{"id":138304,"date":"2024-07-29T20:11:41","date_gmt":"2024-07-29T17:11:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=138304"},"modified":"2024-07-29T20:43:36","modified_gmt":"2024-07-29T17:43:36","slug":"sogd-va-uning-poytaxti-samarqand","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sogd-va-uning-poytaxti-samarqand\/","title":{"rendered":"So\u2019g\u2019d va uning poytaxti Samarqand"},"content":{"rendered":"\n<p>Antik mualliflari tomonidan tasvirlangan voqealarda So\u2019g\u2019d poytaxti Marokanda nomi ham tilga olingan bo\u2019lib; bu voqealar miloddan avvalgi IV asrning so\u2019nggi uchinchi davriga \u2013 makedoniyalik Iskandar qo\u2019shinlari O\u2019rta Osiyoga bostirib kirgan vaqt (miloddan avvalgi 329-327 yillarga)ga to\u2019g\u2019ri keladi. Uning O\u2019rta Osiyoga qilgan yurihi tarixi Arrian (milodiy II asr) va rimlik yozuvchi Kvint Kurtsiy Ruf (I asr) bayonnomalari orqali yetib kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Manbalarga ko\u2019ra, Iskandar Kaspiy darvozasiga yetib kelganida Doro III tarafdorlari lagerida Baqtriya satrapi va Doroning qarindoshi Bess boshchiligida isyon ko\u2019tarilganligi haqida xabar oladi. Isyonchilar Doroni tutib taxtdan ag\u2019daradi va o\u2019ldiradi. Ahomaniylar armiyasining katta qismi, shu jumladan, baqtriyaliklar, saklar va so\u2019g\u2019diylay ham Bess tomoniga o\u2019tadi. O\u2019rta Osiyoliklar Ahomaniylar qo\u2019shinlarining ancha qismini tashkil etib, ular miloddan avvalgi V asrda bo\u2019lgan Grek-Eron urushlarida, so\u2019ngra esa Iskandarga qarshi olib borilgan harbiy harakatlarda aktiv qatnashganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Miloddan avvalgi IV asrning so\u2019nggi choragida Ahomaniylar hokimiyatining sharqiy viloyatlarida, shu jumladan, Baqtriya va So\u2019g\u2019dda Eron ma\u2019muriyati atigi satrap va uning atrofidagi kishilardan iborat bo\u2019lgan. Grek-makedoniyaliklar bostirib kirgan yillarda Baqtriya hokimi bevosita Bessg bo\u2019ysungan va shundan oldingi davrlarda Ahomaniylarning markaziy ma\u2019muriyati, shuningdek, baqtriyalik noib bilan ham tez-tez janjal qilib turgan mahalliy oqsuyaklar bundan asosiy rol o\u2019ynagan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Eramizdan avvalgi IV asrdayoq So\u2019g\u2019diyona sun\u2019iy sug\u2019orishga va yirik daryolarning, avvalo, Zarafshonning suvidan foydalanishga asoslangan, rivoj topgan dehqonchilik mamlakati edi. Arxeologik ma\u2019lumotlar bu yerda hunarmandchilik, ayniqsa, kulolchilikning yuksk darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda O\u2019rta Osiyo uchun xarakterli bo\u2019lgan mehnat taqsimoti o\u2019troq dehqonchilik va ko\u2019chmanchi chorvachilikning mavjud bo\u2019lishi va hunarmandchilikning rivojlanishi bilan milodiy V-IV asrlarda tovar tusini olib, savdo-sotiqni rivojlantirishga yordam berdi. Iskandar yurishlarini yoritgan tarixchilarning ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, miloddan avvalgi IV asrda So\u2019g\u2019d qishloqlari, odatda, daryolar bo\u2019yidagi vodiylarda, tekisliklarda joylashgan hamda paxsa devorlar bilan o\u2019rab olingan mustahkam qishloq va qo&#8217;rg&#8217;onlardan iborat edi. To&#8217;g&#8217;li joylardagi qishloq va qo&#8217;rg&#8217;onlarda esa murakkab harbiy istehkomlr mavjud edi. Ma&#8217;lum yozma manbalar va arxeologik ma&#8217;lumotlarga k\u2019&#8217;ra, So\u2019g\u2019dning yirik qishloqlari orasida devor bilan o\u2019rab olingan va juda katta qal\u2019asi bo\u2019lgan poytaxt \u2013 Marokanda shubhasiz birinchi o\u2019rinni egallar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Grek-makedoniyaliklr So\u2019g\u2019dga kelib, bu yerga ulardan ancha keyin kelgan va o\u2019lkaning unumdorligi, boyligiga qoyil qolgan Istarxi tasvirlagn mamlakatni ko\u2019rgan edi: \u201cBiron tepalikka chiqib, atrofga nazar tashlaydigan bo\u2019lsangiz, Samarqand So\u2019g\u2019dida, shuningdek, Samarqandning o\u2019zida ham nigohingiz ko\u2019kalamzorga va yoqimli joylarga tushadi, uning yaqinida daraxtsiz tog\u2019lar va changi chiqib yotgan dashtlar yo\u2019q\u2026 Samarqand So\u2019g\u2019di biz tilga olib o\u2019tgan uchta joy orasida eng go\u2019zaldir, chunki u Buxoro chegarasiga qadar So\u2019g\u2019d daryosi bo\u2019ylab o\u2019ng va chap tomondan uzilmay davom etib keladi, uning kattaligi shunchaki, ko\u2019kalamzor va bog\u2019lar orasidan sakkiz kun yurasan. Bu doimo suv oqib turadigan kanallar bilan o\u2019rab olingan yaxlit bog\u2019lardir, o\u2019tloqlar va dalalar o\u2019rtasida esa hovuzlar bor. Daryoning har ikki yoqasi ko\u2019m-ko\u2019k daraxtlar va ekinzorlar bilan qoplangan. Yashil daraxtlar ekinlarni himoya qiladi, ekinzorlardan keyin esa chorva mollar uchun yaylovlar yastangan. Bu yerdgi har bir shahar va qishloqda qo\u2019rg\u2019on bo\u2019lib, u ko\u2019kalamzorlar orasida bamisoli suv o\u2019zanlari bilan to\u2019qilgan va qasrlarning jilvasi bilan bezatilgan yashil parcha libosdek yarqirab turadi. So\u2019g\u2019d olloh mamlakatlarining eng unumdor yeridir, unda eng yaxshi daraxtlar va mevalar, odamlar yashaydigan hamma joyda bog\u2019lar, hovuzlar va oqar suvlar bor; oqar suvli arig\u2019i bo\u2019lmagan ko\u2019cha yoki uy kamdan-kam uchraydi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadimiy So\u2019g\u2019dning, antik manbalarida aytilishicha esa, So\u2019g\u2019diyonaning chegarasi janubda Amudaryoga, shimolda esa Sirdaryoning yuqori oqimigacha borardi. Strabon \u201cGeografiya\u201dsida So\u2019g\u2019diyonaning chegaralari ana shunday ko\u2019rsatilgan bo\u2019lib, uni ishonchli ma\u2019lumotlar deb hisoblash mumkin. Geograf Klavdiy Ptolemeyning Marin Tirskiyning (milodiy II asr boshlari) bizga yetib kelmagan asariga asoslanib yozgan kitobida So\u2019g\u2019diyonaning batafsil tavsifi mavjud. Ptolemey o\u2019z asarida So\u2019g\u2019diyonaning janubiy chegarasi qisman Oks (Amudaryo) bo\u2019ylab o\u2019tadi, qisman esa \u201cHind tog\u2019lari deb nomlangan Kavkaz tog\u2019lari yaqinidan\u201d (bunda Paropamis, ya\u2019ni Hindiqush tog\u2019larining davomi nazarda tutiladi) o\u2019tadi. Bu joy Oks boshlanadigan joylardan koordinalati 125<sup>o<\/sup> va 38<sup>o<\/sup> gradus 30<sup>1<\/sup> bo\u2019lgan nuqtalargacha boradi. Ptolemeyning fikricha, g\u2019arbda So\u2019g\u2019diyona Oks orqali Marg\u2019iyonadan ajralib turgan. Shimolda \u201cOks tog\u2019lari\u201d va \u201cSkifiyadan\u201d ajratib turgan, sharqda Yaksart (Sirdaryo) va Komed tog\u2019lari So\u2019g\u2019diyona bilan saklar o\u2019rtasidagi chegara bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Strabon singari Ptolemey ham Amudaryoni So\u2019g\u2019diyonaning janubiy chegarasi deb hisoblagan. Bunda u Baqtriyaning (ilk o\u2019rta asr manbalarida Tohariston deb ataladi) o\u2019ng qirg\u2019oq rayonlarini So\u2019g\u2019diyona sostaviga qo\u2019shgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, qadimiy So\u2019g\u2019d o\u2019rta asrlardagi tarixiy-geografik manbalarda ko\u2019rsatilganidan ko\u2019ra ancha keng territoriyani egallab turgan. Chunki o\u2019rta asr manbalarida So\u2019g\u2019d degan avvalo Zarafshon va Qashqadaryo vodiylari tushunilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ahomaniylar yozuviga va antik mualliflarning ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, miloddan avvalgi VI asr oxiri va V asr boshlarida So\u2019g\u2019d Kir davrida bo\u2019lmasa ham, biroq Doro I davrida ayrim hokimlik bo\u2019lgan bo\u2019ls kerak. Geradot bayonicha, Ahomaniylar davlatiga kiradigan okruglarning ro\u2019yxatida So\u2019g\u2019d Parfiya, Xorazm va Arey (hozirgi Hirot viloyati) bilan birga XVI okrug tarkibida ko\u2019rsatiladi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu ro\u2019yxat Kserks (486-465 yillar) va, ayniqsa, Artakserk I (465-423 yillar) hukmronlik qilgan davrda Ahomaniylar podsholigining siyosiy-ma\u2019muriy bo\u2019linishi, hatto undan oldingi vaqtdagi bo\u2019linishni ham aks ettirsa kerak. Arrian, Kurtsiy va Ruf \u201cIskandar yo\u2019lchisi\u201d ma\u2019lumotlaridan ravshan ko\u2019rinib turganidek, miloddan avvalgi VI asrda, Doro III davrida so\u2019g\u2019dlar ham Ahomaniylar qo\u2019l ostida bo\u2019lgan Hindistonning bir qismi aholisi va \u201cBaqtriyaning boshqa qo\u2019shnilari\u201d singari Bess boshchilik qilgan Baqtriya hokimligiga kirgan. Bess Gavgameladagi jangda baqtriyaliklar, so\u2019g\u2019dlar va hindlarga (hindlar deganda bu o\u2019rinda Hindistonning shimoliy chegaralarida yashagan qabilalarni tushunmoq kerak) qo\u2019mondonlik qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ahomaniylar uchun halokatli bo\u2019lgan Gavgamela jangida Eron armiyasi tasvirlanayotganda tilga olingan xalqlar va qabilalar bir yildan so\u2019ng Iskandarga qarshi uzoq davom etgan kurashga otlandilar. Gavgamela jangida ham, undan ancha oldin-miloddan avvalgi V asrdagi grek-eron urushlari davrida ham Sharqiy Eron va O\u2019rta Osiyo xalqlari og\u2019ir soliqlar solgan va ular hokimiyatiga juda ko\u2019p majburiyatlar yuklagan (imtiyozli forslargina bundan mustasno) Ahomaniy sulolasini himoya qilishga majbur edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gerodotning ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, Ahomaniylar shohlariga Baqtriya 360 talant, Parfiya, Xorazm, So\u2019g\u2019d va Ariya 300 talant, saklar va kaspiyliklar 250 talant to\u2019laganlar. Shunday qilib, O\u2019rta Osiyodagi uch hokimlik Ahomaniylarga har yili 910 talant kumush to\u2019lab turgan. Bu esa \u201cshohlar shohi\u201d davlatining eng boy hokimligi bo\u2019lgan Vaviloniya va Assuriya to\u2019laydigan kumushdan salgina kame di. Natura holida to\u2019laydigan majburiyatlar, shu jumladan \u201cshohlar shohi\u201dga (aftidan, satraplarga ham) ixtiyoriy ravishda mahsulot va sharob tortiq qilish deb nomlangan majburiyatlar nihoyat darajada og\u2019ir bo\u2019lgan. Bu haqda Tavrot va antik manbalarda ma\u2019lumotlar keltiriladi. Gerodot O\u2019rta Osiyoda qo\u2019shimcha soliqning yana bir turi \u2013 suv uchun soliq to\u2019laganligi: suv omborining to\u2019g\u2019onlarini ochganligi uchun eron shohining \u201codatdagi o\u2019lponlardan tashqari ko\u2019plab pul olganligi\u201d to\u2019g\u2019risida hikoya qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Doro I ning qurilayotgan inshootlarga yozib qoldirgan xatlari va Persepoldan topilgan elam hujjatlri so\u2019g\u2019dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va davlatning sharqiy viloyatlaridagi boshqa xalqlar g\u2019oyat og\u2019ir kun kechirganliklaridan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyo xalqlari Ahomaniylar davlatini qashshoq holga keltirgan Kserksning Gretsiyaga qilgan yurishlarida qatnashihga majbur bo\u2019lganlar. Saklarning piyoda askarlari Fermopiladagi janglar tasvirlanganda tilga olinadi, Plateyada bo\u2019lgan jangda baqtriyaliklar bilan saklar qatnashadi. Esxil Salamindagi (miloddan avvalgi 480 yil) jangd halok bo\u2019lgan baqtriyaliklar to\u2019g\u2019risida yozib, \u201cBaqtriya xalqi butunlay halok bo\u2019ldi\u201d, degan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zarafshon vodiysining g\u2019arbiy qismida qishloqlar juda erta vujudga kelgan, lekin bu yerda Ahomaniylar davrida shahar markazlarining bo\u2019lganligi to\u2019g\u2019risida ishonarli ma\u2019lumotlar yo\u2019q. Miloddan avvalgi IV asrning so\u2019nggi choragida makedoniyalik Iskandar So\u2019g\u2019dga yurish qilgan vaqtda Zarafshonning quyi oqimida shahar bo\u2019lganligi haqida ham yozma manbalarda bevosita ko\u2019rsatma yo\u2019q. Ptolemey o\u2019z \u201cGeografiya\u201dsida ko\u2019rsatib o\u2019tgan Tribaktrani ba\u2019zan tadqiqotchilar Buxoro shahrining nomi deb hisoblaydilar. Lekin boshqa manbalarda bu nom uchramaydi va keyingi toponomikada bu sohada hech qanday ma\u2019lumot saqlanmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kvint Kurtsiya Ruf tomonidan miloddan oldingi 329 yilda So\u2019g\u2019diyona territoriyasidagi bo\u2019lgan urush harakatlari to\u2019g\u2019risidagi hikoyasida tilga olingan Baqtriy shahri va Spitamenning go\u2019yo So\u2019g\u2019d poytaxti Marokandadan shu yerga chekinganligini ba\u2019zi tadqiqotchilar Buxoro o\u2019rnida eramizdan avvalgi IV asrdayoq shahar tipidagi markaz bo\u2019lganligidan dalolat beradi deydilar. Biroq bu fikr boshqa manbalar bilan taqqoslab ko\u2019rilganda, Kvint Kurtsiya bunda Baktra nomini noto\u2019g\u2019ri qo\u2019llaganligi ma\u2019lum bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019g\u2019dlar o\u2019z mamlakatini qadim zamonlarda So\u2019g\u2019d deb ataganlar, ancha so\u2019nggi vaqtlardagi fonetik variantlari esa Sg\u2019ud va Sug\u2019uddir. Sifat ma\u2019nosini bildirgan so\u2019g\u2019diki, so\u2019g\u2019dlik ularda sug\u2019dik yoki sg\u2019uduk shaklida qo\u2019llangan; qadimgi prototipga o\u2019xshash bo\u2019lgn so\u2019g\u2019diya-so\u2019g\u2019dlik so\u2019zlari so\u2019g\u2019dikana, so\u2019g\u2019diyona, so\u2019g\u2019de va sudik variantlari ham ana shu ma\u2019noda ma\u2019lumdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Viloyat poytaxti Samarqand to\u2019g\u2019risida zoroastrizmda keltirilgan rivoyatlarda shaharning paydo bo\u2019lishi epik qahramonlar, Qayqubadaning o\u2019g\u2019li Kaykovus va Siyovus nomlari bilan bog\u2019lanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zarafshon vodiysining hozirgi toponimikasida o\u2019lkaning qadimgi talaffuzi kamdan-kam nomlarda saqlangan-So\u2019g\u2019du Yagnob daryosi vodiysidagi nom va ehtimol So\u2019g\u2019ut (yoki \u201cSo\u2019gut\u201d) so\u2019zi Samarqanddan 75 km narida joylashgan qishloqning nomidir. Shunday qilib, qadim zamonlarda Amudaryodan Sirdaryoga qadar bo\u2019lgan territoriyada qo\u2019llanilgan So\u2019g\u2019d nomining mohiyati bir necha bor o\u2019zgargan. Amudaryo miloddan avvalgi II asr o\u2019rtalarigacha \u2013 Grek-Baqtriya podsholigining qulashiga qadar So\u2019g\u2019diyonaning janubiy chegarasi deb hisoblab kelingan. Baqtriyaning sak-toxar qabilalari tomonidan bosib olinishi va shu qabilalarning Amudaryodan shimol va janubroqdagi rayonlarda o\u2019troq bo\u2019lib qolishi tufayli Toxariston viloyati vujudga keladi (bu nom milodiy IV asrdan boshlab manbalarda qayd etiladi). Qadim zamonlarda Baktra deb atalgan Balx ana shu viloyatning markzi bo\u2019lib qoladi. \u201cTemir darvoza\u201ddan tortib, qisman so\u2019g\u2019dlar joylashgan Bamianga qadar bo\u2019lgan territoriya shu viloyat tarkibig kiradi. Biroq grek-makedon istilochilari o\u2019lkani vayron qilganliklari sababli miloddan oldingi IV asrning oxiridayoq bir qism so\u2019g\u2019dlar Zarafshon va Qashqadaryo vodiylaridan shimol va sharqqa tomon ko\u2019chgan va bu ko\u2019chish ming yildan ko\u2019proq vaqt davom etgan bo\u2019lsa kerak. Qadimiy so\u2019g\u2019d territoriyasidan tashqari so\u2019g\u2019dlarning juda ko\u2019p qishloqlari vujudga kelgan. Ana shu tariqa Yettisuvda so\u2019g\u2019diy aholi yashagan butun bir viloyat So\u2019g\u2019dok tashkil topgan. Lekin Zarafshon vodiysida So\u2019g\u2019d nomi ancha tor ma\u2019noda qo\u2019llanib, faqat Samarqand so\u2019g\u2019digagina, keyinchalik esa uning ayrim volostlarigagina taalluqli bo\u2019lib qoladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Antik mualliflari tomonidan tasvirlangan voqealarda So\u2019g\u2019d poytaxti Marokanda nomi ham tilga olingan bo\u2019lib; bu voqealar miloddan avvalgi IV asrning so\u2019nggi uchinchi davriga \u2013 makedoniyalik Iskandar qo\u2019shinlari O\u2019rta Osiyoga bostirib kirgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sogd-va-uning-poytaxti-samarqand\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-138304","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/138304","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138304"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/138304\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138306,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/138304\/revisions\/138306"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138304"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=138304"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=138304"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}