{"id":13905,"date":"2022-01-07T18:09:31","date_gmt":"2022-01-07T15:09:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13905"},"modified":"2022-01-07T18:09:32","modified_gmt":"2022-01-07T15:09:32","slug":"yog-bosish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yog-bosish\/","title":{"rendered":"YOG&#8217; BOSISH"},"content":{"rendered":"\n<p>YOG&#8217; BOSISH, semirib ketish \u2014 organizm to&#8217;qimalarida, asosan teri ostidagi yog&#8217; kletchatkasida, shuningdek, qorin bo&#8217;shlig&#8217;ida ortiqcha yog&#8217; (ko&#8217;proq charvi) yig&#8217;ilishi. Gavda vaznining ancha ortganligi organizmda suv to&#8217;planishiga aloqador bo&#8217;lmasa, deyarli xamisha Yog&#8217; bosishdan darak beradi. Yog&#8217; bosishda ko&#8217;pincha organizmga zo&#8217;r keladi: yurak ishi, qon aylanishi qiyinlashadi, kishi halloslaydi, tez charchaydi, ish qobiliyati va infektsion kasalliklarga chidamliligi kamayadi, ateroskleroz va boshqa ba&#8217;zi kasalliklar paydo bo&#8217;lishiga imkon tug&#8217;iladi. Bunda kishi organizmi ehtiyoji (sarf qiladigan energiyasi) ga nisbatan ortiq ovqatni o&#8217;zlashtiradi. Ammo ko&#8217;p kishilar ko&#8217;p ovqat yeyish bilan birga, ularda energiya ham ko&#8217;p sarflanadi, moddalar almashinu VI kuchli bo&#8217;ladi, ularni yog&#8217; bosmaydi. Moddalar almashinuvi susayganda ham yog&#8217;bosishi mumkin. Ovqat ko&#8217;p yeyilganda Yog&#8217; bosish ichki sekresiya bezlari bilan nerv sistemasining holatiga ancha bog&#8217;liq. Yog&#8217; bosish moddalar almashinuvi buzilishidan kelib chiqadigan turli kasalliklar (podagra, diabet va hokazolar) bilan birga, jinsiy bezlar faoliyati susaygan davrda ko&#8217;proq kuzatiladi. Har qanday jismoniy ish energiya sarfini oshiradi va moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Yog&#8217; bosishning oldini olish uchun badan tarbiya bilan shug&#8217;ullanish, piyoda yurish, jismoniy ish qilish, ayni vaqtda ovqatni kamroq (to&#8217;ymasdan) eyish kerak. Oson hazm bo&#8217;ladigan uglevodlar (oq non, xamir ovqatlar, kartoshka, qandshakar, asal, murabbo va shu kabilar) ayniqsa kam iste&#8217;mol qilinishi lozim. Suvni ham kamroq ichish, spirtli ichimliklarni mutlaqo ichmaslik zarur. Haddan tashqari semirib ketgan kishilarga parhez ovqatlar buyuriladi. Asosan sabzavot, oshko&#8217;k, shirasi kam mevalar iste&#8217;mol qilinadi. Bemor vrach nazorati ostida davolanadi. 7-9 kunda bir kun nuqul olma (1500 gramm) yeyiladi yoki faqat sut (5 stakan) ichiladi, yoki bir kun 3 mahal shirguruch va 800-1000 gramm olma yeyiladi, yoki shirasi kam meva bilan sabzavot (1500 gramm) 4-5 mahal iste&#8217;mol qilinadi. Yog&#8217; bosishga davo qilishda davolash badan tarbiyasi va fizioterapiya tadbirlari (suv, massaj) ning ahamiyati katta.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOG&#8217; BOSISH, semirib ketish \u2014 organizm to&#8217;qimalarida, asosan teri ostidagi yog&#8217; kletchatkasida, shuningdek, qorin bo&#8217;shlig&#8217;ida ortiqcha yog&#8217; (ko&#8217;proq charvi) yig&#8217;ilishi. Gavda vaznining ancha ortganligi organizmda suv to&#8217;planishiga aloqador bo&#8217;lmasa, deyarli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yog-bosish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13905","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13905","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13905"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13905\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13921,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13905\/revisions\/13921"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13905"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13905"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13905"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}