&#8217;bek madrasasi bilan moslashtirib qayta qurdi. Peshtoq ravog&#8217;i va ravoq ichidagi qalqonsimon bag&#8217;ali, guldastasi hamda xonaqoh gumbazi, ichidagi tilla halli bo&#8217;rtma naqshlari qayta jilolandi (1974). Baland gyuygumbazi ustiga Feruza rang koshin bilan qoplangan gumbaz o&#8217;rnatildi. Bosh tarzidagi bezak mavzularining boyligi, ichki va tashqi naqshlarning serxashamligi, peshtoq qanosi va tokchasidagi iroqi kashtani eslatuvchi bezaklar, bo&#8217;rtma yozuvlar o&#8217;ziga xosdir. Ravoq burchaklari, bezakli toqilarni to&#8217;ldirishda koshinpaz ustalar turli usullarni qo&#8217;llashgan (g&#8217;ishtlarning mayda naqshlari koshinlarning handasiy va islimiy naqshlari bilan moslashtirilgan). Koshinkori ravoklarda yashil tangachalar, sarg&#8217;ish yaproqlar va Feruza poyalar aks ettirilgan. Xonaqoh izorasi koshinnamoyon, devori, gumbazi va bag&#8217;ali kundal uslubidagi serhasham naqshlarga boy. Mehrob ravog&#8217;i va bag&#8217;ali muqarnas kosachalar bilan to&#8217;ldirilib, zarhal berilgan hamda Qur&#8217;on oyatlaridan olingan bo&#8217;rtma yozuvlar bilan hoshiyalangan. Eshiklar murakkab naqsh va yozuvlar bilan yog&#8217;och o&#8217;ymakorligida pardozlangan. Hovli saxni (50&#215;50 m)ga marmar yotqizilgan. Atrofidagi hujralarga eshik, tobadoniga panjaralar ishlangan. Hujralar yoz kunlari ham salqin bo&#8217;ladi. T. m.da muzey tashkil etilgan bo&#8217;lib, unda madrasani ta&#8217;mirlashga oid narsalar saklangan. Ad.: Samarkand, T., 1986; O&#8217;zbekiston Islom obidalari, T., 2002.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TILLAKORI MADRASA &#8211; Samarqanddagi me&#8217;moriy yodgorlik. Registon ansamblisa Ulug&#8217;bek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-a.) o&#8217;rnida Samarqand hokimi Yalangto&#8217;shbiy Bahodir madrasa va jome masjid qurdirgan (1641-46). Karvonsaroy asosi ustiga madrasa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tillakori-madrasa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-133594","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133594","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=133594"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133594\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":133606,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133594\/revisions\/133606"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=133594"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=133594"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=133594"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}