{"id":13605,"date":"2021-12-30T11:04:14","date_gmt":"2021-12-30T08:04:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13605"},"modified":"2021-12-30T11:04:15","modified_gmt":"2021-12-30T08:04:15","slug":"yomgirlatib-sugorish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yomgirlatib-sugorish\/","title":{"rendered":"YOMG&#8217;IRLATIB SUG&#8217;ORISH"},"content":{"rendered":"\n<p>YOMG&#8217;IRLATIB SUG&#8217;ORISH qishloq xo\u2019jalik ekinlariga suvni yomg&#8217;ir shaklida berish usuli; sun&#8217;iy yomg&#8217;ir hosil qilishda ko&#8217;chma yoki ko&#8217;chmas yomg&#8217;irlatish mashinalari va qurilmalari ishlatiladi. Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish bo&#8217;yicha tadqiqotlar bir necha mamlakatlarda 19 asrda o&#8217;tkazilgan, 20 asr boshlaridan ishlab chiqarishda qo&#8217;llanila boshladi. Ko&#8217;pgina chet mamlakatlarda (AQSh, Italiya, Germaniya, Vengriya, Bolgariya., Chexiya va boshqalar) Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish keng miqyosda qo&#8217;llaniladi. Qozog&#8217;istonda va Qirg&#8217;izistonda ekin maydonlarining katta qismi shu usulda sug&#8217;oriladi. Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish ayniqsa namlanish beqaror bo&#8217;lgan maydonlarda sabzavot, yemxashak, g&#8217;alla, texnika ekinlari, meva va rezavorlar yetishtirishda ko&#8217;p qo&#8217;llaniladi. Sug&#8217;orma dehqonchilik zonasida chuchuk va qisman minerallashgan grunt suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan o&#8217;tloqi va bo&#8217;zo&#8217;tloqi tuproqlarda hamda suv o&#8217;tkazish qobiliyati yuqori bo&#8217;lgan tuproqlarda Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish qo&#8217;llaniladi. Egatlar orqali yoki tuproq sirtidan sug&#8217;orishning boshqa turlariga qaraganda Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish qator afzalliklarga ega: o&#8217;simlik rivoji uchun qulay sharoit yaratadi, faqat tuproq namini oshiribgina qolmay, qavoning yer yuzasiga yondosh qatlamida ham namlikni ko&#8217;paytiradi, havo haroratini pasaytirib, bug&#8217;lanish va o&#8217;simlik transpirasiyasi sarfini kamaytiradi. Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish o&#8217;simlikdagi changni yuvib, ularning nafas olishini, organic moddalar to&#8217;planishini kuchaytiradi, o&#8217;simlik rivojlanishini yaxshilaydi, barcha fiziologik jarayonlarni faollashtiradi. Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish relefi murakkab hamda suv o&#8217;tkazuvchanligi yuqori bo&#8217;lgan jinslarda joylashgan yerlarda, tuproq qatlami yupqa joylarda, suvni oqizib sug&#8217;orish katta hajmdagi tuproq tekislash ishlarini talab etadigan yoki suv filtrasiyasi sarfi katta bo&#8217;lgan dalalarda o&#8217;simlik uchun qulay namlikni saqlashga imkoniyat yaratadi. Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orishda muvaqqat sug&#8217;orish shoxobchalariga ehtiyoj qolmaydi, natijada yer maydonida to&#8217;laroq foydalaniladi. Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orishda oqizib sug&#8217;orishga nisbatan grunt suvlari yer yuzasiga yaqin (1-2 metr) chuqurlikda joylashgan o&#8217;tloqi tuproqlarda sug&#8217;orish normasi 1,5\u20142,0 marta, tipik sur tuproqlarda 15-20% ga kamayadi. Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish suvni sarflashda tejamkorlik ta&#8217;minlash bilan birga suv bilan birga o&#8217;g&#8217;it berishga imkon beradi, mehnat unumdorligini oshiradi. DDAYUOM markali bitta yomg&#8217;irlatish mashinasi sutkasiga 8-10 gektar yerni sug&#8217;orib, 12 15 suvchining ishini bajaradi. Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orishni galla\u2014g&#8217;o&#8217;za\u2014beda almashlab ekish kompleksiga kiruvchi beda, jo&#8217;xori, sudano&#8217;t va shu kabi o&#8217;simliklar ekilgan maydonlarda ham qo&#8217;llash mumkin. Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish samarasi asosan suv tomchilarining jadalligi va o&#8217;lchamlariga bog&#8217;liq. Tomchilar diametrik 1,5\u20142,0 millimetr atrofida, yomg&#8217;ir jadalligi tuproqning suv o&#8217;tkazish qobiliyatidan kichik bo&#8217;lganda sug&#8217;orishda yaxshi sifatga erishish mumkin. Muayyan sharoit uchun bu ko&#8217;rsatkichlar, odatda, tajriba yo&#8217;li bilan aniqlanadi. Mexanik tarkibi og&#8217;ir bo&#8217;lgan (masalan, tipik sur) tuproq sharoitida yomgir tezligi minutga 0,1 dan 0.2 millimetrgacha, o&#8217;tloqiallyuvial, o&#8217;tloqibotqoqi tuproqlarda 0,25\u20140,3 millimetr, o&#8217;rta va yengil tuproqlarda 0,3\u20140,4 millimetrni tashkil etadi. Sug&#8217;oriladigan maydonda suvning bir tekis tarqalishini, Ko&#8217;lob va oqim hosil bo&#8217;lmasligini ta&#8217;minlash lozim. Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish uchun daryo, kanal va boshqa suv manbalaridan foydalanish mumkin. Suv keltirgich (kanallar, doimiy suv quvurlari) va tarqatgich (ochiq, yopiq va aralash) tarmoqlari orqali sug&#8217;oriladigan uchastkadagi yomg&#8217;irlatish mashinalari va qurilmalariga beriladi. Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish usuli qo&#8217;llanilganda suv keltirgich va tarqatgich tarmoqlarni joylashtirishda sug&#8217;oriladigan uchastka shakli mumkin qadar to&#8217;g&#8217;ri burchakli bo&#8217;lishi, uning kengligi yomg&#8217;irlatish mashinasining qanoti uzunligidan 2 marta katta bo&#8217;lishi kerak. Ariq va suv quvurlari birbiriga parallel joylashtiriladi. Ad.: Sattarov F.M.,Mednis M. N., Sostoyaniya i perspektivi mexanizasii i avtomatizasii poliva xlopchatnika, T., 1976; Ahmedov X. A., Sug&#8217;orish melioratsiyasi, T., 1977. Masharif Boqiyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOMG&#8217;IRLATIB SUG&#8217;ORISH qishloq xo\u2019jalik ekinlariga suvni yomg&#8217;ir shaklida berish usuli; sun&#8217;iy yomg&#8217;ir hosil qilishda ko&#8217;chma yoki ko&#8217;chmas yomg&#8217;irlatish mashinalari va qurilmalari ishlatiladi. Yomg&#8217;irlatib sug&#8217;orish bo&#8217;yicha tadqiqotlar bir necha mamlakatlarda 19 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yomgirlatib-sugorish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13605","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13605","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13605"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13605\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13612,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13605\/revisions\/13612"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13605"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13605"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13605"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}