{"id":13861,"date":"2022-01-04T13:55:41","date_gmt":"2022-01-04T10:55:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13861"},"modified":"2022-01-04T13:55:42","modified_gmt":"2022-01-04T10:55:42","slug":"yoqubov-odil","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yoqubov-odil\/","title":{"rendered":"YOQUBOV ODIL"},"content":{"rendered":"\n<p>YOQUBOV ODIL (1926.20.10, hoirgi Janubiy Qozog&#8217;iston viloyati Qarnoq qishlog&#8217;i) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1985). 2-jahon urushi qatnashchisi. ToshDU filologiya fakultetini tugatgan (1956). O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1955-59), &#8220;Literaturnaya gazeta&#8221;ning O&#8217;zbekistondagi maxsus muxbiri (1959-63; 1967\u2014 70), &#8220;O&#8217;zbekfilm&#8221; kinostudiyasi va O&#8217;zbekiston davlat kinematografiya qo&#8217;mitasida bosh muharrir (1963\u2014 67), G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi adabiyot va san&#8217;at nashriyotida bosh muharrir o&#8217;rinbosari (1970-82), &#8220;O&#8217;zbekiston adabiyoti va san&#8217;ati&#8221; gazetasi bosh muxarriri (1982-87), O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi (1987-91), O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi atamashunoslik qo&#8217;mitasi raisi (1991 yildan) va ayni vaqtda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining birinchi vitseprezidenti (1995 yildan). Dastlabki asari\u2014 &#8220;Tengdoshlar&#8221; qissasi 1951 yilda e&#8217;lon qilingan. &#8220;Dastlabki qadam&#8221; (1953), &#8220;Ikki muhabbat&#8221; (1955) hikoyalar to&#8217;plami, &#8220;Tilla uzuk&#8221; (1961) qissa va hikoyalar to&#8217;plamida muhabbatni insonga xos ulug&#8217;, muqaddas xislat sifatida tasvirlaydi. &#8220;Muqaddas&#8221; qissasida (1960) Yoqubovning chinakam yozuvchiga xos uslubi va yo&#8217;li namoyon bo&#8217;ldi. Mazkur asarda xudbinlik yo&#8217;liga tusha boshlagan yigitning to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lga qaytishi masalasi qalamga olingan. &#8220;Er boshiga ish tushsa&#8230;&#8221; romani (1966) 2-jahon urushi davridagi front orqasidagi hayot, mehnat qahramonliklari, xalqimizning vatanparvarligi va mardligi haqida. &#8220;Bir feleton qissasi&#8221; (1961), &#8220;Qanot juft bo&#8217;ladi&#8221;, &#8220;Matluba&#8221; (1970) qissalari va ko&#8217;pgina hikoyalarida yoshlarning turmushda yuz bergan ziddiyatlarga qarshi mardonavor kurashi, muhabbati tasvirlangan. &#8220;Ulugbek xazinasi&#8221; romani (1973) olim va hukmdor Ulugbek davridagi ijtimoiy munosabatlar, olis o&#8217;tmishimizdagi nur va zulmat o&#8217;rtasidagi kurash haqidagi asardir. Romanda ayanchli taqdirlar, fojialar ko&#8217;p, ammo optimistik ruh\u2014 inson tafakkuri va ezgulikning tantanasiga ishonch bor. &#8220;Ko&#8217;hna dunyo&#8221; (1982) romanida o&#8217;rta asrda yashab jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo&#8217;shgan olimlar Ibn Sino va Beruniyning fojiali taqdiri qalamga olingan. &#8220;Diyonat&#8221; (1977), &#8220;Oq qushlar, oppoq qushlar&#8221; (1988), &#8220;Adolat manzili&#8221; (1998) romanlarida o&#8217;zbek xalqining 20 asrning 60\u201470 yillaridagi hayoti va kurashi manzaralari haqqoniy tasvirlangan. Garchi bu asarlarning asosiy qahramonlari turli sohalarning vakillari, xarakterlari ham turlicha bo&#8217;lsada, taqdirlari, maqsad va intilishlari bilan bir-birlariga o&#8217;xshaydilar. Ular nopob tuzumda yashab ko&#8217;p nohaqliklarni, fojialarni boshdan kechirgan, ammo tinmay mehnat qilgan va kurashgan, milliy mustaqillik poydevorini qurgan, mustahkam irodali, mard va olijanob insonlardir. Yoqubov mazkur romanlari bilan o&#8217;zbek nasridagi ijtimoiy ruh, keskin konflikt, xarakterlar, psixologizmni sezilarli darajada kuchaytirdi, uni yangi xarakterlar, yangi badiiy xulosalar bilan boyitdi. Yoqubov &#8220;Chin muhabbat&#8221; (1955), &#8220;Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi&#8221;, &#8220;Yurak yonmog&#8217;i kerak&#8221; (1958), &#8220;Olma gullaganda&#8221; (1961), &#8220;Muzaffar Temur&#8221; (1996), &#8220;Bir koshona sirlari&#8221; (2000) kabi pyesalar, &#8220;Dilbarim&#8221;, &#8220;Baqor yomg&#8217;irlari&#8221; kinossenariylari (1971) muallifi. Yoqubov mohir tarjimon, munaqqid, publitsist. Uning Abdulla Qodiriy, G&#8217;afur G&#8217;ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar ijodiga bag&#8217;ishlangan adabiy portret va maqolalari bor. Asarlari chet tillarga, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Yoqubov ijodi haqida adabiyotshunoslar Matyoqub Qo&#8217;shjonov, Ozod Sharafiddinov, Leonid Terakoyan, Umarali Normashov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqa ilmiy tadqiqot ishlari qilishgan. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977), &#8220;Do&#8217;stlik&#8221; (1994), &#8220;El-yurt hurmati&#8221; (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. As: Saylanma [3 jildli], T., 1987. Ad.: Qo&#8217;shjonov M., Hayot va mahorat, T., 1962. Habibullo Bektemirov, Alinazar Egamnazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOQUBOV ODIL (1926.20.10, hoirgi Janubiy Qozog&#8217;iston viloyati Qarnoq qishlog&#8217;i) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1985). 2-jahon urushi qatnashchisi. ToshDU filologiya fakultetini tugatgan (1956). O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1955-59), &#8220;Literaturnaya gazeta&#8221;ning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yoqubov-odil\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13861","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13861","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13861"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13861\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13874,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13861\/revisions\/13874"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13861"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13861"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13861"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}