{"id":137700,"date":"2024-07-08T21:05:11","date_gmt":"2024-07-08T18:05:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=137700"},"modified":"2024-07-28T15:02:04","modified_gmt":"2024-07-28T12:02:04","slug":"qadimiy-samarqandni-suv-bilan-taminlash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qadimiy-samarqandni-suv-bilan-taminlash\/","title":{"rendered":"Qadimiy Samarqandni suv bilan ta\u2019minlash"},"content":{"rendered":"\n<p>Samarqand tarixida suv bilan ta\u2019minlash masalasi muhim ahamiyatga ega bo\u2019lgan. Bu muhim hayotiy masalani hal qilmay turib, Zarafshon daryosi so\u2019l qirg\u2019og\u2019idagi baland-pastliklarda joylashgan shaharning normal hayot kechirishi mumkin emasdi. Zarafshon vodiysi so\u2019l qirg\u2019og\u2019idagi tog\u2019 etagi tekisligi (Samarqand territoriyasi bilan birga) Samarqanddan 42 kilometr janubi-sharqda joylashgan Rabotxo\u2019jadan boshlanadigan Darg\u2019om irrigatsiya sistemasi orqali azaldan sug\u2019orib kelingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Darg\u2019om kanali qurilgan vaqtni aniqlash uchun arxeologlardan bir gruppasi 1967 yilda Darg\u2019om irrigatsiya sistemasining yuqori qismida tekshirish ishlari sistemasining yuqori qismida tekshirish ishlari olib borishdi. Samarqand vohasi chap qirg\u2019og\u2019i qismining eng asosiy suv yo\u2019li bo\u2019lgan bu kanal milodimiz bo\u2019sag\u2019asida, bundan qariyb ikki ming yil muqaddam qurilganligi aniqlandi. Demak, Darg\u2019om ilk Samarqanddan bir necha asr yosh ekan. Xo\u2019sh, unday bo\u2019lsa, Afrosiyobdagi qadimiy Samarqand suvni qayerdan olgan?<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharning eng qadimiy irrigatsiya sistemalari o\u2019tkazilgan vaqtda joyning geografik holati muhim ahamiyatga ega bo\u2019lgan. Samarqand vohasi ikki qismdan: vodiy va adirdan iborat. Vohaning vodiy qismi \u2013 allyuvial tekislik, ya\u2019ni Zarafshon daryosining qadimiy vodiysi, adir qismi esa prolyuvial tekislik bo\u2019lib, tog\u2019 etagidir. Samarqand Zarafshonning qadimiy (allyuvial) vodiysidan sal balandroq bo\u2019lgan shu daryo chap qirg\u2019og\u2019i tog\u2019 etgidagi prolyuvial tekislikda joylashgan Samarqand tekisligi sharqdan va janubi-sharqdan g\u2019arbga va shimoli-g\u2019arbga tomon, tog\u2019 etaklaridan Zarafshon vodiysiga qarab pasayib boradi. Samarqand tekisligi sathining o\u2019rtacha qiyaligi 0,004 dan oshmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zarafshon tizma tog\u2019i tarmoqlarining shimoliy yon bag\u2019irlaridan oqib tushgan soylar qadim zamonlarda juda ko\u2019p o\u2019zanlarni hosil qilgan. Bu o\u2019zanlar Samarqandning tog\u2019oldi chap qirg\u2019oq tekisligini kesib o\u2019tgan. Bu soylarning bahorgi sel oqimlari Samarqandgacha yetib kelib, Siyobga quyilgan bo\u2019lsa ehtimol. Siyobning chap qirg\u2019og\u2019ini Samarqand territoriyasida qadimiy o\u2019zanlar kesib o\u2019tib, chuqur va keng jarlar hosil qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimiy Samarqandning birinchi tadqiqotchilaridan bo\u2019lgan V.G.Grigoryevning fikricha, shaharning sug\u2019orish sistemasi tog\u2019lardan oqib tushadigan soylar bilan bog\u2019liq edi. Ammo Samarqandning tog\u2019 soylari soimo bir xilda oqmay, bahorda jo\u2019shqin oqimlarga aylangan, yozda esa qurib qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand territoriyasi 1-20 metr chuqurlikda joylashgan yer osti suvlari yuzaga yaqinlashadi. Vodiyning eng past uchastkalarida, ayniqsa yuqorida aytilgan soylarning chuqur o\u2019zanlarida yer osti suvlati ancha ko\u2019p bo\u2019lib ular buloqlar hosil qilgan. Shubhasiz, buloqlar Samarqanddagi eng qadimiy insonlar uchun asosiy suv manbai bo\u2019lib xizmat etgan. Samarqanddagi Komsomol ko\u2019li territoriyasida topilgan va Chashman Siyob arig\u2019ining o\u2019ng sohilida joylashgan buloqlardan suv oladigan yuqori paleolit makoni ana shundan yorqin dalolat berib turibdi. Bo\u2019lajak shahar territoriyasi atrofidagi juda ko\u2019p buloqlar Samarqandning eng qadimiy quruvchilari diqqat-e\u2019tiborini o\u2019ziga jalb qilmay qolmas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar territoriyasida hozirgi kunda ancha-muncha suv chiqadigan buloqlar bor. Ular Afrosiyobning Siyob sohilidagi Xo\u2019ja Doniyor qabri yaqinida; shahar xarobaasining shimoli-sharqiy burchagida Obimashgad arig\u2019ining chap qirg\u2019og\u2019ida (undan sekundiga 0,001 kubometr suv chiqadi) shaharning Xo\u2019ja Ahror darvozasi yonidagi limonad zavodi yaqinida; Komsomol ko\u2019li yaqinida va boshqa joylarda uchraydi. Bu buloqlar shu yerdagi qadimiy qishloqlarni emas, balki ular zaminida vujudga kelgan va ko\u2019p ming aholiga ega bo\u2019lgan qadimiy Samarqandni ham suv bilan ta\u2019minlashi mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Soylarning chuqur o\u2019zanlarida vujudga kelgan juda qadim zamonlardagi buloq suvlari hozirgi Samarqand territoriyasini meridian bo\u2019yicha bir necha joylarda esa changalzor va qamishzor bilan qoplangan kichik ko\u2019lmak va botqoqliklar vujudga keltirgan. Buloqlarning suvi Siyob va u orqali Zarafshonga oqib tushgan Obimashhad (Obimashad), Novadon, Chashman Siyob yoki Siyobcha va boshqalar buloq suvlari oqadigan tabiiy ariqchalar hisoblangan. Buni tarixiy manbalarda keltirilgan ma\u2019lumotlar ham tasdiqlaydi: \u201cObimashhad bulog\u2019i \u2013 deb yozadi Abu Tohirxoja, &#8211; shahardan ikki mil (5 chaqirimcha) uzoqlikdan, janubi-sharqiy tomondan chiqib, shahar devori va Afrosiyob qo\u2019rg\u2019oni tagidan o\u2019tib, Siyoh obga quyuladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ehrimol, dastlab Afrosiyob territoriyasidagi aholini suv bilan ta\u2019minlagan Samarqandning eng qadimiy irrigatsiya sistemasi buloq suvlari hisobiga o\u2019tkazilgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Novadon Samarqanddagi suvga serob ariqlardan biri bo\u2019lgan. 1926 yilgi gidrologiya ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, undan sekundiga 0,072 kubometr yoki 72 litrga yaqin suv oqqan. Bu esa sutkasiga 6 million litr suvni tashkil etadi. Bunday miqdordagi suv qadimiy Afrosiyob shahrininggina emas, balki Temur va temuriylar davrida aholi eng zich joylashgan Samarqand shahri aholisining ham hayotiy ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo\u2019lgn. Abu Tohirxojaning Samariya kitobida yozishicha, \u201cNovadon bulog\u2019i shahar toshidan, janub tomondan chiqib, Xo\u2019ja Ahror darvozasi atalgan shahar darvozasi yonidan oqib, shahar o\u2019rtasidan o\u2019tib, Siyoh ob arig\u2019iga quyuladi. Ba\u2019zilar Samar qozdirgan buloq ushbudir, deydilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Novadon va buloqdan bosh olgan boshqa Obimashhad qadim zamonlarda hozirgi o\u2019zanidan ancha yuqorida joylashgan bo\u2019lib, keyinchalik chuqurlashib ketgan. Samarqand territoriyasining eng qadimiy yuzasi hozirgiga nisbatan pastroq bo\u2019lgan va shahardagi jo\u2019shqin hayot natijasida madaniy qatlamning to\u2019plana borishi hisobiga asta-sekin ko\u2019tarilgan. Shu sababli ham qadimiy Samarqand miroblari buloqlardan hosil bo\u2019lgan soylarning suvini Afrosiyob territoriyasiga olib kelishga muvaffaq bo\u2019lganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand vodiysining prolyuvial qismida asosiy suv manbai hisoblangan buloq suvlari Afrosiyobda eng qadimiy shaharning bunyod etilish tarixida muhim rol o\u2019ynadi. Samarqandliklarning Siyob va Obimashhad suvini \u201cObi hayot\u201d deb izzatlaganliklari ham shundan dalolat berib turibdi. Ana shu suvlarning sohillarida qadim zamonlardan beri ilk bahorda yangi yil \u2013 Navro\u2019z bayrami arafasida \u201cqozon to\u2019ldi\u201d, \u201cboy bo\u2019ldi\u201d, \u201cgunoh to\u2019kildi\u201d kabi musulmon dinigacha mavjud bo\u2019lgan mahalliy marosim va rasm-rusmlar bilan birga xalq sayillari, tantanalari o\u2019tkazilardi. Afrosiyobga janub tomondan uch magistral kanal \u2013 markaziy, g\u2019arbiy va sharqiy kanallar orqali suv keltirilgan. Markaziy kanallar suv boshida shimoli-sharqqa qarab, so\u2019ngra Shayx Basir mozori yaqinida shimolga \u2013 shimoli-sharqqa burilib, keyin arkka qarab oqqan. Kanalning qoldiqlari hozirgi vaqtgacha ham yetib kelgan: uning izlarini Afrosiyob territoriyasida qariyb 1,5 kilometr uzunlikda ko\u2019rish mumkin. V.L.Vyatkinning yozishicha, shaharga kiraverishda markaziy kanaldan chap-g\u2019arbiy tarmoq ajralib chiqqan. U Hazrati Xizr machitidan boshlab qadimiy shaharning shimoliga \u2013 Buxoro darvozasi tomon oqqan. Shayx Basir mozori yaqinida markaziy o\u2019zanning o\u2019ng tomonidan shimoli-sharqqa qarab sharqiy kanal bosh olgan. Hazrati Xizr machiti yonida markaziy o\u2019zandan sharq tomon ajralib chiqqan shoxobchalaridan biri Afrosiyobning janubiy qismini sug\u2019organ. Bu shoxobcha izlari Shohizinda ansamblining g\u2019arbiy tomonida yaxshi saqlanib qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1959-1965 yillarda Afrosiyobdagi qadimiy irrigatsiya sistemasi o\u2019zanlarinign qurib qolgan bir necha punktlarida o\u2019tkazilgan arxeologik qazishmalar vaqtida shahar kanali asosiy o\u2019zanlarning kattaligigina emas, balki ularning qazilgan va suv oqqan vaqtlari ham aniqlandi. Markaziy o\u2019zanning ikki va janubiy yon o\u2019zanning uch punktida qazilgan shurf va kesmalar ayniqsa qimmatli ma\u2019lumotlar berdi. Har ikki uchastkada madaniy irrigatsiya cho\u2019kindilarining ayrim qatlamlari bo\u2019lgan bir necha o\u2019zan izlari aniqlandi. Pastki qatlamlar antik davr, yuqori qatlamlar esa o\u2019rta asrga oid o\u2019zanga taalluqlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimiy o\u2019zan materik tuproqda bo\u2019lib, keng va sayoz (kengligi 6 metrdan ziyod, chuqurligi 70-80 santimetr) bo\u2019lgan. Afrosiyobning shahar kanali o\u2019zanining ko\u2019ndalang kesmasi, antik davrlardagi kanallarga o\u2019xshash bo\u2019lib, bunday kanallar ayniqsa, Xorazmdagi qadimiy dehqonchilik rayonlarida yaxshi o\u2019rganilgan. Arxeologik qazishmalar madaniy-irrigatsiya cho\u2019kindilari tufayli kanalning dastlabki o\u2019zani ustida vujudga kelgan shahar kanali antik, shuningdek, o\u2019rta asr davrida ham turli bosqichlarga ega bo\u2019lganligini ko\u2019rsatib turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyob territoriyasida shahar kanalining uch asosiy o\u2019zanidan ancha ariqlar chiqarilib, ularning suvlari katta hovuzlarga oqqan. Bu hovuzlarning qoldiqlari Afrosiyobning shimoliy, shimoli-g\u2019arbiy va janubiy qismlaridan topildi. Bu qadimiy hovuzlar Afrosiyobni suv bilan ta\u2019minlashda, ayniqsa dushman shaharni qamal qilib, uni oqar suvdan mahrum etgan kezlarda g\u2019oyat muhim rol o\u2019ynaganligi shubhasizdir. Kanaldan suv urib ketganda yoki to\u2019g\u2019ron buzilganda, shahar mudofaadagilari suvdan mahrum etilgan taqdirda Afrosiyob territoriyasida va unga tutash joylarda Doniyor mozori yaqinidagi buloq va Siyob tashqari ishonchli suv manbai yo\u2019q edi. Shu sababli Afrosiyobda qadimiy hovuzlar juda zarur bo\u2019lib, shahar mudofaasi uchun muhim ahamiyatga ega edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kanal o\u2019zanining pastki qatlamlarida qazib olingan eng qadimiy sopol materiallar miloddan avvalgi birinchi va milodiy I-II asrlarga to\u2019g\u2019ri keladi. Buni madaniy-irrigatsiya qatlamlari, odatda, kanaldan foydalana boshlagan davrdan paydo bo\u2019la boshlaganligi kanal bo\u2019sh yotgan, ya\u2019ni shaharni suv bilan ta\u2019minlaydigan butun Sistema biron sababga ko\u2019ra qarovsiz qolgan va muntazam remont qilinmagan chog\u2019da ko\u2019payganligi bilan izohlash mumkin. Afrosiyobdagi eng qadimgi irrigatsiya sistemasi uning o\u2019zanida madaniy-irrigatsiya qatlamlari vujudga kelishidan ancha ilgari mavjud bo\u2019lganligi va ishlab turganligi tabiiydir. Bu Sistema Samaqand barpo etilgan davrda, ya\u2019ni Afrosiyob shahari hayotining birinchi bosqichida qurilgan bo\u2019lishi mumkin. Biroq Novadon va Obimashhad suvlari Afrosiyob shahri atrofidagi katta maydonlarni o\u2019zlashtirish uchun yetarli emas edi. Shu boisdan o\u2019sha davrda Samarqand atrofidagi ko\u2019pgina joylarni sug\u2019orish mumkin bo\u2019lmagan. Asosiy ekin maydonlari esa Zarafshon chap qirg\u2019og\u2019ining allyuvial tekisligida, ya\u2019ni Siyob vodiysida joylashgan bo\u2019lib, ular asosan juda ko\u2019plab buloqlardan hosil bo\u2019lgan Siyob suvi bilan sug\u2019orilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Milod boshida qadimiy Samaqandni suv bilan ta\u2019minlashda yangi davr boshlandi. O\u2019rta Osiyoda quldorlik tuzumi ravnaq topgan Kushan imperiyasi hukmronligi vaqtida butun mamlakatda katta irrigatsiya qurilish ishlari amalga oshirildi. So\u2019g\u2019d markazida Zarafshon chap qirg\u2019og\u2019i tog\u2019oldi tekisligini o\u2019zlashtirish maqsadida Zarafshon daryosidan suv oladigan Darg\u2019om kanali qazildi. Ana shu kanal orqali Samaqand atrofining prolyuvial qismi to\u2019la sug\u2019orildi va ekinzorga aylantirildi. Obimashhad va Novadon buloqlaridan suv olgan shahar kanali qadimiy Samarqandni Darg\u2019om bilan bog\u2019lagan (Keyinchalik xuddi shu kanalning o\u2019zi Jakarzida yoki Chokardiza deb atalgan bo\u2019lsa kerak). Bu kanal faqat Samarqandni emas, baki uning atrofidagi joylarni ham suv bilan ta\u2019minlash problemasini hal etdi. Uning Afrosiyob xarobalarida, ayniqsa markaziy o\u2019zan kesmalarida aniq izlari qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Milod boshida Darg\u2019om kanalining qurilishi va shaharning ana shu kanal orqali suv bilan ta\u2019minlanishi orqali Afrosiyobdagi eng qadimgi irrigatsiya sistemasi ham tiklanadi. Qadimiy o\u2019zan eni jihatidan (6 metr) deyarli o\u2019zgarmay qolgan, lekin u ancha chuqurlashgan (1 metrgacha), ya\u2019ni suvi ko\u2019paygan. IV asrning oxiri va V asrning boshlarida kanal o\u2019zanini loyqa bosadi. Bu davrga kelib, uni tubi va qirg\u2019oqlari yana 40 santimetr ko\u2019tariladi. Kanal juda sayozlashib, uning tubi dastlabkisiga nisbatan 1 metr yuqori bo\u2019lib qoladi. Shunday qilib, dastlabki kichik buloqlardan suv olgan, so\u2019ngra esa Darg\u2019om irrigatsiya sistemasiga birlashtirilib, Samarqandni suv bilan ta\u2019minlagan eng qadimiy irrigatsiya sistemasi antik davrda uch bosqichni kechirgan. Bu bosqichlar Afrosiyobdan o\u2019tgan kanalning dastlabki o\u2019zanida vujudga kelgan irrigatsiya qatlamlarida yaxshi ko\u2019zga tashlanadi. Samarqandning qadimgi irrigatorlari har bir qarich yerning tabiiy xususiyatini yaxshi bilgan va hisobga olgan holda Afrosiyob territoriyasining murakkab relyefi sharoitida kanalni juda mohirlik bilan qurganlar. Bu \u2013 butun tarix davomida, ya\u2019ni Samarqand shahri vujudga kelgan paytdan boshlab (miloddan oldingi V asr), Chingizxon tomonidan uni vayron qilingan davrga qadar Afrosiyobdagi asosiy suv yo\u2019llarining o\u2019zgarmaganligi bilan ham tasdiqlanadi. O\u2019z holiga tashlab qo\u2019yilgan o\u2019zan ba\u2019zan tiklangan yoki arxeologik qazishmalar ko\u2019rsatganidek, yangitdan qurilgan kanal Afrosiyobning antik davrdagi kanali o\u2019zani bo\u2019yicha o\u2019tgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Samarqand tarixida suv bilan ta\u2019minlash masalasi muhim ahamiyatga ega bo\u2019lgan. Bu muhim hayotiy masalani hal qilmay turib, Zarafshon daryosi so\u2019l qirg\u2019og\u2019idagi baland-pastliklarda joylashgan shaharning normal hayot kechirishi mumkin emasdi. Zarafshon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qadimiy-samarqandni-suv-bilan-taminlash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-137700","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/137700","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=137700"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/137700\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138289,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/137700\/revisions\/138289"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=137700"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=137700"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=137700"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}