{"id":13422,"date":"2021-12-26T14:55:35","date_gmt":"2021-12-26T11:55:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13422"},"modified":"2021-12-26T14:55:37","modified_gmt":"2021-12-26T11:55:37","slug":"yusuf-sakkokiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yusuf-sakkokiy\/","title":{"rendered":"YUSUF SAKKOKIY"},"content":{"rendered":"\n<p>YUSUF SAKKOKIY (Yusuf ibn Muhammad Abu Ya&#8217;qub Sirojiddin al Xorazmiy as sakkokiy) (1160 \u2014 Xiva \u2014 1228) \u2014 tilshunos va adabiyotshunos. Asosan Arab tilida ijod qilgan. Tarjimai holiga doir ma&#8217;lumotlar juda kam. Xondamirning yozishicha, Yusuf Sakkokiy sehrgarlikda nohaq ayblanib, Chig&#8217;atoy xoni tomonidan zindonband etilgan va qamoqda vafot etgan. Yusuf Sakkokiy fanning turli sohalariga oid ko&#8217;plab asarlar yozgan. Bizgacha yetib kelgan, Arab adabiyoti va grammatikasi masalalariga bag&#8217;ishlangan &#8220;Miftoh ululum&#8221; (&#8220;Ilmlar kaliti&#8221;) asari mashhur bo&#8217;lib, u madrasa talabalari uchun darslik sifatida foydalanilgan. Turk tarixchisi kotib Chalabiy ma&#8217;lumotlariga qaraganda, Yusuf Sakkokiyning &#8220;Shomil Fi ilm ulhuruf&#8221; (&#8220;Grammatikadagi bog&#8217;lovchilar haqida&#8221;) degan asari ham bo&#8217;lgan. &#8220;Miftoh ululum&#8221; 3 qismdan iborat va Filologiyaning 10 tarmog&#8217;ini o&#8217;z ichiga olgan bo&#8217;lib, asosan, sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), lug&#8217;at, munozara odobi, aruz, qofiya, she&#8217;r tuzilishi, maoniy va bayon ilmi (ritorika va uslubshunoslik) kabi ilmlar haqida bahs yuritadi. Unda, ainiqsa, adabiyot nazariyasi mukammal ishlab chiqilgan. Asarning 3-qismi katta shuhrat qozonib, uzoq vaqt adabiyot nazariyasi va nutq madaniyatini o&#8217;rganishda asosiy qo&#8217;llanma bo&#8217;lib kelgan. Bu qism qayta-qayta ko&#8217;chirilgan, unga sharhlar yozilgan, Talxis (bayon)lar bitilgan (Muhammad Qazviniy, Qutbiddin Sheroziy, Sa&#8217;diddin Taftazoniy, Mirsayyid Sharif va boshqalar tomonidan). Yusuf Sakkokiy ijodi til va adabiyot nazariyasi rivojida katta rol o&#8217;ynagan. &#8220;Miftoh ululum&#8221; asarining qo&#8217;lyozma nusxalari jahonning deyarli barcha Sharq qo&#8217;lyozmalari fondlarida saqlanadi. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida ham uning bir qancha nusxalari mavjud. Ad.: Krachkovskiy I.Yu., Izbrannme Sochineniya, t. 6, M.L., 1960; Irisov A., Nosirov A., Nizomiddinov I., O&#8217;rtaosiyolik qirqolim, T., 1961.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YUSUF SAKKOKIY (Yusuf ibn Muhammad Abu Ya&#8217;qub Sirojiddin al Xorazmiy as sakkokiy) (1160 \u2014 Xiva \u2014 1228) \u2014 tilshunos va adabiyotshunos. Asosan Arab tilida ijod qilgan. Tarjimai holiga doir ma&#8217;lumotlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yusuf-sakkokiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13422","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13422","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13422"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13422\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13433,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13422\/revisions\/13433"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13422"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13422"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13422"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}