{"id":13765,"date":"2022-01-04T08:23:08","date_gmt":"2022-01-04T05:23:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13765"},"modified":"2022-01-04T08:23:09","modified_gmt":"2022-01-04T05:23:09","slug":"yoruglik-otkazgich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yoruglik-otkazgich\/","title":{"rendered":"YORUG&#8217;LIK O&#8217;TKAZGICH"},"content":{"rendered":"\n<p>YORUG&#8217;LIK O&#8217;TKAZGICH yorug&#8217;lik energiyasini ma&#8217;lum masofaga yo&#8217;naltirib uzatuvchi qurilma. Metall bilan qoplangan, yaxshi silliqlangan, ichki sirti yorug&#8217;lik nurini juda yaxshi qaytara oladigan tsilindr yoki konus shaklidagi naylardan iborat; ular, asosan spektrning ko&#8217;zga ko&#8217;rinadigan va infraqizil qismini o&#8217;tkazadi. Optik tola (diametri 0,3 millimetrdan kichik Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgich) deb ataluvchi shaffof dielektriklardan yasalgan, sirtiga metall krplangan tolalar ham Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgich sifatida ishlatiladi. Tola o&#8217;zagi doira, olti yoqli ko&#8217;p burchak va kesik konus shaklida, qoplamasi esa o&#8217;zakka kiydirilgan nay ko&#8217;rinishida bo&#8217;ladi. Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgichlarda nurlarning isrof bo&#8217;lmasdan tarqalishi yorug&#8217;likning to&#8217;la ichki qaytishi hodisasiga asoslangan. Yorug&#8217;lik energiyasining deyarli yutilmay, to&#8217;la qaytishi uchun Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgichlarning o&#8217;zagi nur sindirish ko&#8217;rsatkichi katta, qoplamasi esa nur sindirish ko&#8217;rsatkichi kichik bo&#8217;lgan moddalardan yasaladi. Nurlarning tolada batamom qaytib tarqalishi uchun tola uzunligi nur to&#8217;lqin uzunligidan bir necha baravar katta bo&#8217;lishi kerak. Shunga ko&#8217;ra, tola qanday nurga ishlatilishiga qarab, uning diametri har xil bo&#8217;ladi: ko&#8217;zga ko&#8217;rinadigan nurlar (h=0,38\u20140,77 mkm) uchun tola diametri bir necha mikrometr, infraqizil nurlar (A.=0,77\u2014 10 mkm) uchun bir necha o&#8217;n mikrometr, ultrabinafsha nurlar (A=0,38\u20140,2 mkm) uchun esa juda kichik bo&#8217;lishi kerak. Optik tolalar o&#8217;zaro parallel qilib zich yopishtiriladi. Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgichlar qattiq yoki egiluvchan, chilvirsimon, kogerent qilib yasaladi. Bunday Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgich (fiberskop) lardan tasvirlar, yorug&#8217;lik oqimi yoki boshqa ko&#8217;rinishdagi nurlarni egri chiziq bo&#8217;ylab uzatishda ishlatiladi. Fiberskoplardan periskop, endoskop, gastroskoplarda, atom reaktorlarning xavfli zonalarida, raketalarning soplosini kuzatish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Ko&#8217;p tolali qattiq Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgich uncha murakkab bo&#8217;lmagan tasvirlarni uzatishda, ingichka naychalarning ichki devorini, odamning qorin, quloq, tomoq va boshqa organlarini ko&#8217;rishda yoki quloq, ko&#8217;z, tomoq va yurak operatsiyalarini bajarishda ishlatiladi. Tolali Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgichning boshi va oxiridagi tolalarni aniq bir tartibda joylashtirib, tasvirning shaklini o&#8217;zgartirish, ya&#8217;ni kadrni bitta satrga, uzun shaklni kvadratga, to&#8217;g&#8217;ri satrni halqaga aylantirish mumkin. Bunday Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgich. yordamida tasvirni o&#8217;zgartiruvchi kinokamera bilan kinokadrlarni bitta satrga tushirsa bo&#8217;ladi. Optik tola diametri 10 mkm ga teng bo&#8217;lganda 1 metr uzunlikdagi kinolentaga 100000 ta tasvir tushirish mumkin. Tolali Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgichdan qilingan igna ob&#8217;yektivli mikroskop operatsiyasiz tashhis qo&#8217;yishda, o&#8217;smalarning tuzilishini aniqlashda ishlatiladi. Tolalari chalkashtirilgan Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgichlar yordamida shifrlangan (maxfiy) tasvirni pochta yoki televideniye orqali uzatish mumkin. Tasvir qabul qilingan joyda xuddi shunday Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgich yordamida aniq va o\u2019z holiga keltirib qabul qilinadi. Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgichlar texnikaning ko&#8217;p sohalarida, elektronoptika asbobsozligida keng ishlatiladi. Lampalardan foydalanish o&#8217;rinsiz bo&#8217;lgan joylar (masalan, porox zavodi tsexlari) odatda Yorug&#8217;lik o&#8217;tkazgichlar bilan jihozlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YORUG&#8217;LIK O&#8217;TKAZGICH yorug&#8217;lik energiyasini ma&#8217;lum masofaga yo&#8217;naltirib uzatuvchi qurilma. Metall bilan qoplangan, yaxshi silliqlangan, ichki sirti yorug&#8217;lik nurini juda yaxshi qaytara oladigan tsilindr yoki konus shaklidagi naylardan iborat; ular, asosan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yoruglik-otkazgich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13765","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13765","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13765"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13765\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13775,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13765\/revisions\/13775"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13765"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13765"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13765"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}