{"id":13672,"date":"2022-01-03T17:16:52","date_gmt":"2022-01-03T14:16:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13672"},"modified":"2022-01-03T17:16:53","modified_gmt":"2022-01-03T14:16:53","slug":"yopiq-sugorish-tizimi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yopiq-sugorish-tizimi\/","title":{"rendered":"YOPIQ SUG&#8217;ORISH TIZIMI"},"content":{"rendered":"\n<p>YOPIQ SUG&#8217;ORISH TIZIMI sug&#8217;oriladigan maydonlarga suv uzatadigan quvurlar tarmog&#8217;i. Quvurlar 0,6\u20141,5 metr chuqurlikda (quvur ustigacha) yoki yer yuzasiga yotqiziladi. Yer osti quvurlari o&#8217;tirmaydigan va ko&#8217;pchimaydigan qumlik, shag\u2019al va shu kabi mustahkam gruntlarga yotqiziladi. Suv tekkanda o&#8217;tiradigan gruntlarda avval transheya qazib suv quyiladi, ko&#8217;pchiydigan gruntlarda esa quvur tagiga 20 santimetrdan kam bo&#8217;lmagan qalinlikda qum solinadi. Yopiq sug\u2019orish tizimi uchun asbestsement, temirbeton, polietilen, metall va shu kabi quvurlardan foydalaniladi. Suv uzatish usuli bo&#8217;yicha Yopiq sug\u2019orish tizimi bosimli (suv nasos yordamida beriladi) va o&#8217;zioqar bosimli (joyning tabiiy nishabi hisobiga bosim hosil bo&#8217;ladi) sug&#8217;orish shoxobchalariga bo&#8217;linadi, odatda, bunga nishablik 0,025 dan yuqori bo&#8217;lgan joylarda erishiladi. Quvurlardagi suvning minimal oqim tezligi loyqa cho&#8217;kindilarni oqizib ketishni, maksimal tezligi esa sug\u2019orish to&#8217;xtatilgandan so&#8217;ng quvurlarni cho&#8217;kindilardan yuvib, chiqarib tashlashni ta&#8217;minlashi lozim. Bosimli Yopiq sug\u2019orish tizimining asosiy elementlari: suv manbai (daryo, kanal, suv ombori, yer osti suvlari va boshqalar); nasos stansiyasi, suv tarqatgich quvurlar tarmog&#8217;i; yomg\u2019irlatish va sug&#8217;orish mashinalari; ko&#8217;chma yoki ko&#8217;chmas suv quyish quvurlari; quvurlar yo&#8217;lidagi inshootlar va ochib berkitadigan qurilmalar; suv tashlama va oqova kanallari. O&#8217;zioqar bosimli Yopiq sug\u2019orish tizimi bosimli shoxobchadan faqat nasos stansiyasining yo&#8217;qligi bilan farq qiladi. Yopiq sug\u2019orish tizimi konstruktsiyasi bo&#8217;yicha ko&#8217;chmas, yarim ko&#8217;chma va ko&#8217;chma bo&#8217;ladi. Ko&#8217;chmas tizimlarda suv bosim ostida doimiy gidrantlar o&#8217;rnatilgan suv quvurlarga beriladi, ular orqali esa ko&#8217;chmas sug&#8217;orish mashinalari yoki boshqa sug&#8217;orish qurilmalariga oqib keladi. Yarim ko&#8217;chma Yopiq sug\u2019orish tizimida suv yomg&#8217;irlatish qurilmalari yoki suvni tuproq ichidan tomchilab yoki egatlarga oqizib beradigan jo&#8217;mraklarga doimiy yer osti va ko&#8217;chma yer usti suv quvurlaridan beriladi. Ko\u2019chma quvurli sug&#8217;orish tarmog&#8217;i yer yuzasiga yotqiziladigan yig&#8217;ma suv quvurdan iborat; uni osongina bo&#8217;laklarga ajratib, boshqa joyga ko&#8217;chirish mumkin. Sug&#8217;orma dehqonchilik zonasida o&#8217;zioqarbosimli sug&#8217;orish shoxobchalari eng ko&#8217;p qurilgan. Masalan, Mirzacho&#8217;lda 65 ming gektar, Dalvarzin cho&#8217;lida 35 ming gektardan ko&#8217;proq yer shu usulda sug&#8217;oriladi (2001). Yopiq sug\u2019orish tizimi sug&#8217;orma dehqonchilikni kompleks mexanizatsiyalash talablariga to&#8217;la javob beradi, unumdor sug&#8217;orish texnikasini qo&#8217;llashga imkon yaratadi; Yopiq sug\u2019orish tizimida yerdan foydalanish koeffitsienti 0,92\u20140,98 ga teng. Sharif Hamdamov, Nikolai Soloxin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOPIQ SUG&#8217;ORISH TIZIMI sug&#8217;oriladigan maydonlarga suv uzatadigan quvurlar tarmog&#8217;i. Quvurlar 0,6\u20141,5 metr chuqurlikda (quvur ustigacha) yoki yer yuzasiga yotqiziladi. Yer osti quvurlari o&#8217;tirmaydigan va ko&#8217;pchimaydigan qumlik, shag\u2019al va shu kabi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yopiq-sugorish-tizimi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13672","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13672","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13672"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13672\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13683,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13672\/revisions\/13683"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13672"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13672"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13672"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}