{"id":138328,"date":"2024-07-30T17:52:58","date_gmt":"2024-07-30T14:52:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=138328"},"modified":"2024-07-30T18:23:33","modified_gmt":"2024-07-30T15:23:33","slug":"samarqand-ozbekiston-ssrning-birinchi-poytaxti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqand-ozbekiston-ssrning-birinchi-poytaxti\/","title":{"rendered":"Samarqand-O\u2019zbekiston SSRning birinchi poytaxti"},"content":{"rendered":"\n<p>RKP(b) Markaziy Siyosiy byurosi va oktyabr (1924 yil) Plenumi, SSSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Komitetining II sessiyasi Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti sessiyasining, Butun Buxoro 5-Sovetlar qurultoyining va Butun Xorazm 5-Sovetlar qurultoyining rezolyutsiyalarida ifodalangan O\u2019rta Osiyo xalqlari irodasini hisobga olib, 1924 yil 27 oktabrda milliy chegaralanishni o\u2019tkazish hamda O\u2019rta Osiyo Sovet Sotsialistik Respublikalari va oblastlarini tuzish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qildi. SSSR Sovetlar Markaziy Ijroiya Komiteti sessiyasining qarorida bunday deyilgan: \u201cSSR Ittifoqi Markaziy Ijroiya Komiteti mehnatkash xalqning erkin ravishda bildirilgan irodsi oliy qonun ekanligini ta\u2019kidlaydi va SSR Ittifoqi Markaziy Ijroiya Komitetining Prezidiumiga O\u2019rta Osiyoda yangi tuzilgan respublikalarni shu respublikalar Sovetlari s\u2019yezdlarining qarorlariga binoan topshiriladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi sovet milliy respublikalari tuzilganligi munosabati bilan Turkiston, Buxoro, Xorazm Sovetlari Markaziy Ijroiya Komitetlarining 1924 yil noyabr oyida bo\u2019lib o\u2019tgan sessiyalari mazkur ijroiya komitetlarning faoliyatini to\u2019xtatish to\u2019g\u2019risida qonunlar qabul qildi. Tuzilayotgan Respublika va avtonom oblastlarning territoriyalaridagi butun hokimiyat shu respublikalar va avtonom oblastlarning Revolyutsion komitetlariga topshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston SSR Sovetlarining Ta\u2019sis s\u2019yezdi chaqirilganiga qadar O\u2019zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi territoriyasida hokimiyat aslini olganda respublikaning birinchi hukumati bo\u2019lgan Muvaqqat revolyutsion komitet qo\u2019lida edi. Fayzulla Xo\u2019jayev uning raisi qilib tasdiqlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muvaqqat revolyutsion komitet Respublika partiya tashkiloti rahbarligida O\u2019zbekistonning markaziy sovet organlarini tuzdi, quyi sovet apparati faoliyatini yaxshilash choralarini ko\u2019rishga kirishdi. Respublikaga poytaxti tanlash masalasi birinchi navbatdagi masalalardan biri bo\u2019lib qoldi. Bu masala Muvaqqat revolyutsion komitetning 1924 yil 22 noyabrda o\u2019tkazilgan birinchi majlisida muhokama qilindi. BU masalaga katta siyosiy ahamiyat berildi. O\u2019zbekiston SSR ning vujudga kelishiga olib kelgan vaziyatning o\u2019ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak edi. Yangi Respublika sostaviga Turkiston bilan birga ilgari Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqiga kirmagan, madaniy va xo\u2019jalik jihatdan Turkiston Sovet avtonom respublikasiga nisbatan ancha qoloq bo\u2019lgan Buxoro va Xorzm qo\u2019shilmoqda edi. O\u2019zbekistonning hamma qismlarini muvaffaqiyatli ravishda bir butun qilib birlashtirish, sovet apparati ishini jonlashtirish, mahalliy organlarning markaziy hukumat muassalari bilan aloqalarini mustahkamlash maqsadida Muvaqqat revolyutsion komitet Buxoro va Xorazmdan uzoq bo\u2019lmagan Samarqandni respublikaning poytaxti qilish to\u2019g\u2019risida qaror chiqardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kommunistik partiya O\u2019rta Osiyoda yangi sovet sotsialistik respublikalarining barpo etilishiga katta ahamiyat berib keldi. Ularga bevosita yordam ko\u2019rsatmoq uchun Kommunistik partiya va Sovet davlatining atoqli arbobi M.I. Kalinin yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Partiya va qardosh rus xalqning vakili, V.I.Leninning eng yaqin safdoshi M.I.Kalinin yosh respublikaning tiklanishida juda aktiv qatnashdi. U 1925 yil 11 fevralda Registon maydonida o\u2019tkazilgan umumhashar mitingida so\u2019zlagan nutqida bunday deydi: \u201cBu joyda juda ko\u2019p xalq ommasi birinchi marta to\u2019planayotgani yo\u2019q, Samarqand birinchi marta poytaxt qilinayotgani yo\u2019q. Samarqand birinchi mart poytaxt qilinayotgani yo\u2019q. O\u2019tmishda bu shaharda ko\u2019pgina ajoyib voqealar bo\u2019lib o\u2019tgan, bu voqealarda yuz minglab kishilar qatnashgan\u2026, hozirgi kunda bu yerda erkin O\u2019zbekiston respublikasidagi erkin xalq to\u2019planib turibdi. Bu \u2013 erkin xalqning yangi poytaxtidagi birinchi yig\u2019ilishi desak bo\u2019ladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand poytaxt qilib olingan kundan boshlab partiya va sovet organlari bu yangi poytaxtda qizg\u2019in ishga kirishdilar. 1925 yilning 3 aprelida Samarqand Sovetining partiya, komsomol va harbiy tashkilotlarning vakillari bilan qo\u2019shma majlisi bo\u2019ldi. Majlisda 700 ga yaqin kishi hozir bo\u2019ldi. Majlisda O\u2019zbekiston Partiya va Hukumatining rahbarlari \u2013 O\u2019zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komitetining raisi Yo\u2019ldosh Oxunboboyev, O\u2019zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetining sekretarlari A.Ikromov, V.I.Ivanov, O\u2019zbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetining raisi Fayzulla Xo\u2019jayevlar qatnashdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Yo\u2019ldosh Oxunboboyev majlisda katta nutq so\u2019zladi. U Respublika poytaxti mehnatkashlarini tabriklab, ularni yangi Sovet davlatini qurishda aktiv qatnashishga, ishchilar, dehqonlar va Qizil Armiya jangchilarining birligini v mehnatdagi jipsligini mustahkamlashga chaqirdi. \u201cEndilikda qizil poytaxt bo\u2019lib qolgan Samarqand, &#8211; dedi Yo\u2019ldosh Oxunboboyev, &#8211; Sharq xalqlari uchun o\u2019rnak bo\u2019lishi va leninizm yo\u2019lidan dadil qadam tashlab borishi lozim\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Oradan ko\u2019p vaqt o\u2019tmay, quyi sovet apparati xodimlarining respublika konferensiyasi chaqirildi. Bu konferensiya ish tajribalarini o\u2019rtoqlashish, sovet qurilishi praktikasini o\u2019rganish va umumlashtirish maqsadida o\u2019tkazildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1925 yil may oyida O\u2019zbekiston SSR SSR Ittifoqi sostaviga o\u2019z ixtiyori bilan kirganligi Respublika taraqqiyotini davom ettirishda hal qiluvchi bosqich bo\u2019ldi. Bu tarixiy ish O\u2019zbekistonda xo\u2019jalik va madaniy qurilish vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishni tag\u2019in ham yaxshiroq ta\u2019minladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1925 yil sentabr oyida Andijonda O\u2019zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komitetining uchinchi sessiyasi bo\u2019lib o\u2019tdi. Sessiya quyi sovet apparatini mustahkamlash \u2013 uning rahbarlari sostavini tekshirib chiqish, boylarni va boshqa antisovet unsurlarni Sovetlardan haydab chiqarish hamda kambag\u2019al, o\u2019rta dehqon aktivlaridan bo\u2019lgan layoqatli kishilarni Sovetlar sostaviga kiritish vazifasini qo\u2019ydi. Sessiya ayrim oblastlardagi mavjud revolyutsion komitetlarni o\u2019z vaqtida ijroiya komitetlari bilan almashtirish kerakligini ham ko\u2019rsatib o\u2019tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Respublikadagi sovet organlarini qayta qurish masalasi O\u2019zbekiston K(b)P Markaziy Komitetining 1925 yilda bo\u2019lib o\u2019tgan ikkita plenumida ham muhokama qilindi. Sovetlarni to\u2019la ravishda yerlilashtirish vazifasi belgilab berildi. Sovetlarni xalq ommasiga ko\u2019proq yaqinlashtirish, O\u2019zbekiston mehnatkashlarini davlatni boshqarish ishlarida qatnashtirish zarur edi. Shu maqsadda turli idoralar qoshida mahalliy millatlardn sovet muassasalari uchun xodimlar tayyorlash kurslari ochildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston respublikasi territoriyasida turli tilda gaplashadigan xalqlar istiqomat qilib turganligi ham quyi apparatni mustahkamlash masalasini hal etishni qiyinlashtirmoqda edi. Aholining anchagina qismi tojik, qozoq, qoraqalpoq, turkman, qirg\u2019iz va boshqalardan iborat edi. Milliy territorial chegalanish o\u2019tkazilganligi natijasida Tojikiston Avtonm Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzildi, bu Respublika O\u2019zbekiston SSR sostaviga kirdi. Shunday qilib, O\u2019zbekiston Sovet Respublikasi federative davlatga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat va jamoat apparatini yerlilashtirish ishi maorif sohasida katta ahamiyatga ega bo\u2019lib qoldi. Bu vazifani hal qilishda federativ respublika poytaxti bo\u2019lgan Samarqand alohida rol o\u2019ynadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mahalliy tillarni biladigan kadrlarning yetishmayotganligiga qaramay, O\u2019zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti va Sovet hukumati partiya va sovet xodimlaridan anchagina kishini safarbar qilib, Tojikiston ASSR ga yubordi. Bular orasida Ya.Afzaliy, M.O\u2019rinxo\u2019jayev, N.Shirinov, M.Xojiboyev, I.Mirjamolov, M.Imomov, M.Ahmadbekov, K.Hamroyev, M.Yormuhamedov, A.Masaidovlar bor edi. Ular Tojikiston SSR ning partiya va davlat apparatini mustahkamlash hamda xo\u2019jalik va madaniy qurilishini rivojlantirishda muhim rol o\u2019ynadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatni industrlashtirish va qishloq xo\u2019jaligi kollektivlashtish sotsializm qurish to\u2019g\u2019risidagi lenincha dohiyona planning tarkibiy qismi bo\u2019lib, buni amalga oshirish Sovet davlatini mustahkamlashda hal qiluvchi bosqich bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>VKP (b) XIV va XV s\u2019yezdlarining tarixiy qarorlari asosida butun mamlakatda bo\u2019lgani kabi, O\u2019zbekistonda ham zavod va fabrikalar, sovxoz va kolxozlar, madaniyat o\u2019choqlari qurish avj oldirib yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand mehnatkashlari partiya tashkiloti boshchiligida yangi hayot quruvchilarning birinchi saflarida ish olib bordilar. Sovetlarning mustahkamlanishi, qishloq va ovullarda Sovet hokimiyatining haqiqiy organlarga aylantirilganligi, Kommunistik partiyaning xotin-qizlarni ozod qilish siyosati tarixga \u201chujum\u201d degan nom bilan kirgan mana shu harakatning amalga oshirilishi, O\u2019zbekistonning industlashtirilishi va uning qishloq xo\u2019jaligini kollektivlashtirish, mamlakatning paxta mustaqilligi uchun kurashi, respublikada madaniy revolyutsiyaning birinchi bosqichini amalga oshirish Samarqand nomi bilan bog\u2019langan. Bosmachilikni tamomila tugatish maqsadida mehnatkashlarning bosmachilarga qarshi hujumini tayyorlash va shu hujumni muvaqqatli o\u2019tkazish tadbirlari Samarqand shahrida belgilandi. Yer-suv islohoti o\u2019tkazilganligi ham O\u2019zbekiston SSR ning birinchi poytaxti nomi bilan bog\u2019langan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda O\u2019zbekiston Kommunistik partiyasining to\u2019rtta s\u2019yezdi \u2013 ikkinchi, uchinchi, to\u2019rtinchi va beshinchi s\u2019yezdlari hamda Respublika Sovetlarining uchta s\u2019yezdi-ikkinchi, uchinchi va to\u2019rtinchi s\u2019yezdlari o\u2019tkazildi. Bu s\u2019yezdlarning qarorlari respublikaning siyosiy va madaniy hayotida juda katta o\u2019zgarishlar ro\u2019y berdi. U respublikaning industrial markazlaridan biri bo\u2019lib qoldi. Bu yerda yangi fabrika va zavodlar qurildi, sanoatning yangi tarmoqlari vujudga keldi, ilmiy tadqiqot muassalari va o\u2019quv yurtlari, teatr, klub, kutubxona, muzeylar barpo qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatni industrlashtirish va qishloq xo\u2019jaligini kollektivlashtirish davrida Samarqand respublikaning yirik sanoat markazi sifatida qishloq, rayon va oblast-xo\u2019jaliklariga har tomonlama yordam berish uchun boshqa shaharlarga oliy va o\u2019rta malakali kadrlar, kommunist, komsomol, propagandist hamda agitatorlarni yuborib turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1926-1927 yillarda respublikada rayonlashtirish o\u2019tkazildi. Bu ishni o\u2019tkazishga V.I.Leninning aholining milliy sostavi eng muhim iqtisodiy omillarning biri bo\u2019lsa ham, lekin boshqa omillar orasida birdan-bir va eng muhim omil emas, shaharni unga iqtisodiy jihatdan yondashgan qishloq va orkuglardan \u201cmilliy\u201d komitetni nazarda tutmoqchi bo\u2019lib ajratib qo\u2019yish kerak emas, degan fikri asos qilib olindi. O\u2019zbekiston territoriyasining muvaffaqiyatli ravishda rayonlashtirilganligi ma\u2019muriy, siyosiy va xo\u2019jalik ishlariga rahbarlikni puxta tashkil etishga yordam berdi. Respublikadagi mavjud 7 oblast (muzofot), 23 uyezd, 241 volost tugatilib, ularning o\u2019rniga 10 okrug, 87 rayon va 1749 ta qishloq Soveti tashkil etildi. Poytaxt (Samarqand) okrugida 10 ta rayon va 171 ta qishloq Soveti tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1926 yilning oxiri-1927 yilning boshida O\u2019zbekistonda Sovetlarni qayta saylash ishi boshlanib ketdi. Bu birinchi keng saylov kampaniyasi edi. Mana shu qayta saylov natijasida qishloq Sovetlariga juda ko\u2019p batraklar, kambag\u2019al va o\u2019rta dehqonlar saylanib, ularning sostavi yaxshilandi. Saylangan 30603 deputatdan 3904 tasi xotin-qizlar edi. Shulardan 30 kishi qishloq Sovetlariga rais qilib saylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1927 yil 22 martda Samarqandda O\u2019zbekiston ishchi-dehqon va Qizil askar deputatlari Sovetlarining II s\u2019yezdi ochildi. S\u2019yezdi O\u2019zbekiston SSR ning birinchi Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu Konstitutsiyaga \u201cMehnatkash va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari deklaratsiyasi\u201d asos qilib olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Respublikaning Sovet davlati va ijtimoiy tuzumi asosiy prinsiplarini \u2013 ishchi va dehqonlar hokimiyatini mustahkamlangan Konstitutsiyasining qabul qilinganligi to\u2019g\u2019risidagi xabar shahar va qishloq mehnatkashlarini sotsializm g\u2019alabasi uchun kurashga tag\u2019in ham ko\u2019proq ruhlantirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kommunistik partiya va Sovet hukumati O\u2019zbekistonda yirik sanoatni rivojlantirishni qoloq agrar o\u2019lkani yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar respublikaga aylantirishning zarur sharti deb bildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand O\u2019zbekiston poytaxt bo\u2019lib qolganidan keyin asta-sekin yirik sanoat markaziga aylanaverdi. 1926-1927 yillar ichida respublikada 48 ta sanoat korxonasi qurildi, shu jumladan, Samarqandda dizel elektrostansiya, \u201cDehqon\u201d zavodi, pillakashlik fabrikasi, tikuvchilik va to\u2019qimachilik korxonalari, ikkita g\u2019isht zavodi, makaron fabrikasi, ko\u2019n zavodi, bosmaxona, yog\u2019och materiallari zavodi qurildi. SSSRning moddiy va moliyaviy yordami tufayli birinchi besh yillikning boshlanishiga qadar respublikada sanoat ishlab chiqarishi to\u2019la ravishda tiklab olindi va 1913 yilgi darajadan ancha oshib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sotsialistik industriyani tag\u2019in ham rivojlantirish agrar masalani hal qilib berishni talab etdi. Qishloqdagi feodallik munosabatlarini tugatish zarur bo\u2019lib qoldi. Bu masalalar O\u2019zbekiston K(b)P ning 1925 yil noyabr oyida Samarqandda bo\u2019lib o\u2019tgan II s\u2019yezdida muhokama qilindi. S\u2019yezdning \u201cYer islohoti to\u2019g\u2019risida\u201dgi rezolyutsiyasida ko\u2019rsatib o\u2019tilganidek, qishloqda feodallik munosabatlarini tugatilmagan qoldiqlari, jamiki madaniy yerlarning uchdan bir qismidan ko\u2019prog\u2019i shahar va qishloqlardagi pomeshchik, boy va quloqlar qo\u2019lida to\u2019planganligi, boylar kambag\u2019al, o\u2019rta hol aholini asoratga solib turganligi, shuningdek, keng dehqonlar ommasining aktivligi o\u2019sib borayotganligi va ular mehnatkashlarning yerga bo\u2019lgan huquqlarini amalga oshirishni zo\u2019r berib talab qilayotganliklari yer va suvni natsionalizatsiya qilishni amalga oshirishni partiya va Sovet davlati oldiga navbatdagi vazifa qilib qo\u2019ydi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komitetining 1925 yil 2 dekabrdagi Favqulodd sessiyasi \u201cYer va suvni natsionalizatsiya qilish to\u2019g\u2019risida\u201d hamda \u201cYer va suv islohoti to\u2019g\u2019risida\u201d dekret chiqardi. 1926 yilning bahorida bu dekret mana shu tadbirlarni o\u2019tkazish uchun tayyorlangan va iqtisodiy jihatdan rivojlangan Toshkent, Farg\u2019ona va Samarqand oblastlarida, so\u2019ngra esa Zarafshon oblastida amalga oshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston K(b)P ning 1927 yil noyabr bo\u2019lib o\u2019tgan III s\u2019yezdi to\u2019rt oblast o\u2019tkazilgan yer islohoti natijalarini yakunlab, respublikaning hamma rayonlaridagi yer munosabatlarini o\u2019rganib chiqish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qildi. O\u2019zbekiston SSR Sovetlarining Markaziy Ijroiya Komiteti ko\u2019pchilik mehnatkash xalqning bildirgan irodasiga muvofiq 1928 yilning noyabr va dekabrida \u201cO\u2019zbekiston SSRning Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm okruglarida mehnat qilmay katta-katta yerlardan foydalanuvchilarni tugatish to\u2019g\u2019risida\u201d dekret qabul qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yer-suv islohotini o\u2019tkazish vaqtida pomeshchik tipidagi 4800 dan ko\u2019proq xo\u2019jalik tugatildi, 23036 xo\u2019jalikning ortiqcha yerlari tortib olindi. Respublika yer fondiga shu tariqa qo\u2019shilgan 474393 desyatina yer 89730 ga yaqin kambag\u2019al va batrak xo\u2019jaliklariga taqsimlab berildi. Bundan tashqari, kambag\u2019al dehqonlar va batrklarning ko\u2019pchiligi ish hayvoni, dehqonchilik asboblari, urug\u2019chilik va pul qarzlarini yengil shartlar bilan oldilar. Mana shu yordamni berishga davlat 20 million so\u2019mdan ko\u2019proq pul sarfladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yer islohotini o\u2019tkazish vaqtida dehqonlar ommasining siyosiy aktivligi kuchayib ketdi. Ular Sovet hokimiyatining revolyutsion tadbirlarini buzishga intilgan boylar, quloqlar, ruhoniylar qarshiligini yenga bordilar. Burjua-millatchi agentlarning tor-mor keltirilishi kambag\u2019al va o\u2019rta dehqonlar ommasini lenincha Kommunistik partiya va Sovet hukumati tevaragida tag\u2019in ham ko\u2019proq jipslashtirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boshlang\u2019ich partiya tashkilotlari, komsomol, \u201cQo\u2019shchi\u201d va batrak \u201cRambzemles\u201d soyuzlari, shuningdek, qishloqlarni otaliqqa olgan ishchi kollektivlari, avvalo, O\u2019zbekiston poytaxtining partiya va jamoat tashkilotlari yer-suv islohotini, yer tuzish va yangi yerlarni sug\u2019orish ishlarini o\u2019tkazishda partiya va Sovetlarning tayanchi bo\u2019ldi. Samarqand ishchi hamda mehnatkashlari partiya va Sovet hukumatining bu tadbirlarini qat\u2019iy qo\u2019llab-quvvatladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Komitetining 1928 yil 19 noyabrdagi qarori katta ahamiyatga ega bo\u2019ldi. Bu qaror qishloq xo\u2019jaligini sotsialistik negizda qayta qurish uchun shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida yerdan foydalanishni qayta qurishning asosiy prinsiplarini belgilab berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Soveti VKP (b) XV s\u2019yezdi, III partiya qurultoyi va O\u2019zbekiston K(b)P Markaziy Komiteti II Plenumining tarixiy qarorlariga asoslanib, Respublika qishloq xo\u2019jaligini kollektivlashtirish to\u2019g\u2019risida 1928 yil 28 aprelda qaror qabul qildi. Kolxoz qurilishining o\u2019sha yillardagi praktikasi qishloq xo\u2019jaligini kollektivlashtirishni tayyorlashga doir asosiy tadbirlar (kontraktatsiya va kredit sistemasi, yer tuzilishi, agronomiya xizmati ko\u2019rsatish va shu kabilar) dehqonlar xo\u2019jaliklarini birlashtirishga yordam berganligini ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston SSR Sovetlari III s\u2019yezdining qarorlarida (1929 yil may) \u201cQishloq xo\u2019jalik kooperatsiyasining hamma turlarini rivojlantirish, uni tashkiliy va moliyaviy jihatdan mustahkamlash yo\u2019li, shuningdek, ishlab chiqarish kooperativlashtirish sohasidagi ishlarni chuqurlashtirish, kollektiv xo\u2019jaliklar va sovet xo\u2019jaliklari qurish hamda ularning sifatini yaxshilash\u201d qishloq xo\u2019jalik sohasidagi eng zarur vazifalar ekanligi ko\u2019rsatib o\u2019tildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekistonda kolxozlar qurilishining mahalliy sotsial-maishiy sharoitdan kelib chiqayotgan o\u2019ziga xos ba\u2019zi bir xususiyatlari bo\u2019ldi. O\u2019lkaning iqtisodiy qoloqligi, eskirgan an\u2019analar va urf-odatlar, shariatning chuqur tomir yoygan rukunlari, diniy fanatizm va patriarxal-feodallik munosabatlari sotsialistik o\u2019zgarishlarni o\u2019tkazish yo\u2019liga anchagina g\u2019ov solib turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kollektivlashtirishning birinchi yillarida respublikaning ayrim rayonlarida xotin-qizlar artellari tashkil qilindi. Xotin-qizlarni ozod qilish, odamlarning turmushi va ongidagi boy-feodal sarqitlarni tugatish uchun kurash zarurligi sababli shundy qilindi. Xotin-qizlar ishlab chiqarishga keng jalb qilingandagina, bu vazifni muvaffaqiyatli hal qilish mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti va Hukumati xotin-qizlarni ozod qilish uchun keskin kurash olib bordi. Bu ishga Samarqand partiya tashkiloti va mehnatkashlari katta hissa qo\u2019shdilar. O\u2019zbekiston Kommunistik partiyasining chaqirig\u2019iga javoban poytaxt xotin-qizlari oilaviy munosabatlarni, nikohni, huquqiy va mulkiy holatin tartibga solish tadbirlarini amalga oshirish yo\u2019lida aktiv ish olib bordilar, ishlab chiqarish va jamoatchilik hayotiga aktiv qo\u2019shildilar. \u201cO\u2019rtoq\u201d tamaki fabrikasida ishlab turgan jamiki ishchilarning 50 protsenti, ya\u2019ni 80 kishi o\u2019zbek xotin-qizlari edi. 1927 yilda shaharda \u201cHujum\u201d pillakashlik fabrikasi ishga tushirildi. Bu fabrikadagi ishchi xotin-qizlar ishchilar kollektivining 52,1 protsentini tashkil qildi. Boshqa shahaarlarning xotin-qizlari Samarqand xotin-qizlaridan o\u2019rnak olib turdilar. Umuman, O\u2019zbekistonda sanoatda ishlab turgan o\u2019zbek xotin-qizlari 1925 yildan 1928 yilga qadar bo\u2019lgan davr ichida 3 baravardan ziyodroq ko\u2019payib, 3 ming kishidan oshib ketdi. 1928 yilda respublikadagi 139 ta hunarmandchilik va qishloq xo\u2019jalik kooperativlri artellarida ishlab turgan mahalliy millat xotin-qizlari qariyb 8 ming kishiga yetdi. Eng ongli xotin-qizlar Kommunistik partiya safiga qabul qilindi. 1929 yilning boshida O\u2019zbekiston kommunistlari orasida mahalliy millat xotin-qizlari 1187 kishiga yetdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mehnatkash xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotda qatnashayotganligi sinfiy dushmanlarning qahr-g\u2019azabini qo\u2019zg\u2019atdi. Ular ig\u2019vo va fitnalar tashkil qilishga kirishdilar. Xotin-qiz aktivlarga qarshi terrot yurgizib, xotin-qizlarning ozod qilinishiga to\u2019sqinlik qilishga urindilar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Sovetlarining III s\u2019yezdida Yo\u2019ldosh Oxunboboyevning xotin-qizlarni ozod qilish uchun kurash qanday borayotganligi to\u2019g\u2019risidagi dokladi muhokama qilindi. Dokladda reaksion unsurlar \u2013 boylar, ruhoniylar, amir amaldorlari va shu kabilar qattiq qarshilik ko\u2019rsatayotganliklari qayd qilib o\u2019tildi. S\u2019yezd sinfiy dushmanlarga nisbatan jazolash siyosatini bo\u2019shashtirmaslikni va xotin-qizlar ozodligiga qarshi qaratilgan har bir terrorchilik harakatini kontrrevolyutsion chiqish deb hisoblash kerakligini talab qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1927 yilning noyabrida O\u2019zbekiston Kommunistik partiyasining III s\u2019yezdi ochildi. S\u2019yezdda xo\u2019jalik va madaniy qurilishda erishilgan muhim yutuqlar qayd qilindi va \u201cO\u2019zbekiston SSR xalq xo\u2019jaligini rivojlantirishning besh yillik planini tuzishga doir direktivalar\u201d qabul qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston SSR xalq xo\u2019jaligini rivojlantirishning besh yillik plani ko\u2019zda tutgan asosiy maqsad va vazifalari sotsialistik sektorning xalq xo\u2019jaligidagi salmog\u2019ini sistematik ravihda oshirib borish va respublikaning mamlakatimiz markaziy rayonlariga nisbatan tarixan vujudga kelgan iqtisodiy qoloqligini tugatishdan iborat bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi besh yillikda respublikaning energetika sanoati ayiqsa, tez rivojlandi. Samarqand elektrostansiyasi rekonstruksiya qilishganligi natijasida uning quvvati ancha ko\u2019paydi. Mamlakat industrlashtirilayotganligi va qihloq xo\u2019jaligi zamonaviy teznika bilan ta\u2019minlanayotganligi tufayli qishloq xo\u2019jaligini yoppasiga kollektivlashtirish va quloqlarni sinf sifatida tugatish uchun zarur shart-sharoit vujudga keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cYigirma besh mingchi\u201d ishchilar qishloq xo\u2019jaligini kollektivlashtirishga katta yordam berishdi. VKP (b) Markaziy Komiteti noyabr (1929 yil) Plenumining qaroriga muvofiq, 1930 yilning boshida O\u2019zbekistonga Moskva, Leningrad, Ivanovo-Voznesensk va boshqa shaharlarning aktiv ishchilaridan 433 kishi yuborildi. Bundan tashqari respublika shaharlaridan qishloqlarda ishlash uchun 253 kishi yuborildi. Shunday qilib, partiya ishiga sodiq bo\u2019lgan ishchilardan 700 ga yaqin kishi xo\u2019jalikni sotsialistik qayta qurishda qishloq mehnatkashlariga yordam berish uchun respublika qishloqlariga keldi. Ishchilardan tuzilgan maxsus otaliq brigadalari kolxozlarga ishlab chiqarish va texnika yordami ko\u2019rsatish uchun Rossiyaning sanoat markazlridan O\u2019zbekistonga yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1930 yilda Farg\u2019ona, Yangi Buxoro (Kogon), Asaka, Yangiqo\u2019rg\u2019on, Yangiyo\u2019l, Bag\u2019dod, Rishton va Shofrikon rayonlarida MTS lar tashkil etildi. Bular dehqonlar ommasining kolxozlar tomon burilishini ta\u2019minlashda yangi vosita bo\u2019ldi. 1930 yilning 1 oktabriga qadar O\u2019zbekistonda 3576 ya kolxoz tashkil etildi, bu kolxozlar dehqon xo\u2019jaliklarining 34,5 protsentini o\u2019z safida birlashtirdi, vaholanki, shu yilning boshida qishloq xo\u2019jalik artellairda birlashgan xo\u2019jaliklar jamiki dehqon xo\u2019jaliklarining 10,08 protsentidan iborat edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kollektirvlashtirishning tez sur\u2019atlar bilan borishining boisi, o\u2019rta dehqonlarning qishloq xo\u2019jalik artellariga aktiv kira boshlashida, quloq, boy va boshqa dushman unsurlar faoliyatining fosh qilinishidadir. Biroq respublikaning ayrim rayonlarida shoshma-shosharlik va VKP (b) Markaziy Komitetining kolxoz qurilishida ixtiyoriylik printsiplariga rioya qilish to\u2019g\u2019risidagi ko\u2019rsatmalarini buzish hollari ro\u2019y berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Kommunistik partiyasining IV s\u2019yezdi (1929 yil fevral) VKP (b) MK va VKP (b) MK O\u2019rta Osiyo Byurosining industrlashtirish va qishloq xo\u2019jaligini sotsialistik asosda qayta qurishga qaratilgan yo\u2019lini maqulladi hamda sotsialiatik qurilish sohasida respublika partiya tashkilotlarining konkret vazifalarini belgilab berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1930 yil 4 iyunda O\u2019zbekiston Kommunistik partiyasining V s\u2019yezdi ochildi. S\u2019yezd kolxoz harakati ommaviy tus olgan va sinfiy kurash keskinlashgan vaziyatda o\u2019tdi. S\u2019yezd O\u2019zbekiston partiya tashkiloti kollektivlashtirish vaqtida yo\u2019l qo\u2019yilgan xato va kamchiliklarni VKP (b) Markaziy Komitetining 1930 yil 15 martdagi qarori asosida tuzatishga kirishganligini qayd qildi. Kolxoz harakatida partiya yo\u2019lini buzuvchilarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borilganligi tufayli kollektivlashtirishda erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va ko\u2019klamgi ekishni o\u2019z vaqtida o\u2019tkazishni ta\u2019minlash imkoniyati tug\u2019ildi. Kolxozlar 1930 yilning bahorida jamiki paxta maydonining 34,3 protsentiga chigit ekdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>S&#8217;yezd kollektiv qishloq xo\u2019jaligi negizida paxtachilikni yanada rivojlantirish masalalariga katta e\u2019tibor berdi. A.Ikromov O\u2019zbekiston K (b) P Markaziy Komitetining ishi to\u2019g\u2019risida qilgan hisobot dokladida uqtirib aytdiki, \u201cpaxtachilikni rivojlantirish Sovet Ittifoqini industlashtirishga katta yordamgina berib qolmasdan, shu bilan birga, O\u2019zbekistonda qishloq xo\u2019jaligini sotsialistik rekonstruksiyalash ishini ham ko\u2019p marta yengillashtiradi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>S\u2019yezdda qabul qilingan qarorda paxtachilikni rivojlantirish batrak \u2013 kambag\u2019al va o\u2019rta dehqonlar ommasining moddiy va madaniy darajasini ko\u2019tarish uchun qulay sharoit yaratib beradi, milliy tengsizlik elementlarini yo\u2019qotishga yordam beradi, mamlakatni industlashtirishga va qishloq xo\u2019jaligini kollektivlashtirishga katta yordam ko\u2019rsatadi, deb ta\u2019kidlab o\u2019tildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Kommunistik partiyasi V s\u2019yezdining kolxoz qurilishiga doir qarorlari respublika kommunistlarini partiya yo\u2019lini buzuvchilarga qarshi kurashni kuchaytirishga safarbar qildi, kolxozlarning birinchi hosilini yig\u2019ib terib olishni muvaffaqiyatli o\u2019tkazishni ta\u2019minladi, kolxozchilik harakatini kuchaytirishga va respublikada paxtachilikni rivojlantirishga yordam bergan zo\u2019r vosita bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq xo\u2019jaligini sotsialistik rekonstruksiyalash vazifalarini hal etish mutaxassis kadrlar tayyorlashni ko\u2019paytirishni talab qildi. 1925 yilda respublikada hammasi bo\u2019lib ikkita oliy o\u2019quv yurti va 23 ta o\u2019rta maxsus o\u2019quv yurti mavjud edi. 1929-1930 yilida esa oliy o\u2019quv yurtlari 23 taga va o\u2019rta maxsus o\u2019quv yurtlari 32 taga yetdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqnad oliy o\u2019quv yurtlari: Oliy pedagogika instituti, Xalq xo\u2019jaligi instituti, Qishloq xo\u2019jaligi instituti, Qishloq xo\u2019jaligi instituti va Meditsina instituti respublika uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga katta hissa qo\u2019shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Moskvadagi Sharq mehnatkashlarining kommunistik universiteti, Ya.M.Sverdlov nomidagi kommunistik universitet, Toshkentdagi V.I.Lenin nomidagi O\u2019rta Osiyo kommunistik universiteti va Samarqanddagi O\u2019zbekiston kommunistik universiteti partiya, sovet va ideologiya kadrlarini tayyorlashda muhim rol o\u2019ynadi. Respublikadagi ikkita kommunistik universitetda mahalliy millatlardan bo\u2019lgan bir mingdan ko\u2019proq student o\u2019qib turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1928 yilda Samarqand Muzika-tadqiqot instituti tashkil etildi. Keyin O\u2019zbekistonning atoqli kompozitorlari M.Ashrafiy, T.Sodiqov, M.Burxonov va boshqalar boshlang\u2019ich muzika ta\u2019limini mana shu institutda oldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Mehnatkashlarning siyosiy bilimini oshirishda juda katta siljishlar ro\u2019y berdi. Bu ishda sovet matbuoti muhim rol o\u2019ynadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Madaniy-oqartuv ishlarini yaxshilash maqsadida mahalliy hokimiyat organlari huzurida madaniy qurilish Sovetlari tuzildi va bular aholiga madaniy xizmat ko\u2019rsatishni yo\u2019lga qo\u2019yish choralarini ko\u2019rdilar. Klub va kutubxona xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun 1925 yilda Samarqandda qisqa muddatli kurslar ochildi, bu kurslarda 80 kishi, shu jumladan, xotin-qizlardan 11 kishi o\u2019qib ta\u2019lim oldi. Keyinroq bunday kurslar Toshkentda, Farg\u2019onada va boshqa oblastlarning markazlarida ham ochildi. Madaniy-oqartuv muassasalarning vazifalari, ular bajarayotgan ishning hajmi va mazmuni o\u2019sa borgan sari shu muassasalarning xodimlarini tayyorlash yildan yilga takomillashtirilaverdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qishloq xo\u2019jaligi bilimlarini tarqatish kollektivlashtirish yillarida qishloqlardagi madaniy-oqartuv muassasalari ishining eng muhim uchastkasi bo\u2019ldi. VKP (b) Markaziy Komitetining noyabr Plenumi (1928 yil) dehqonlarning agronomga savodsizligini tugatish va qishloq xo\u2019jalik bilimlarini keng propaganda qilishni uyushtirish masalasini qo\u2019ydi. Bu muhim ishda qishloq agronomlari va maorif xodimlari katta rol o\u2019ynadilar. 1930 yilda Samarqandda agrokolxoz universiteti tashkil qilindi. Bu universitet kolxoz ishlab chiqarishning brigadalarini, tabelchilar, buxgalterlar, uchyotchiklar hamda qishloq uchun madaniy-oqartuv muassasalari xodimlarini tayyorlab berish bilan shug\u2019ullandi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining va unig xalq xo\u2019jaligi rekonstruksiyasining barpo bo\u2019lishi natijasida madaniyat ravnaqi ham tezlashdi. Xalq maorifi, sog\u2019liqni saqlash va ong-bilim masalalari Kommunistik partiya va sovet organlarining diqqat markazida bo\u2019ldi. Mamlakatimiz xalqlarining qardoshlarcha yordami tufayli O\u2019zbekiston maktab tarmoqlari, o\u2019rta va oliy o\u2019quv yurtlari, meditsina va madaniy-oqartuv muassasalari kengaydi, fan, adabiyot, san\u2019at ravnaq topdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>RKP(b) Markaziy Siyosiy byurosi va oktyabr (1924 yil) Plenumi, SSSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Komitetining II sessiyasi Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti sessiyasining, Butun Buxoro 5-Sovetlar qurultoyining va Butun Xorazm 5-Sovetlar qurultoyining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqand-ozbekiston-ssrning-birinchi-poytaxti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-138328","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/138328","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=138328"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/138328\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":138330,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/138328\/revisions\/138330"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=138328"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=138328"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=138328"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}