{"id":13914,"date":"2022-01-07T18:12:14","date_gmt":"2022-01-07T15:12:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13914"},"modified":"2022-01-07T18:12:15","modified_gmt":"2022-01-07T15:12:15","slug":"yog-moy-sanoati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yog-moy-sanoati\/","title":{"rendered":"YOG&#8217;-MOY SANOATI"},"content":{"rendered":"\n<p>YOG&#8217;-MOY SANOATI \u2014 oziq-ovqat sanoatining o&#8217;simlik moyi ishlab chiqarish, yog&#8217;larni tozalash, gidrogenlash, dezodoratsiyalash, gliserin, margarin, mayonez, xo&#8217;jalik sovunlari, sintetik moy kislotalari asosida kir yuvish vositalari, aliflar va boshqa mahsulotlar tayyorlashni o&#8217;z ichiga oladigan tarmog&#8217;i. O&#8217;zbekistonda Yog&#8217;-moy sanoati oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqdaridan hisobanadi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan oziqovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40% ga yaqinini beradi. O&#8217;zbekiston Respublikasida Yog&#8217;-moy sanoati rivojlanishi paxta yetishtirishning o&#8217;sishi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgani sababli yog&#8217;-moy korxonalari xom ashyoga yaqin yerlarga qurilgan va respublikaning hamma viloyatlarida (Navoiy viloyatidan tashqari) mavjud. O&#8217;zbekistonning zamonaviy Yog&#8217;-moy sanoatida yiliga 3,5 million tonna chigit va boshqa moyli o&#8217;simliklar urug&#8217;larini qayta ishlash quvvatiga ega bo&#8217;lgan 21 korxona ishlaydi (2001).Korxonalar &#8220;Yog&#8217;moytamakisanoat&#8221; uyushmasi tarkibiga kiradi, tarmoqdagi eng yirik korxonalar: &#8220;Yangiyo&#8217;l yog&#8217;-moy&#8221;, &#8220;Kattaqo&#8217;rg&#8217;on yog&#8217;-moy&#8221;, &#8220;Buxoro yog&#8217;ekstraktsiya&#8221;, &#8220;Qarshi yog&#8217;ekstraktsiya&#8221;, &#8220;Qo&#8217;qon yog&#8217;-moy&#8221;, &#8220;Farg&#8217;ona yog&#8217;-moy&#8221;, &#8220;Andijon yog&#8217;-moy&#8221;, &#8220;Asaka ekstraktsiya&#8221;, &#8220;Uchqo&#8217;rg&#8217;on yog&#8217;ekstraktsiya&#8221;, &#8220;Namangan yog&#8217;ekstraktsiya&#8221;, &#8220;Toshmargyog'&#8221; (Toshkent shahri), &#8220;Surxon oziqovqatsanoat&#8221; (Denov shahri), &#8220;Guliston yog&#8217;ekstraktsiya&#8221;, &#8220;Kogon yog&#8217;ekstraktsiya&#8221;, &#8220;Urganch yog&#8217;-moy&#8221;, &#8220;Koson yog&#8217;ekstraktsiya&#8221;, &#8220;Xo&#8217;jaylimoy&#8221;, &#8220;Yog&#8217;gar&#8221; (Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Beruniy shahri), &#8220;Chimboymoy&#8221; aktsiyadorlik jamiyatlari. Korxonalarda jami 227 ming tonna o&#8217;simlik moyi ishlab chiqarildi (2000). O&#8217;rta Osiyoda juda qadimdan turli o&#8217;simliklar, moyli ekinlar urug&#8217;laridan yog&#8217;olish bilan shug&#8217;ullanib kelingan. Yog&#8217; asosan juvozpatsha olingan. Xom ashyo sifatida paxta chigiti, kunjut, zig&#8217;ir, mahsar, yer yong&#8217;oq, danaklar va boshqalardan foydalanilgan. Turkiston o&#8217;lkasida temir yo\u2019l qurilishi va tashqi bozorlar bilan aloqaning yaxshilanishi natijasida Yog&#8217;-moy sanoati ham rivojlandi. O&#8217;zbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli birinchi zavod 1884 yilda Qo&#8217;qonda ishga tushirilgan, 1896 yilda Kattaqo&#8217;rg&#8217;on shahrida (Samarqand viloyati) yog&#8217; zavoi qurildi. 1913-14 yillarda 30 ta yog&#8217; zavodi bo&#8217;lib, 57 ming tonna o&#8217;simlik yog&#8217;i ishlab chiqarilgan. Oktyabr to&#8217;ntarishidan keyin Sho&#8217;rolar hukumati barcha sanoat korxonalari kabi, yog&#8217; zavodlarini ham natsionalizatsiya qilishi natijasida zavodlar faoliyati to&#8217;xtab qolgan. 1922 yil boryo&#8217;g&#8217;i 2 ta yog&#8217; zavodi ishlab turgan. O&#8217;zbekistonda paxta maydonlarining kengayishi va paxta yetishtirishning ko&#8217;payib borishi bilan bog&#8217;liq holda 30-yillardan boshlab Yog&#8217;-moy sanoati sezilarli taraqqiy etdi, 1929-33 yillarda 1612 ming tonna chigit qayta ishlandi va 247,3 ming tonna o&#8217;simlik yog&#8217;i tayyorlandi. 1971 \u2014 75 yillarda 11 million tonnaga yaqin chigit qayta ishlanib 1549,6 ming tonna o&#8217;simlik moyi tayyorlandi. 1930 yillarda hozirgi quvvati 810-950 t\/sutka chigit bo&#8217;lgan Qo&#8217;qon va Kattaqo&#8217;rg&#8217;on yog&#8217;-moy kombinatlari, 1980 yilda quvvati 1200 t\/sutka chigit bo&#8217;lgan Koson va Guliston yog&#8217; ekstraktsiya zavodlari qurilib, ishga tushirildi. Yog&#8217;-moy sanoati taraqqiy etishi natijasida yangi xil mahsulotlar ham tayyorlana boshladi. Avval faqat tozalanmagan (qora) paxta yog&#8217;i tayyorlangan bo&#8217;lsa, keyinchalik yog&#8217;ni tozalash yo&#8217;lga qo&#8217;yildi va oliy navli tozalangan yog&#8217;ishlab chiqarildi, oziqovqat uchun va texnikada ishlatiladigan salomas, gliserin, moy kislotalari, margarin, mayonez, sovunlar, sintetik kir yuvish vositalari, turli loklar, bo&#8217;yoq moddalari ishlab chiqarish o&#8217;zlashtirildi. Yog&#8217;-moy sanoati chiqindilarsiz ishlash sxemasida ishlaydi. O&#8217;simlik moyi presslash va ekstraktsiya yo&#8217;li bilan olinib, ketma-ket tozalanadi va dezodoratsiyalanadi. Ayrim korxonalarda keying yillarda kungaboqar pistasi va mahsar urug&#8217;laridan yog&#8217; ishlab chiqarish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to&#8217;liq foydalanish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini ko&#8217;paytirish maqsadida import bo&#8217;yicha soya dukkagi olinmokda. Ularni qayta ishlashdan chiqqan soya shrotlari chorva mollari va parrandalar uchun to&#8217;yimli ozuqa hisoblanadi. Iste&#8217;mol moylarining qimmatli turlarini ishlab chiqarishda konserva zavodlarining chiqindilari bo&#8217;lgan meva-sabzavot va poliz ekinlarining danak va urug&#8217;laridan foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan o&#8217;simlik moyi turlari ko&#8217;paytirilmoqda. &#8220;Qo&#8217;qon yog&#8217;-moy&#8221; aktsiyadorlik jamiyatida meva-sabzavot danaklaridan, shu jumladan, shaftoli, o&#8217;rik, uzum, bodom, tarvuz, qovun, pomidor va boshqa urug&#8217;laridan ishlab chiqarilayotgan yog&#8217;-moy mahsulotlari attorlik va oziq-ovqat sanoatida katta talab bilan foydalanilmoqda. 90 yillarning 2-yarmidan yog&#8217;-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, iste&#8217;mol va saqlash uchun qulay idishlarga qadoqlash bo&#8217;yicha yangi texnologiyalar keng miqyosda o&#8217;zlashtirilmoqda. Margarin mahsulotlari &#8220;Tashmargyog'&#8221; aktsiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilmoqda (ishlab chiqarish yillik quvvati 22,4 ming tonna). Buxoro shahrida O&#8217;zbekiston-Isroil &#8220;BuxTel&#8221; mayonez ishlab chiqaradigan zamonaviy qo&#8217;shma korxonasi tashkil etildi. Kirsovun va atirsovun tarmoqdagi 10 ta korxonada \u2014 Farg&#8217;ona, Yangiyo&#8217;l, Andijon, Urganch, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Keles shahridagi korxonalarda ishlab chiqariladi (yalpi yillik quvvati 103,7 ming tonna). 1996 yildan respublikada sovun ishlab chiqarish korxonalarini yuqori sifatli xom ashyo bilan ta&#8217;minlash uchun &#8220;Urganchyog&#8221; aktsiyadorlik jamiyatida chigit soapstoki asosida yog&#8217;kislotalari (palmitin va olein kislotalari) ishlab chiqarish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda &#8220;Krupp&#8221;, &#8220;SKET&#8221; (Germaniya), &#8220;Alfalaval&#8221; (Shvesiya), &#8220;Jon Braun&#8221;, &#8220;Karver&#8221;, &#8220;Kraun&#8221; (AQSh), &#8220;Mossoni&#8221;, &#8220;Bollistra&#8221; (Italiya), Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermoqda. 1996 yildan boshlab Yog&#8217;-moy sanoati tarmog&#8217;iga to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri chet el investitsiyalari jalb qilinmoqda. Buning natijasida tarmoqda 9 qo&#8217;shma korxona tashkil etildi va faoliyat yuritmoqda. Xorijiy mamlakatlardan Italiya, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Frantsiya va AQShda Yog&#8217;-moy sanoati rivojlangan. O&#8217;z xom ashyo bazasida ishlaydi, asosan kungaboqar, zaytun va boshqa o&#8217;simlik moylari, margarin mahsulotlari, sovun va sintetik yuvish vositalari katta hajmlarda ishlab chiqariladi. Ad.: Bakirov A., El cho&#8217;michini moy qilayotganlar, T., 1996; Sotvoldiev A., Navqironlik sari qadam, T., 2000. Azamat Jamolov, Nuriddin Musayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOG&#8217;-MOY SANOATI \u2014 oziq-ovqat sanoatining o&#8217;simlik moyi ishlab chiqarish, yog&#8217;larni tozalash, gidrogenlash, dezodoratsiyalash, gliserin, margarin, mayonez, xo&#8217;jalik sovunlari, sintetik moy kislotalari asosida kir yuvish vositalari, aliflar va boshqa mahsulotlar tayyorlashni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yog-moy-sanoati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13914","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13914","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13914"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13914\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13930,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13914\/revisions\/13930"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13914"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13914"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13914"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}