{"id":138286,"date":"2024-07-28T14:36:37","date_gmt":"2024-07-28T11:36:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=138286"},"modified":"2024-07-28T14:36:42","modified_gmt":"2024-07-28T11:36:42","slug":"samarqandda-sarbadorlar-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqandda-sarbadorlar-qozgoloni\/","title":{"rendered":"Samarqandda Sarbadorlar qo\u2019zg\u2019oloni"},"content":{"rendered":"\n<p>Sarbadorlar qo\u2019zg\u2019oloni ijtimoiy harakat sifatida XIV asrning yarmida Xurosonda paydo bo\u2019lib, mo\u2019g\u2019ullarning bosqinchilik siyosatiga va ularning tartiblariga qarshi qaratilgan edi. Bu siyosat va tartiblar mehnatkashlar \u2013 dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlar, ziyolilar vakili va hatto o\u2019rta hol dehqonlar zimmasiga juda og\u2019ir majburiyatlar yuklar edi. Aholining xuddi ana shu qatlamlarida sarbadorlik harakati keng yoyila boshladi. Dehqonlar va hunarmandlarga qullarning katta qismi ham qo\u2019shildi. Bu qulla o\u2019tmishda demokratik xarakterga ega bo\u2019lgan harakatni qo\u2019llab-quvvatlar edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Harakat qatnashchilarining nomi (\u201csarbadorlar\u201d-dorga osiluvchi kishilar, demakdir) ham qiziqarlidir. Bu nomni ularning o\u2019zlari tanlagan. Agar muvaffaqiyat qozonsak, xalqni mo\u2019g\u2019ullar va ular amaldorlarining jabr-zulmidan ozod qilamiz, mabodo mag\u2019lubiyatga uchrasak, dor tagiga borishga tayyormiz, chunki zulmga ortiq toqat qilish mumkin emas deyishdi, ular.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, sarbadorlar harakati mo\u2019g\u2019ullarning ekpluatatorlik hokimiyatiga qarshi qaratilgan edi. Mo\u2019g\u2019ullar hokimiyati shunday suiiste\u2019molchilik sistemasini vujudga keltirgan ediki, bunday Sistema sharoitida mamlakatning rivojlanishi u yoqda tursin, xalq ommasi ochlik va zulmga mahkum etilgan edi, sarbadorlar esa buni ko\u2019rdilar va bildilar. Shu bilan birga sarbadorlar shu narsani ham yaxshi tushunardiki, mo\u2019g\u2019ullar sulolasi asosan ko\u2019chmanchilardan iborat bo\u2019lgan o\u2019z harbiy kuchlagigagina emas, balki mahalliy hukmron feodal sinfining yuqori tabaqalari \u2013 yirik yer egalari, musulmon ruhoniylarining oliy martabali vakillari va badavlat savdogarlarga ham tayanar edi. Feodallarning bu yuqori tabaqalari mo\u2019g\u2019ullarni qo\u2019llab-quvvatlabgina qolmay, balki o\u2019zlari ham ma\u2019muriy apparat yordamida xalqni ayovsiz ekpluatatsiya qilishda faol qatnashar edi. Shuning uchun ham sarbadorlarning maqsadi mo\u2019g\u2019ullarni haydab yuborishgina emas, balki feodal yuqori tabaqalarni siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaiflashtirishdan ham iborat edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sarbadorlar Xurosonda mustaqil davlat tuzishga muvaffaq bo\u2019ldilar. Markazi Sabzavor bo\u2019lgan bu davlat 1337 yildan 1381 yilgacha yashadi. Ana shu davlatni vujudga keltirishda sarbador Xo\u2019ja Yahyo katta rol o\u2019ynadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sarbadorlarning tashqi siyosati manbalarda kam yoritilgan va ularning qanday ichki islohotlar o\u2019tkazganliklarini biz yaxshi bilmaymiz. Sarbadorlar davlatining o\u2019z tangasi, qo\u2019shini bo\u2019lgan. Ular qattiq tartiblar o\u2019rnatgan. Aholidan olinadigan soliqlar kamaytirilgan, masalan, musulmon dini nuqtai nazaridan qonunga xilof bo\u2019lgan juzya bekor qilingan. Mo\u2019g\u2019ul noiblari hamma joyda aholidan ana shu soliqni olishar edi. Sarbadorlar davlatining ijobiy xususiyati shu ediki, u o\u2019zining hukmron sulolasini vujudga keltirmadi. Sarbadorlar biror hokim vafot etganidan keyin, garchi ancha-muncha kurashlar bilan bo\u2019lsa ham, o\u2019zlari kimni eng yaxshi deb hisoblashsa, o\u2019sha kishini yangi hokim qilib tayinlashardi. Qullarga nisbatan ancha yumshoq munosabatda bo\u2019lishni ham sarbadorlar davlatining o\u2019ziga xos xususiyati deb hisoblash mumkin, lekin bunda ularni ozod qilish to\u2019g\u2019risida gap bo\u2019lishi mumkin emas. Ular qullarni qo\u2019shinlarga bajonu dil qabul qilishar va hatto ularning qo\u2019mondonlik vazifalariga ko\u2019tarilishiga ham yo\u2019l qo\u2019yar edi, bu shaxsiy ozodlikni bildirgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq sarbadorlik harakati sinfiy qarama-qarshiliklardan ham xoli emas edi; bu harakatda so\u2019l va o\u2019ng guruhlar bor edi. Shayxlar boshchilik qilgan murosasozlik oqimi tarafdorlari sarbadorlar davlati uchun ko\u2019p qiyinchiliklar tug\u2019dirar edi. Ular orasida shayx Hasan eng nufuzli kishi edi. Ichki kurash sarbadorlar harakatini zaiflashtirib yubordi va buning oqibatida ularning davlat territoriyasi tobora kamayib bordi. XV asrda yashagan rasmiy istiograflar Nizomiddin Shomiy bilan Sharafuddin Ali Yazdiy feodal zodagonlarining fikrini ifoda etib, Samarqandda sarbadorlarning \u201czo\u2019ravonlik qilganliklari\u201d to\u2019g\u2019risida gapirib o\u2019tadilar. Bu hol zodagonlar manfaatlarini kamsitish ma\u2019nosida tushunilsa kerak. Samarqandlik sarbadorlar musulmonlardan qonunga xilof ravishda olingan juz\u2019yani bekor qilgan bo\u2019lsa ehtimol.<\/p>\n\n\n\n<p>XIV asrning o\u2019rtalarida va ikkinchi yarmida sarbadorlik Movarounnahrdagi keng progressiv doiralar dehqonlar, hunarmandlar, ziyolilar va ayniqsa, yoshlar o\u2019rtasida katta hurmatga sazovor edi. Samarqandning o\u2019zida ham ko\u2019pgina sarbadorlik elementlari bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq Temur bilan Husaynning mag\u2019lubiyatga uchrashi bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan voqealarga qaytaylik.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammadiy xonlaridan Tug\u2019luq Temurning Movarounnahrdan quvg\u2019in qilingan o\u2019g\u2019li Ilyosxo\u2019ja otasi ag\u2019darib tashlanganidan keyin 1365 yilda kata qo\u2019shin bilan Movarounnahrga qarab yurish boshladi. Ilyosxo\u2019ja mo\u2019g\u2019ullarining yaqinlashib kelayotganligi to\u2019g\u2019risidagi xabar Samarqand aholisini qattiq tashvishga soldi. Sarbadorlar xalqni mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlariga qarshilik ko\u2019rsatishga da\u2019vat etdi. Samarqandlik sarbadorlar orasida Samarqand madrasasining talabasi Mavlonzoda, Nizomiddin Shomiyning so\u2019zlariga qaraganda, sobiq paxta tituvchi, boshq manbalarga qaraganda, paxta tozalovchilar mahallasining oqsoqoli Abubakr Qalaviy va \u201cyoy otuvchi mergan\u201d Xurdaki Buxoriylar bunda o\u2019zlarini ko\u2019rsatishdi. Shahar zodagonlari va oddiy xalqdan 10 mingga yaqini Jome masjidiga to\u2019planganida beliga shamshir taqqan Mavlonzoda ularga murojaat qilib, otashin nutq so\u2019zladi. U aytdiki, boj va xirojdan tashqari aholidan qonung xilof ravishda jon solig\u2019i olgan hokim xatarli daqiqalarda shahar aholisini o\u2019z holiga tashlab qo\u2019ygan va juda ko\u2019p haq to\u2019lash hisobiga ham ularni qutqazib qola olmaydi, najot yo\u2019li faqat qarshilik ko\u2019rsatishda, kurashdadir. Mavlonzod nutqini tamomlay turib, xalqqa quyidagi savol bilan murojaat qildi: islomni himoya qilishni va islom dini uchun zodagonlar hamda oddiy fuqaro oldida javobgar bo\u2019lishni o\u2019z zimmasiga oladi? Zodagonlar jim turishdi. Ana shunda Mavlonzoda savol bilan oddiy xalqqa murojaat qildi: agar men ana shu javobgarlikni o\u2019z zimmamga olsam, meni xalq qo\u2019llab-quvvatlaydimi? Oddiy xalq o\u2019zini Mavlonozodaning ixtiyoriga to\u2019la ravishda topshirishga va\u2019da berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalqning roziligini olgach, sarbadorlar samarqandlik hunarmandlar o\u2019rtasida katta aloqalari bo\u2019lgan Mavlonozoda va Abubakr Qalaviy boshchiligida jonajon shaharni mudofaa qilishga zo\u2019r g\u2019ayrat bilan tayyorgarlik ko\u2019ra boshladilar. Bu juda og\u2019ir vazifa edi: Samarqandda devorlar yo\u2019q edi va Chingizxon shaharni yakson qilganidan keyin hali ark tiklanmagan edi. Mavonozoda harbiy xizmatga yaroqli kishilarning ro\u2019yxatini tuzib chiqdi va shaharni mustahkamlash ishlariga aholining keng tabaqalarini jalb etdi. Sarbadorlr faqat bitta asosiy ko\u2019chani bo\u2019sh qoldirib, unga olib boradigan barcha yo\u2019llarga barrikadal qurdi. Mudofaa uchun muhim va eng qulay bo\u2019lgan joylarga yoy otuvchilar qo\u2019yildi. Hamma narsa mo\u2019g\u2019ullarning otliqlarini o\u2019tkazib yuborib, yon tomondagi barrikadal qurilgan tor ko\u2019chalardan esa ularga qat\u2019iy zarba berishga mo\u2019ljallangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar Samarqandda o\u2019zlarini qanday kutib olishlarini bilmasdan, shaharni yengilgina bosib olishni mo\u2019ljallagan edi. Biroq ular yanglishdi. Ularning oldingi otryadlari qo\u2019yilgan tuzoqqa tushgach, Mavlonozoda signal berdi va dushman ustiga kamon o\u2019qi, tosh va kaltaklar yog\u2019ila boshladi. Bir manbaga ko\u2019ra, mo\u2019g\u2019ullar ming kishini, ikkinchi manbaga qaraganda esa, ikki ming va ko\u2019plab otlarni yo\u2019qotib, darhol chekindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilyosxo\u2019ja boshda Samarqand atrofini, so\u2019ngra esa Movarounnahrni ham tashlab ketishga majbur bo\u2019ldi. Shahar tantana qilardi. Samarqand mudofaasi serg\u2019ayrat va sodiq kishilar rahbarlik qilganida xalq ko\u2019p ishlarni bajarishga qodir ekanligini ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sarbadorlarning Samarqandning ichki hayoti sohasida o\u2019tkazgan islohotlari to\u2019g\u2019risida manbalarda juda kam ma\u2019lumot saqlangan. Masalan, Sharafuddin quyidagi she\u2019rni keltiradi: \u201cYo xudovani karim, kambag\u2019al qashshoq obro\u2019li kishi bo\u2019lmasin\u201d. Biz bu so\u2019zlarni Sharafuddin Ali Yazdiydan oldin o\u2019tgan Nizomiddin Shomiyda uchratmaymiz, ammo Nizomiddin Shomiy go\u2019yo sarbadorlar Samarqand aholisiga zo\u2019ravonlik qilganliklarini eslatib o\u2019tadi. Bunda u hukmron feodal doiralarni nazarda tutgan bo\u2019lsa kerak. Ana shu so\u2019zlarga qarab fikr yuritilsa, samarqandlik sarbadorlar ba\u2019zi demokratik tadbirlarni amalga oshirganliklari ma\u2019lum. Xusaynning musulmonlardan qonunga xilof ravishda juz\u2019ya olganligi Mavlonozoda nutqida ham eslatib o\u2019tiladi. Keyinchalik bu juz\u2019ya to\u2019lash sarbadorlar tomonidan bekor qilingan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Sarbadorlarning Ilyosxo\u2019ja ustidan qozongan g\u2019alabasi to\u2019g\u2019risidagi xabar Balx viloyatida turgan amirlar \u2013 Husayn va Amir Temurgacha yetib bordi. Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo bo\u2019ylarida o\u2019tkazib, bahorda uchrahadi va birgalikda Samarqandgacha qarab yo\u2019l oladi. Ular shahar yaqinidagi Konigil degan joyda to\u2019xtaydilar. Har ikkala amir ham sarbadorlarning harakatini ma\u2019qullayotganliklari va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Sarbadorlar amirlarning \u201cyaxshi\u201d niyatlariga ishonadilar, o\u2019tkazilgan qabul marosimida amirlarga zo\u2019r e\u2019tibor beriladi. Biroq ertasi kuni sarbadorlar Husayn bilan Amir Temur huzuriga yana borganlarida, ularni xiyonotkorona qo\u2019lga tushirib, Mavlonozodadan tashqari hammasini o\u2019ldiradi. Temur Husayn oldida Mavlonozoda tomonini olib, uni saqlab qoladi. Amir Temurning Mavlonozodaga nisbatan ana shunday munosabatda bo\u2019lishining sababi nimada edi? Aftidan Husayn bilan Amir Temur o\u2019rtasida sarbadorlarga nisbatan munosabat masalasida kelishmovchiliklar bo\u2019lgan. Ehtimol, Temur ularning ba\u2019zilari bilan, ayniqsa, zodagonlar orasidan chiqqan sarbadorlar bilan azaldan aloqa bog\u2019lagandir. Husayn bilan Amir Temur sarbadorlar va ularning boshliqlarini qirib tashlagandan keyin 1366 yilning bahorida Samarqandni o\u2019zlariga bo\u2019ysundirdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sarbadorlar qo\u2019zg\u2019oloni ijtimoiy harakat sifatida XIV asrning yarmida Xurosonda paydo bo\u2019lib, mo\u2019g\u2019ullarning bosqinchilik siyosatiga va ularning tartiblariga qarshi qaratilgan edi. Bu siyosat va tartiblar mehnatkashlar \u2013 dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqandda-sarbadorlar-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-138286","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/138286","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138286"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/138286\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138287,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/138286\/revisions\/138287"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138286"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=138286"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=138286"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}