{"id":13650,"date":"2022-01-03T10:39:34","date_gmt":"2022-01-03T07:39:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13650"},"modified":"2022-01-03T10:39:36","modified_gmt":"2022-01-03T07:39:36","slug":"yopinchiq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yopinchiq\/","title":{"rendered":"YOPINCHIQ"},"content":{"rendered":"\n<p>YOPINCHIQ \u2014 ayollar boshi ustidan yopadigan kiyim; ayollar qomatini kishi ko&#8217;zidan yashirib turadigan keng to&#8217;rtburchak shaklidagi mato. Rangbarang ip (ipak) bilan kashta tikib, piston, nozik, ko&#8217;zlar qadab bezatiladi. To&#8217;ylarda va ko&#8217;chaga chiqqanda yo. tutilgan. Yopinchiq kishilik kiyimi bo&#8217;lishi bilan birga kelinlar sepiga ham kiritilgan, nikoh libosining asosiy qismiga aylangan. O&#8217;zbekiston hududida Yopinchiqning paranji, sarandoz, jelak va boshqa turlari mavjud. Yelkaga tashlab yuriladigan engi uzun chopon shaklidagi turi miloddan avvalgi 1ming yillik o&#8217;rtalarida yuzaga kelgan. O&#8217;zbekiston hududidan topilgan qadimgi davr madaniy yodgorliklari (mayda sopol haykalchalar) bu yerda qadimdan Yopinchiq bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatadi; kushanlar davrida Yopinchiq chetlari (bari va etagi) aylana shaklidagi metall nishonlar bilan hoshiyalanib, keyinroq qora mag&#8217;iz va yoqasida 1-2 uchburchakli qaytarma bilan bezatilgan. Islom dini hukmronligi davridan boshlab boshga (ba&#8217;zan qora to&#8217;r bilan yuzni berkitgan holda) yopa boshlaganlar; shu tarzda paranjining dastlabki nusxalari paydo bo&#8217;lgan (16\u201417 asrlar). 18\u201419 asrlarda keng tarqalgan, 20 asr o&#8217;rtalarigacha saqlangan. 20 asr o&#8217;rtalaridan yana Yopinchiq urf bo&#8217;la boshladi, faqat Farg&#8217;ona vodiysida Yopinchiq o&#8217;rniga katta gulli (shol) ro&#8217;mollardan foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOPINCHIQ \u2014 ayollar boshi ustidan yopadigan kiyim; ayollar qomatini kishi ko&#8217;zidan yashirib turadigan keng to&#8217;rtburchak shaklidagi mato. Rangbarang ip (ipak) bilan kashta tikib, piston, nozik, ko&#8217;zlar qadab bezatiladi. To&#8217;ylarda va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yopinchiq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13650","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13650","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13650"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13650\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13660,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13650\/revisions\/13660"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13650"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13650"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13650"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}