{"id":137758,"date":"2024-07-11T07:10:42","date_gmt":"2024-07-11T04:10:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=137758"},"modified":"2024-07-11T07:10:44","modified_gmt":"2024-07-11T04:10:44","slug":"kitob-mutolaasini-odatga-aylantirish-33-foydali-maslahat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kitob-mutolaasini-odatga-aylantirish-33-foydali-maslahat\/","title":{"rendered":"Kitob mutolaasini odatga aylantirish: 33 foydali maslahat"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>15 milliondan ko\u2018p nusxada sotilgan va 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan&nbsp;<em>\u00abAtom odatlar\u00bb&nbsp;<\/em>bestselleri muallifi Jeyms Klirdan kitob mutolaasi odatini shakllantirishga doir 33 ta foydali maslahat bergan. Quyida shu haqda bilib oling va, albatta, amal qiling.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>1)<\/strong>&nbsp;Kunni 20 sahifa o\u2018qish bilan boshlang.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>2)<\/strong>&nbsp;Men, odatda, uyg\u2018onib bir stakan suv ichaman, so\u2018ngra hayotda o\u2018zim minnatdor bo\u2018lgan 3 ta omilni yozaman va 20 bet kitob o\u2018qiyman.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>3)<\/strong>&nbsp;20 sahifa aslida ko\u2018p emas va bunday hajm qo\u2018rqinchli tuyulmaydi. Aksariyat odamlar 20 sahifani 30 daqiqa ichida o\u2018qib tugatishadi. Siz ham buni ertalab turgach birinchi navbatda qilsangiz, kun davomidagi shoshilinch yumushlar kitob o\u2018qishga to\u2018sqinlik qilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>4)<\/strong>&nbsp;Har kuni o\u2018qish uchun aniq bir vaqtni tanlang. Buni ertalab amalga oshirishni maslahat beraman, lekin eng muhimi har kuni bitta vaqtda o\u2018qishdir.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>5)<\/strong>&nbsp;Sahifalar soni bo\u2018yicha mo\u2018ljalni belgilab oling. Deylik, xuddi men kabi 20 sahifa o\u2018qishni maqsad qilishingiz yoki o\u2018zingizga boshqa raqam belgilashingiz mumkin. Mo\u2018ljallangan sahifalar soni sizga ko\u2018p emasdek tuyulishiga ishonch hosil qiling, ya\u2019ni u o\u2018zingizga yo\u2018q deya olmaydigan darajada oson bo\u2018lib ko\u2018rinsin. Shu bilan birga, muvaffaqiyatga erishayotganingizni his qilishingiz uchun yetarlicha darajada muhim bo\u2018lsin.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>6)<\/strong>&nbsp;Ertaga o\u2018qish uchun kitobni bugun tayyorlab qo\u2018ying. Agar ertaga qoldirsangiz, o\u2018qish vaqtingiz kelganda kitobingiz bo\u2018lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>7)<\/strong>&nbsp;O\u2018qish uchun maxsus joy belgilab oling. Har kuni bir joyda o\u2018qish bu odatni mustahkamlashga yordam beradi. Uyingizda, o\u2018qish yoki ish joyingizda sizni chalg\u2018itadigan narsalardan uzoqroq bo\u2018lgan qulay joy toping.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>8)<\/strong>&nbsp;Eslatma o\u2018rnating. Taqvim ilovasidan foydalaning yoki qog\u2018oz shaklida ko\u2018rinadigan joyga eslatmani ilib qo\u2018ying. Atrofingizga o\u2018qishni yodga solib turadigan belgilar qo\u2018yib chiqing.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>9)&nbsp;<\/strong>O\u2018qishni niyat qilganingiz haqida kimgadir ayting. Odat shakllanishi yoki o\u2018zgarishi yolg\u2018izlikda kamdan-kam sodir bo\u2018ladi. Rejangizni boshqalar bilan bo\u2018lishganingizda u miyangizda haqiqiy shaklga ega bo\u2018ladi. Har kuni mana shu vaqtda buncha sahifa o\u2018qishni rejalashtirganingiz haqida uch kishiga biror yo\u2018l bilan ayting.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>10)<\/strong>&nbsp;Oldingizga qo\u2018ygan maqsadingizga aloqador kitoblar o\u2018qisangiz, mutolaa jarayoni hech qachon zerikarli bo\u2018lib ko\u2018rinmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>11)<\/strong>&nbsp;O\u2018qishni biladigan odamga mutolaa odatini shakllantirish qiyin emas. Shunchaki vaqt ajratish kerak, xolos. Albatta, buni aytish oson tuyulishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>12)<\/strong>&nbsp;Muhimi, shunchaki ko\u2018proq kitob o\u2018qish emas, balki o\u2018qigan har bir kitobingizdan ko\u2018proq manfaat olishga intilishdir.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>13)<\/strong>&nbsp;Manzur bo\u2018lmagan kitobni tez va aybdorlik hissisiz tark etishni o\u2018rganing.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>14)<\/strong>&nbsp;Hayot o\u2018rtacha kitoblarga sarflash uchun o\u2018ta qisqa. Imkoniyatning narxi esa juda yuqori. Mutolaa uchun yana juda ko\u2018plab ajoyib kitoblar mavjud.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>15)<\/strong>&nbsp;Stripe asoschisi Patrik Kollison \u00abAyni damda o\u2018zingizga ma\u2019lum eng yaxshi kitobni o\u2018qimaslik uchun hayot juda qisqa\u00bb degan so\u2018zlarni bilib aytgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>16)<\/strong>&nbsp;Sahifalaridagi bilimlarni zudlik qo\u2018llash imkoniyati bo\u2018lgan kitoblarni tanlash o\u2018qilgan materialni yaxshilab tushunishga yordam beradi. O\u2018qigan g\u2018oyalaringizni hayotga tatbiq etish yo\u2018llarini miyangizda tasavvur etish ularni ongingizda saqlashning eng yaxshi usullaridan biridir.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>17)<\/strong>&nbsp;Diqqatni jamlash va o\u2018qigan materialni eslab qolishga motivatsiya beradigan kitoblarni tanlang. Masalan, biznes boshlayotgan bo\u2018lsangiz, biznesga doir kitoblardan iloji boricha ko\u2018proq bilim olish motivatsiyasiga ega bo\u2018lasiz.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>18)<\/strong>&nbsp;O\u2018qiganlaringizni yozib oling. Buni istagan usulda qilishingiz mumkin, ya\u2019ni katta va murakkab tizim bo\u2018lishi shart emas. Muhim fikrlar va parchalarni ta\u2019kidlash uchun yozib olsangiz kifoya.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>19)<\/strong>&nbsp;Men yozib olish usulini kitobni qaysi formatdan o\u2018qiyotganimga qarab tanlayman. Kindleda o\u2018qiyotganda parchalarni ajratib saqlab qo\u2018yaman. Audiokitoblarni tinglaganimda qiziqarli iqtiboslarni yozib olaman. Bosma shaklda o\u2018qiyotganimda sahifalarga belgi qo\u2018yaman.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>20)<\/strong>&nbsp;Saqlab qo\u2018ygan qayd, parcha va eslatmalaringizni oson qidiriladigan formatda saqlang. Men qaydlarimni&nbsp;<em>Evernote<\/em>da saqlayman, chunki: 1) unda qaydlarni qidirish oson; 2) uni bir nechta qurilmalarda (telefon, Kindl, va boshqalarda) ishlatish qulay; 3) hatto internetga ulanmaganingizda ham qaydlarni yaratishingiz va saqlashingiz mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>21)<\/strong>&nbsp;Audiokitoblarni 1,25x tezlik tinglayman, biror narsani yozib olmoqchi bo\u2018lganimda audiokitobni to\u2018xtataman. Tezroq tinglashim eslatma olishga sarflaydigan vaqtimni muvozanatlaydi, shuning uchun har bir kitobni tinglashga bir xil vaqt sarflayman.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>22)<\/strong>&nbsp;Do\u2018stlarim va o\u2018quvchilarim audiokitoblarni 2x yoki 3x kabi aql bovar qilmaydigan tezlikda tinglashni maslahat berishadi. Balki miyam sekinroq ishlar, lekin bu men uchun juda tez. Qolaversa, kitoblarni bunday tezlikda shoshilib o\u2018qish noto\u2018g\u2018ri yondashuvdan dalolat beradi, maqsad kitob nima haqida ekanligini chuqur tushunishdan emas, ro\u2018yxatdagi kitoblarni \u00abo\u2018qidim\u00bb deya belgilab chiqishga o\u2018xshaydi. Maromida tinglab tushunganim afzalroq.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>23)<\/strong>&nbsp;O\u2018qiyotgan kitobim va o\u2018rganayotgan saboqlarimni miyamdagi allaqachon mavjud g\u2018oyalar bilan bog\u2018lashga harakat qilaman.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>24)<\/strong>&nbsp;Mutolaa jarayonida boshqa mavzuni eslatuvchi yoki g\u2018oyani uyg\u2018otadigan biror narsani o\u2018qisangiz, bu fikrning shunchaki kelib-ketishiga yo\u2018l qo\u2018ymang, o\u2018rgangan narsalaringiz va uning boshqa g\u2018oyalar bilan qanday bog\u2018lanishi haqida yozib qo\u2018ying.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>25)<\/strong>&nbsp;Kitobni tugatgandan so\u2018ng, men butun matnni uchtagina jumlada umumlashtirishga intilaman. Bu cheklov, albatta, shunchaki ermak, lekin bu menga kitobda aynan nima muhimligini eslab qolishga majbur qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>26)<\/strong>&nbsp;Xuddi shu mavzudagi turli xil boshqa kitoblarni o\u2018qing. Bitta muammoga turli mualliflarning nigohi orqali nazar tashlang.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>27)<\/strong>&nbsp;Zo\u2018r kitoblarni ikki marta o\u2018qing. Faylasuf Karl Popper aytganidek: \u00abO\u2018qishga arzigulik kitob uni nafaqat ikki marta o\u2018qishga, balki qayta-qayta o\u2018qishga ham arziydi\u00bb.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>28)<\/strong>&nbsp;Agar kitob arzigulik bo\u2018lsa, unda siz qayta o\u2018qish jarayonida doimo yangi kashfiyotlar qilishingiz va avval sezmagan narsalarni topishingiz mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>29)<\/strong>&nbsp;Yaxshi kitoblarni qayta ko\u2018rib chiqish foydali, chunki siz duch keladigan muammolar vaqt o\u2018tishi bilan o\u2018zgaradi. Kitobni qayta o\u2018qiganingizda, ehtimol, nafaqat birinchi mutolaada o\u2018tkazib yuborgan narsalarni bilib olasiz, balki yangi parchalar va g\u2018oyalarni ham kashf etasiz. Hayotingizning qaysi nuqtasida ekanligingizga qarab, turli xil jumlalar sizga yanada jozibali tuyulishi tabiiy.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>30)<\/strong>&nbsp;Birgina kitob hayotingizni o\u2018zgartirish ehtimoli katta emas. Balki u bir lahzagagina miyangizda chiroq kabi g\u2018oyalarni yoqar, lekin asosiysi, har kuni oz bo\u2018lsa-da nimadir o\u2018rganish maqsadini qo\u2018yishdir.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>31)<\/strong>&nbsp;Garchi har bir mutolaadan yangi narsa o\u2018rganmasangiz ham, yaxshi kitoblar ularni qayta o\u2018qib chiqishga munosib, chunki g\u2018oya va fikrlarni eslab qolish uchun ularni takrorlash kerak.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>32)<\/strong>&nbsp;Agar siz kitob o\u2018qish orqali ko\u2018p narsalarni o\u2018rganishingiz mumkin, deb hisoblasangiz, kitob yozishga ham harakat qilib ko\u2018ring.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>33)<\/strong>&nbsp;Ko\u2018proq yangi kitoblar o\u2018qishni boshlang. Yoqmaganlaridan voz keching. Yaxshilarini qayta o\u2018qing.<\/p>\n\n\n\n<p><strong><em>Madina Musayeva kanalidan olindi.<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/xabar.uz\/uz\/post\/kitob-mutolaasini-odatga-aylantirish?category=maslahat\">xabar.uz<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>15 milliondan ko\u2018p nusxada sotilgan va 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan&nbsp;\u00abAtom odatlar\u00bb&nbsp;bestselleri muallifi Jeyms Klirdan kitob mutolaasi odatini shakllantirishga doir 33 ta foydali maslahat bergan. Quyida shu haqda bilib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kitob-mutolaasini-odatga-aylantirish-33-foydali-maslahat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":137759,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-137758","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-maslahatlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/137758","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=137758"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/137758\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":137760,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/137758\/revisions\/137760"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/137759"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=137758"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=137758"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=137758"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}