{"id":133741,"date":"2024-06-15T11:22:42","date_gmt":"2024-06-15T08:22:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=133741"},"modified":"2024-06-15T11:22:43","modified_gmt":"2024-06-15T08:22:43","slug":"tibet-togligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tibet-togligi\/","title":{"rendered":"Tibet tog&#8217;ligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Tibet tog&#8217;ligi \u2013 Markaziy Osiyo, asosan, Xitoyda. Er sharidagi eng katta va baland tog&#8217;lardan. Mayd. 2 mln. km2, bal. 4000-5000 m, ba&#8217;zi tizmalarning bal. 6000-7000 m. Himolay, Qoraqurum, Kunlun, SinaTibet tog&#8217;lari bilan chegaralangan. T. t. ning shim. va Markaziy qismi (mahalliy nomi Changtan) bir oz to&#8217;lqinsimon yoki yassi tekislik bo&#8217;lib, kenglik bo&#8217;ylab cho&#8217;zilgan va qiya yon bag&#8217;irli tog&#8217;tizmalaridan iborat. Ayrim cho&#8217;qqilarining relefi Alp tipli. Tangla, Kaylas va b. tizmalarida muzliklar bor. Tog&#8217;lik chekkalaridagi tizmalarning yon bag&#8217;rilari tik, relefi kuchli parchalangan, dare vodiylari tog&#8217;larni 2-3 ming m chuqurlikkacha o&#8217;yib tushgan. T. t. O&#8217;rta dengiz geosinklinal mintaqasida joylashgan. Uning turli qismida geologik rivojlanish tarixi har xil. Kaynozoy o&#8217;rtalarigacha T. t., asosan, cho&#8217;kkan, ko&#8217;p qismida cho&#8217;kindi jinslar to&#8217;plangan. Kaynozoy oxirlaridan yoppasiga ko&#8217;tarila boshlagan. Kuchli zilzilalar bo&#8217;lib turishi, yosh vulkan konuslari va qaynoq buloklarning mavjudligi tog&#8217;hosil bo&#8217;lish jarayonining davom etayotganligidan darak beradi. Foydali qazilmalardan oltin, kassiterit, polimetall rudalar, toshko&#8217;mir konlari topilgan. Oqmas ko&#8217;llarda soda va b. minerallarning katta zaxiralari mavjud. T. t. materik ichkarisida joylashganligi va juda baland bo&#8217;lganligi sababli iklimi keskin kontinental va sovuq. Changtanda o&#8217;rtacha yillik t-ra 0\u2014 5\u00b0, qish uzoq davom etadi, -32\u00b0 gacha sovuq bo&#8217;ladi, yog&#8217;in kam yog&#8217;adi. Yoz esa salqin, iyulda ham ba&#8217;zan tuproq qatlami muzlaydi. T. t.ning Jan.da iklim nisbatan iliqroq, yanv. oyining trasi 0\u00b0 dan -20\u00b0 gacha, iyulniki 5-15\u00b0. Tog&#8217;likning Jan. va sharkidagi tizmalar okeandan keladigan nam havo massalarini to&#8217;sib turadi, aksari qismida yillik yog&#8217;in 100-200 mm (asosan, krr shaklida), Jan.da yozgi musson ta&#8217;sirida 500-700 mm yog&#8217;adi. Iqlimining quruqligi natijasida qor chizig&#8217;i 5000-6000 m balandlikdan o&#8217;tadi. T. t.ning musson ta&#8217;siridagi qismidan Xuanxe, Yantszi, Mekong, Saluin, Brahmaputra, Hind kabi yirik daryolar boshlanadi. Daryolari, asosan, qor va muzliklardan, Jan.da esa yomg&#8217;irdan suv oladi. Gidroenergiya zaxirasiga boy. T. t. da ko&#8217;l ko&#8217;p, ular tektonik botiqlarda joylashgan. Yirik ko&#8217;llari: Namso, Selling, Dangrayum. Ko&#8217;llari sayoz va suvi sho&#8217;r, noyab.dan may oyigacha muzlaydi. T. t. ning tuproklari baland tog&#8217;Dashti va chuliga xos shag&#8217;al aralash tuproq, kam chirindili. Ayrim joylarda tuprok, qatlami va o&#8217;simliklar umuman yo&#8217;q. Chekka qismida unumdor tog&#8217;o&#8217;tloqdasht va tog&#8217;o&#8217;tloq tuproklar tarqalgan. Katta maydonlarni baland tog&#8217;cho&#8217;li va chala cho&#8217;li qoplagan, siyrak o&#8217;t va butalar usadi. Dare vodiylari butazor va to&#8217;qayzor. Chorvachilikda, asosan, yaylov sifatida foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tibet tog&#8217;ligi \u2013 Markaziy Osiyo, asosan, Xitoyda. Er sharidagi eng katta va baland tog&#8217;lardan. Mayd. 2 mln. km2, bal. 4000-5000 m, ba&#8217;zi tizmalarning bal. 6000-7000 m. Himolay, Qoraqurum, Kunlun, SinaTibet &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tibet-togligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-133741","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133741","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=133741"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133741\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":133748,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/133741\/revisions\/133748"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=133741"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=133741"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=133741"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}