{"id":13646,"date":"2022-01-03T10:37:06","date_gmt":"2022-01-03T07:37:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13646"},"modified":"2022-01-03T10:37:07","modified_gmt":"2022-01-03T07:37:07","slug":"yongoq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yongoq\/","title":{"rendered":"YONG&#8217;OQ"},"content":{"rendered":"\n<p>YONG&#8217;OQ (Juglans regia L.) \u2014 yong&#8217;oqdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turi, yong&#8217;oqmevali daraxt. Yovvoyi holda Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli, Kavkaz, Eron, Xitoy, Koreya yarim oroli, Afg&#8217;onistonda o&#8217;sadi. O&#8217;rta Osiyo tog&#8217;larida tabiiy yong&#8217;oqzorlar ko&#8217;p. Jahondagi ko&#8217;pgina mamlakatlarda ekma yong&#8217;oqzorlar barpo qilingan. Yong&#8217;oq O&#8217;zbekistonning tog&#8217;li zonalarida va deyarli barcha sug&#8217;oriladigan mintaqalarida o&#8217;stiriladi. Bo&#8217;yi 15\u2014 30 metr, yo&#8217;g&#8217;onligi 1,5\u20142 metrgacha boradi. Shox-shabbasi qalin, keng sharsimon yoki qubbasimon, ildiz tarmog&#8217;i baquvvat, 4 metr va undan ortiq chuqurlikka boradi. Bargi yirik (20-40 santimetr), 5-11 bargchalardan tuzilgan murakkab barg, hushbo&#8217;y (efir moyli). Guli bir uyli, ayrim jinsli, changchisi (otalik guli) \u2014 kuchalasi o&#8217;tgan yilgi novdada to&#8217;da-to&#8217;da, urug&#8217;chisi (onalik guli) yangi novda uchida va barg qo&#8217;ltig&#8217;ida bitta yoki 2-3 tadan, ayrim navlarida 5-10 donadan shingil shaklida joylashadi. Mevasi \u2014 yong&#8217;oq, dumaloq yoki cho&#8217;ziqroq, po&#8217;chog&#8217;i qattiq, yumshoq, g&#8217;alvirak tuzilishga ega. Bir dona yong&#8217;og&#8217;i 5-23 gramm atrofida (mag&#8217;zi 40-75%). 150-200 yil hosil beradi, 300-400 yil yashaydi. Yong&#8217;oq yorug&#8217;sevar o&#8217;simlik. Yer osti suvlari yuza bo&#8217;lmagan, lekin nami yetarli, karbonatli, qumoq, shag&#8217;alli tuproqlarda yaxshi usadi. Vegetatsiya davri 165 \u2014 210 kun. Aprel \u2014 mayda gullaydi, mevasi sentabr \u2014 oktabrda pishadi. Yong&#8217;oqzorlardan 30-50 tsentner\/gektar hosil olish mumkin. Yong&#8217;oq bargi, po&#8217;sti, po&#8217;stlog&#8217;ida katta miqdorda oshlovchi moddalar, mag&#8217;zi tarkibida 45\u2014 72% yog&#8217;, 8-21% oqsil, 20% uglevodlar, vitamin V, S, provitamin A va bshqa moddalar bor. Yong&#8217;oq asalli o&#8217;simliklardan hisoblanadi. Yong&#8217;oq mag&#8217;zi yeyiladi va qandolatchilikda, bargi va meva qobig&#8217;i esa tibbiyot va parfyumeriyada ishlatiladi; mag&#8217;iz moyidan oziq-ovqat sifatida, lok tayyorlashda, yuqori sifatli sovun, bosmaxona siyohi va tush olishda, yog&#8217;ochi va g&#8217;uddasidan mebel, mashinasozlik sanoatida foydalaniladi. Bargi, po&#8217;stlog&#8217;i va mevasining yashil qobig&#8217;idan gazmol, jun, gilam tayyorlashda ishlatiladigan bo&#8217;yoqlar, oshlovchi moddalar (vitamin kontsentratlari) tayyorlanadi. Ihota va agroo&#8217;rmon melioratsiya daraxtzorlari barpo etishda, manzarali bog&#8217;dorchilikda ahamiyati katta. Yong&#8217;oq, asosan, yong&#8217;og&#8217;idan va payvandlash yo&#8217;li bilan ko&#8217;paytiriladi. Payvand qilingan daraxti ertaroq (4-6 yili), yong&#8217;og&#8217;idan o&#8217;sgan ko&#8217;chatlar 6\u201410 yilda hosilga kiradi. To&#8217;nkasidan chiqqan yangi novdalar ham yaxshi o&#8217;sib, 3\u20144yili hosil beradi. Ko&#8217;chati 10&#215;10 yoki 12&#215;12 metr oraliqda o&#8217;tqaziladi. Yong&#8217;oqzorlar har yili gektariga 120 kilogramm azot, 60-90 kilogramm fosfor hisobidan har 3 yilda bir marta gektariga 30-40 tonna hisobidan go&#8217;ng bilan o&#8217;g&#8217;itlanadi. Navlari. R. R. Shreder nomidagi bog&#8217;dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Bo&#8217;stonliq (Xumson) filialida Yong&#8217;oqning ko&#8217;pgina navlari yaratilgan. O&#8217;zbekistonda asosan quyidagi navlari ekiladi. Bo&#8217;stonliq \u2014 daraxti balandligi 16 metrgacha boradi. Mevasi yirik (13,3 gramm), tuxum shaklida, po&#8217;chog&#8217;i och sariq, yupqa. Mag&#8217;zi po&#8217;chog&#8217;idan oson ajraladi. Mag&#8217;zi chiqishi 48,6%. Tarkibida 68,8% yog&#8217; va 2,2% qand bor. G&#8217;alvirak (yupqa po&#8217;choq) \u2014 daraxti 16 metrgacha. Mevasi o&#8217;rtacha (9-9,5 gramm), tuxum shaklida, po&#8217;chog&#8217;i oqishsariq, yupqa. Mag&#8217;zi po&#8217;chog&#8217;idan oson ajraladi, tarkibida 68,8% yog&#8217; va 3% qand bor. Antiqa \u2014 daraxti 9 metrgacha, guli oldinma-keyin ochiladi, erta ko&#8217;klamda gullaydi, lekin yoz oylarida ham qayta gullashi mumkin. Dastlab tukkan hosili sentabr oxirlarida, so&#8217;nggisi dastlabkisidan 6-7 kun keyin pishadi. Mevasi o&#8217;rtacha (10 10,5 gramm), yassiyumaloq, po&#8217;chog&#8217;i oqishsariq. Mag&#8217;zi po&#8217;chog&#8217;idan yaxshi ajraladi, tarkibida 67,1 % yog&#8217; va 3% qand bor. O&#8217;zbekistonda Yong&#8217;oqning yana Konsoy, Pioner, Vatan, yubiley, Do&#8217;rmon1, Do&#8217;rmon2 va boshqa navlari o&#8217;stiriladi. Asosiy zararkunandalari: yong&#8217;oq qurti, yong&#8217;oq galla kanasi, barg o&#8217;rovchilar. Ularga qarshi kurashda insektisidlar, 0,5% li ohak-oltingugurt qaynatmasi va boshqalar qo&#8217;llaniladi. Ad.: To&#8217;ychiyev M., Yong&#8217;oq, T., 1971; Kamolov Sh., O&#8217;zbekistonning tabiiy yong&#8217;oqzorlari, T., 1971. Abdushukur Xonazarov, Rixsivoy Jo&#8217;rayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YONG&#8217;OQ (Juglans regia L.) \u2014 yong&#8217;oqdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turi, yong&#8217;oqmevali daraxt. Yovvoyi holda Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli, Kavkaz, Eron, Xitoy, Koreya yarim oroli, Afg&#8217;onistonda o&#8217;sadi. O&#8217;rta Osiyo tog&#8217;larida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yongoq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13646","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13646","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13646"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13646\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13656,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13646\/revisions\/13656"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13646"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13646"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13646"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}