{"id":13722,"date":"2022-01-03T18:29:23","date_gmt":"2022-01-03T15:29:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13722"},"modified":"2022-01-03T18:29:26","modified_gmt":"2022-01-03T15:29:26","slug":"yormat-maxsum","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yormat-maxsum\/","title":{"rendered":"YORMAT MAXSUM"},"content":{"rendered":"\n<p>YORMAT MAXSUM (taxminan 1882\u2014 1929) \u2014 Farg&#8217;ona vodiysida mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurashgan istiqlolchilarning so&#8217;nggi bosh qo&#8217;mondoni (1923-29). Ulamo oilasida tug&#8217;ilib, yoshligida mukammal diniy tarbiya olgan. Yormat Maxsum 1920 yildan boshlab qizil armiyaga qarshi janglarda qatnashib, mohir qo&#8217;rboshi sifatida nom chiqardi. Ko&#8217;proq O&#8217;sh uezdida Olay vohasida harakat qilgan. 1923 yil 17 iyulda Oltiariqdagi Shunkmozor qishlog&#8217;ida bo&#8217;lgan Farg&#8217;ona vodiysi qo&#8217;rboshilarining qurultoyida u Farg&#8217;ona istiqlolchilarining bosh qo&#8217;mondoni etib saylandi. Unga Amir lashkarboshi unvoni berildi. Ahmad polvon, Qoraboy, Umar Ali, Mama Ro&#8217;zi kabi qo&#8217;rboshilar va ukasi Hoji ponsod uning eng yaqin yordamchilari edi. Yormat Maxsum murakkab bir davrda istiqlolchilarga rahbarlik qildi. 1923 yil avgustda So&#8217;x qishlog&#8217;ida bo&#8217;lgan qurultoydan keyin u o&#8217;z harbiy kuchlarini 2 qismga ajratib, birini So&#8217;xda qoldiradi, ikkinchi qismini esa olay vohasiga jo&#8217;natadi. Yormat Maxsum 1924 yilda bo&#8217;lgan janglarda asosiy kuchlardan ajralsa ham, u 1925-29 yillarda Marg&#8217;ilon, Qo&#8217;qon, So&#8217;x tomonlarda kurashni davom ettirdi. Bu paytda uning ixtiyorida 2000 yigit va 10 ta qo&#8217;rboshi bo&#8217;lgan. 20 yillarning oxirida uning asosiy qarorgohi So&#8217;x yaqinidagi Haydarkon qishlog&#8217;i (hozirgi Qirg&#8217;iziston Respublikasi O&#8217;sh viloyati hududida) edi. 1929 yil Haydarkonda bo&#8217;lgan janglarning birida Yormat Maxsum mardlarcha halok bo&#8217;ldi. Ad.: O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; O&#8217;zbekiston tarixi (1917\u2014 1991), T., 2000. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YORMAT MAXSUM (taxminan 1882\u2014 1929) \u2014 Farg&#8217;ona vodiysida mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurashgan istiqlolchilarning so&#8217;nggi bosh qo&#8217;mondoni (1923-29). Ulamo oilasida tug&#8217;ilib, yoshligida mukammal diniy tarbiya olgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yormat-maxsum\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13722","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13722","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13722"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13722\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13734,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13722\/revisions\/13734"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13722"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13722"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13722"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}