{"id":13463,"date":"2021-12-26T15:09:56","date_gmt":"2021-12-26T12:09:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13463"},"modified":"2021-12-26T15:09:57","modified_gmt":"2021-12-26T12:09:57","slug":"yuqori-chirchiq-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yuqori-chirchiq-tumani\/","title":{"rendered":"YUQORI CHIRCHIQ TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>YUQORI CHIRCHIQ TUMANI \u2014 Toshkent viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabr da tashkil etilgan. 1959 yilda Parkent tumani, 1962 yilda Bo&#8217;stonliq tumani qo&#8217;shildi. 1964 yildan Bo&#8217;stonliq, 1979 yildan Parkent tumani ajralib chiqadi. Shimoli sharqdan Bo&#8217;stonliq va Parkent, Janub va Janubi sharqdan Ohangaron, Janubi g&#8217;arbdan O&#8217;rta Chirchiq, g&#8217;arbdan Toshkent shahri va Qibray tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming kilometr kvadrat. Aholisi 112,5 ming kishi (2005). Tumanda 1 shaharcha (Yangibozor), 9 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Arg&#8217;inchi, Sosbaqa, Bordonko&#8217;l, Jambul, Oqovul, Navro&#8217;z, Saksonota, Surankent, tinchlik) bor. Tuman markazi \u2014 Yangibozor shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi Chirchiq daryosining chap sohilidagi tekislikda, o&#8217;rtacha 550 metr balandlikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Sharq va shimoldan Chatqol tizmasi bilan o&#8217;ralgan. Qishi birmuncha sovuq, yozi issiq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -1,5\u00b0 dan -2\u00b0 gacha, eng past temperatura \u2014 20\u00b0. Iyulniki 25-28\u00b0, eng yuqori temperatura 41-42\u00b0 gacha. Yillik o&#8217;rtacha yog&#8217;in 350-400 millimetr. Vegetatsiya davri 200 kun. Tuman hududidan o&#8217;tgan Qorasuv, Chirchiq daryolari, Parkent, Hondam kanallari, oqqulik, yoyilma, Qizilsoy soylaridan qishloq xo\u2019jalik ekinlarini sug&#8217;orishda foydalaniladi. Tuproqlari bo&#8217;z tuproq. Yovvoyi o&#8217;simliklardan sho&#8217;ra, qamish, yulg&#8217;un; kiyiko&#8217;t, isiriq, gulxayri, qoraandiz, qizilmiya, ermon singari dorivor giyohlar va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi qayvonlardan chiyabo&#8217;ri, tulki, ondatra, yumronqoziq, suvilonlar; qushlardan yovvoyi o&#8217;rdak, tustovuq, qirgovul va boshqalar uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qozoq, koreys, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 256 kishi (2005). Shahar aholisi 12950 kishi, qishloq aholisi 99550 kishi (2005). Xo&#8217;jaligi. Tuman iqtisodiyoti, asosan, qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, qishloq xo\u2019jalik mashinalari ishlab chiqarish tajriba zavodi, bosmaxona, MTP, toshshag&#8217;al maydalash va saralash kombinati, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, 300 kichik korxona va boshqalar ishlab turibdi. 6 qo&#8217;shma korxona faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tumanda 5 shirkat, 830 fermer xo&#8217;jaligi mavjud. Sug&#8217;oriladigan yerlarda paxta, bahorikor yerlarda donchilik; shuningdek, chorvachilik, pillachilik rivojlangan. Qishloq xo\u2019jaligida foydalaniladigan yerlarning 6,3 ming gektar maydoniga paxta, 12,8 ming ga maydoniga g&#8217;alla, 1,1 ming gektar yerga sabzavot ekinlari ekiladi. Tutzor, pichanzor va yaylovlar bor. Bog&#8217;dorchilik, tokchilik rivojlangan. Tuman xo&#8217;jaliklarida 29,5 ming qoramol, 14,9 ming qo&#8217;y va echki boqiladi. Yuqori Chirchiq tumanida 40 umumiy ta&#8217;lim maktabi (24,2 ming o&#8217;quvchi), bolalar musiqa maktabi, kasb-hunar kolleji faoliyat ko&#8217;rsatadi. 24 kutubxona, 6 madaniyat uyi, 10 klub muassasasi aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. 3 stadion, 35 sport zali, 37 futbol, 40 basketbol, 14 qo&#8217;l to&#8217;pi maydonlari bor. Tuman Markaziy kasalxonasi va uning bo&#8217;limlari, tug&#8217;ruqxona, poliklinika, 19 qishloq vrachlik punkti, 2 ta dispanser, 4 feldsherakusherlik punkti va boshqalar tibbiy muassasalarda 149 vrach, 850 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. 1932 yildan &#8220;Sur&#8217;at \u2014 qarqsh&#8221; tuman gazetasi (o&#8217;zbek va qozoq tillarida) nashr etiladi (adadi 2396).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YUQORI CHIRCHIQ TUMANI \u2014 Toshkent viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabr da tashkil etilgan. 1959 yilda Parkent tumani, 1962 yilda Bo&#8217;stonliq tumani qo&#8217;shildi. 1964 yildan Bo&#8217;stonliq, 1979 yildan Parkent tumani &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yuqori-chirchiq-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[112],"tags":[],"class_list":["post-13463","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yu-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13463","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13463"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13463\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13473,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13463\/revisions\/13473"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13463"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13463"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13463"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}