{"id":137300,"date":"2024-07-02T18:24:14","date_gmt":"2024-07-02T15:24:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=137300"},"modified":"2024-07-02T18:24:15","modified_gmt":"2024-07-02T15:24:15","slug":"qadimgi-xorazmliklarning-madaniyati-sanati-va-diniy-qarashlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qadimgi-xorazmliklarning-madaniyati-sanati-va-diniy-qarashlari\/","title":{"rendered":"Qadimgi xorazmliklarning madaniyati, san\u2019ati va diniy qarashlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Ko\u2019plab qadimgi yozma manbalar Markaziy Osiyo hududidagi dastlabki madaniy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar eramizdan avvalgi 1 ming yillikning 1-yarmi oxirlaridayoq paydo bo\u2019lganligini ko\u2019rsatadi. Masalan, eramizdan avvalgi VI asrda eronlik Ahamoniylar (Kir)ning massagetlar yurti (ko\u2019hna Xorazm davlati)ni bosib olishga bo\u2019lgan harakati, mustaqil va iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlangan Xorazm davlati \u201cAvesto\u201d tilida Xvarizam, qadimgi fors tilida Xvarazmish, qadimgi yunon tilida Xorasmiya deb atalishi buning dalilidir. Xorasmiy, sakaravak, debik, dax, yaksart kabi ko\u2019plab qabilalarni birlashtirgan qadimgi Xorazm davlati eramizdan avvalgi VI asrga kelib ahamoniylar (eron) davlatiga bo\u2019ysungan.<\/p>\n\n\n\n<p>Olib borilgan arxeologik qazishmalar hamda qadimgi yunon va xitoy tarixchilarining asarlari qadimgi Xorazm madaniyati yuksak darajada rivojlanganligini ko\u2019rsatadi. Qadimgi Xorazm davlatining yuksak madaniy taraqqiyotga erishishida bir tomondan, Yaqin Sharq, Xitoy va Shimoliy Hindiston bilan, ikkinchi tomondan, Sharqiy va Janubiy Yevropa (ko\u2019proq Volga daryosi bo\u2019ylari) xalqlari bilan olib borgan madaniy-iqtisodiy aloqalari muhim rol o\u2019ynagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi Xorazm hukmdorlari mamlakatning iqtisodiy-madaniy jihatdan yuksalishi uchun ko\u2019plab tadbirlarni: tangalar zarb qilish, boshqa davlatlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish, sug\u2019orma dehqonchilikni kengaytirish ishlarini olib borganlar. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti ko\u2019plab shaharlar, qal\u2019alar, qasrlar va istehkomlar qurilishida o\u2019z aksini topgan. Ko\u2019hna xarobalarini tekshirish bu o\u2019lkada yirik suv inshootlari, qal\u2019alar, ko\u2019plab karvonsaroylar mavjud bo\u2019lganligini, shaharlarda hunarmandchilik v savdo-sotiq gurkirab rivojlanganligini ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi Xorazm ma\u2019naviy madaniyatining qay darajada rivojlanganligini Xorazm yozuvi va diniy dunyoqarashning mavjud bo\u2019lganligidan, bu vohada hozirgi kunimizgacha saqlanib kelinayotgan xalq og\u2019zaki ijodi: afsonalar, rivoyatlar, doston va qo\u2019shiqlardan ham bilsak bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi Xorazm tarixi, davlatchiligi, afsonaviy qahramonlari haqida ko\u2019plab afsonalar to\u2019qilgan. Masalan, \u201cAyozqal\u2019a\u201d afsonasida Orol dengizining paydo bo\u2019lishi va Xorazmning vujudga kelishi haqida so\u2019z yuritiladi. Afsonaga ko\u2019ra dastlab Orol dengizi bo\u2019lmagan. Uning o\u2019rnida berahm va munofiq hukmdor Fosilxon hukmronlik qilgan addax xalqi yashagan. Fosilxon o\u2019zining dahshatli jinoyatlari va bir avliyoning qizi nomusini toptalganligi uchun avliyoning qarg\u2019ishiga uchraydi. Natijada Amu va Sir daryolar o\u2019z o\u2019zanlarini o\u2019zgartirib, Fosilxon podsholigi hududiga \u2013 hozirgi Orolga quyila boshlaydi va podsholik suv ostida qoladi. Dono va adolatpesha Ayozxon boshchiligidagi Boysun aholisi esa Xorazmga ko\u2019chib kelib, Urganch podsholigiga asos soladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Firdavsiyning \u201cShohnoma\u201d dostonida \u201cAvesto\u201dda tilga olingan dastlabki Xorazm sulolasining asoschisi Siyovush haqida so\u2019z yuritiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>:Siyovush haqida afsona\u201dda esa turonlik go\u2019zal qizdan tug\u2019ilgan Siyovushning yoshlikda yaxshi tarbiy olganligi, o\u2019gay onasining tuhmati tufayli nohaq ayblanishi, o\u2019z obro\u2019sini qayta tiklashi uchun suyukli oti bilan katta olovdan beshikast o\u2019tib olishi, uning Turon o\u2019lkasiga yurishi, urushdan so\u2019ng Afrosiyob huzuriga borib, uning qiziga uylanishi, qaynotasi in\u2019om qilgan yerda Siyovaxsh qasrini qurganligi, tuhmatga uchrab, o\u2019z qaynotasi Afrosiyob tomonidan o\u2019ldirilishi hamda Siyovushning o\u2019g\u2019li bobosi Afrosiyobni jangda yengib, birinchi Xorazm sulolasiga asos solganligi hikoya qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi Ko\u2019zaliqir, Qal\u2019aliqir, Jonbosqal\u2019a, Tuproqqal\u2019a, Ayozqal\u2019a, Bozorqal\u2019a, Qangaqal\u2019a, Qirqqiz kabi ko\u2019plab qal\u2019alarda olib borilgan arxeologik izlanishlar qadimgi Xorazmning nafaqat moddiy madaniyati, balki arxitektura va amaliy bezak san\u2019ati ham yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Birgina Tuproqqal\u2019adagi izlanishlarning o\u2019zi qadimgi Xorazm shaharlarining puxta reja asosida qurilganligini, qurilish san\u2019ati yuksak darajada bo\u2019lganligini ko\u2019rsatadi. Qal\u2019adagi saroy nihoyatda mahobatli va go\u2019zal bunyod etilgan. Saroy ichida joylashgan \u201cPodsho zali\u201d, \u201cAskar zali\u201d, \u201cRaqqoslar zali\u201d, \u201cG\u2019alaba zali\u201d kabi ko\u2019plab zallarning har biri o\u2019ziga xos tarzda bezatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazm vohasidagi ko\u2019plab qadimgi qal\u2019alar o\u2019z qa\u2019rida xorazmliklarning badiiy dunyoqarashi namunalarini saqlab kelgan. Mashhur arxeolog S.P.Tolstov Jonbosqal\u2019a va Tuproqqal\u2019a xarobalarini o\u2019rganib, Jonbosqal\u2019adan ko\u2019plab terrakota haykalchalari, Tuproqqal\u2019adan esa qadimgi xorazm hukmdorlari tomonidan zarb qilingan tangalarni topadi. Shu boisdan ham S.P.Tolstov Jonbosqal\u2019ani \u201cHaykallar muzeyi\u201d, Tuproqqal\u2019ani esa \u201cBehisob tangalar muzeyi\u201d deb atagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qal\u2019alar (masalan, Qo\u2019yqirilganqal\u2019a) ichidan topilgan turfa ashyolar Qangyuy davrida (eramizdan avvalgi IV-I asrlarda) qal\u2019a aholisining madaniy hayoti, dunyoqarashi, turmush tarsi qanday bo\u2019lganligini ko\u2019rsatadi. Sopoldan yasalgan suvdonlarning tashqi bezaklari, og\u2019zi odam shaklida ishlangan kichik idishlar, ot va grifonlar surati tushirilgan turli xil rangdagi sopol ritonlar, kichik hajmdagi sopol haykalchalar, dastsi fil yoki ot boshiga o\u2019xshab yasalgan ko\u2019zalar qadimgi Xorazm haykaltaroshligi va amaliy bezak san\u2019ati haqida ma\u2019lumot beradi. Bo\u2019rtma tasvirlar orasida sharob ko\u2019targan keksa bog\u2019bon, jimjima jiyakli kamzul va burmali ko\u2019ylak kiyib olib, bir qo\u2019lida ko\u2019zacha, ikkinchida qadah tutgan ayol haykalchasi qadimgi xorazmliklarning nafis didga ega ekanligini ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qal\u2019a xonalari devoriga ishlangan rang-barang naqshlar, ot, tuya, qo\u2019y va boshqa hayvonlar hamda qushlar tasviri, zardushtiylik dini talablari asosida o\u2019lgan odamlarning suyaklari solib qo\u2019yiladigan sopoldan yasalgan quti (ossuariy-ostadon)lar tashqi bezaklari o\u2019sha davr san\u2019atkorlarining badiiy tafakkuri nihoyatda yuqori bo\u2019lganligidan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qal\u2019a ichidan topilgan haykalchalar orasida ot tasviri tushirilgan haykallar ko\u2019p uchraydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologik qazishmalar natijasida topilgn buyum va bezaklar ko\u2019p uchraydigan afsonaviy tasvirlar, ayrim xudolarning timsollarini ifodalovchi haykal va rasmlar uzoq o\u2019tmishdagi xorazmliklarning diniy e\u2019tiqodlari, urf-odatlari haqida mulohaza yuritishga imkon beradi. Har xil idishlar, xanjar v pichoq dastalari, bilaguzuk v isirg\u2019alar, to\u2019g\u2019nag\u2019ich va to\u2019qalarga yasalgan echki va qo\u2019ylar, qanotli qo\u2019chqorsimon yoki otsimon maxluqlar, yarimodam, yarimilon, bo\u2019ri yoki sher shaklidagi afsonaviy obraz (timsollar) tamg\u2019a va muhrlardagi har xil qush va hayvonlarning tasviri oddiy san\u2019at namunasi bo\u2019libgina qolmay, balki ilk diniy e\u2019tiqod buyumlar va diniy tasavvurlar mahsulidir.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Qadimgi Xorazm tili va yozuvi.<\/strong> Qadimda har bir rivojlangan davlatning o\u2019z yozuvi mavjud bo\u2019lganidek, Qadimgi Xorazmning ham eng katta ma\u2019naviy boyligi \u2013 yozuvi mavjud bo\u2019lgan. Qadimgi Xorazm yozuvi taxminlarg ko\u2019ra eramizdan avvalgi III asrning oxirlari va II asrning boshlarida Oromiy yozuvi ta\u2019siri ostida shakllangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimgi Xorazm yozuvining dastlabki namunasi ilk bor S.P.Tolstov rahbarligidagi ekspeditsiyaning Qo\u2019yqirilganqal\u2019ada olib borgan tekshiruvi natijasida topilgan edi. Eroncha \u201cAspabarak\u201d yoki \u201cAspabadak\u201d (\u201cOtda ketayotgan\u201d) so\u2019zi xumcha chanbaragi ostiga yozib qo\u2019yilgan. Bundan tashqari yana xumcha va ayolni tasvirlovchi haykalchaning orqa tomoniga yozilgan boshqa yozuvlar ham topilgan. Bu yozuvni S.P.Tolstov \u201cO\u2019rta Osiyodan topilgan yozuvlar ichidagi eng qadimiysidir\u201d,- degan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arablar bosqinchiligi natijasida qadimgi Xorazm tilida yozilgan asarlar, arxiv hujjatlari yo\u2019q bo\u2019lib ketgan. Beruniy ta\u2019kidlaganidek, Xorazm yozuvi teri, yog\u2019och, sopol, metall, tangalar tushirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, Qadimgi Xorazm yozuvi Oromiy yozuvining eng dastlabki an\u2019analarini saqlab qolgan yozuv bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Diniy qarashlari.<\/strong> Qadimgi Xorazm o\u2019lkasi tarixi va etnografiyasini keng tadqiq etgan S.P.Tolstov, Ya.G\u2019ulomov, I.Jabborov va boshqalar xorazmliklarning eng dastlabki diniy tasavvurlari animism, totemism, fetishizm, magik ko\u2019rinishda bo\u2019lganligi va eramizdan avvalgi I ming yillik o\u2019rtalariga kelib, quyosh so\u2019ngra esa olovga sig\u2019inganliklarini ko\u2019rsatib o\u2019tadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Etnograf olim G.Snesaryev esa xorazmliklar bir zamonlar quyoshga topinganlar, e\u2019tiqod belgisi hisoblangan quyosh tasviri uy-ro\u2019zg\u2019or jihozlari hisoblangan turli xil idishlar, namat, gilam, eshiklarda muhrlanganligini ta\u2019kidlab o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonning boshqa hududlariga nisbatan iqlimi sovuq keladigan xorazmliklar uchun quyosh tafti va yorug\u2019ligi o\u2019ta muhim bo\u2019lgan. Shu boisdan ham qadimgi xorazmliklar dastlab quyoshni, so\u2019ngra olovni muqaddashtirganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Eramizdan avvalgi V-I asrlar zardushtiylik dinining shakllanishi va mustahkamlanishi davrlari hisoblanadi. Xuddi mana shu davrda bunyod etilgan qadimgi Xorazm shahar-qal\u2019alari: Qo\u2019yqirilganqal\u2019a, Jonbosqal\u2019a, Bozorqal\u2019a, Ayozqal\u2019a, Tuproqqal\u2019alarda olib borilgan tadqiqotlar ularning barchasida otashparastlar ibodatxonalari mavjud bo\u2019lganligini ko\u2019rsatadi. Ayrim qal\u2019alar (masalan, Jonbosqal\u2019a)dan topilgan buyumlardan ot tasviri yoki sopol haykalchalar qadimgi xorazmliklarning otga sig\u2019inishi (totemistic qarashlari)dan darak beradi. Albatta, ko\u2019hna Xorazmning keyingi davlar tarixida \u201cAvesto\u201dda ko\u2019rsatilgan dehqonchilik ma\u2019budasi Anaitaga, Amudaryo xudosi va kemachilar homiysi Er Xubbiga va tabiat hodisalariga sig\u2019inish mavjud bo\u2019lganligini ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umuman olganda, qadimgi, qadimgi xorazmliklarning afsonalari, yozuvi va diniy qarashlari qal\u2019alardan topilgan san\u2019at va hunarmandchilik namunalari bu o\u2019lka xalqlarining ma\u2019naviy madaniyati, estetik didi va dunyoqarashi nihoyatda yuqori bo\u2019lganligini ko\u2019rsatadi. Beruniyning ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra va olimlarning tasdiqlashicha, eramizdan avvalgi III-II asrlarda Xorazmda Qo\u2019yqirilganqal\u2019a mustaqil astranomik kuzatish ishlari olib borilgan markaz va yulduz jadvali mavjud bo\u2019lgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ko\u2019plab qadimgi yozma manbalar Markaziy Osiyo hududidagi dastlabki madaniy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar eramizdan avvalgi 1 ming yillikning 1-yarmi oxirlaridayoq paydo bo\u2019lganligini ko\u2019rsatadi. Masalan, eramizdan avvalgi VI asrda eronlik Ahamoniylar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qadimgi-xorazmliklarning-madaniyati-sanati-va-diniy-qarashlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[101],"tags":[],"class_list":["post-137300","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-madaniyat","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/137300","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=137300"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/137300\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":137301,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/137300\/revisions\/137301"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=137300"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=137300"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=137300"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}