{"id":13980,"date":"2022-01-08T11:11:58","date_gmt":"2022-01-08T08:11:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=13980"},"modified":"2022-01-08T11:11:59","modified_gmt":"2022-01-08T08:11:59","slug":"yogoch-materiallar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yogoch-materiallar\/","title":{"rendered":"YOG&#8217;OCH MATERIALLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>YOG&#8217;OCH MATERIALLAR \u2014 tabiiy yog&#8217;ochdan tayyorlanadigan taxta, xari, xoda va boshqalar; tabiiy yog&#8217;ochga bog&#8217;lovchi moddalar (sintetik smolalar) shimdirib va yuqori temperaturalarda bosim ostida ishlov berib, yelimlab olinadigan qurilish, mebelsozlik, kemasozlik materiallari. Tayyorlanish usuliga ko&#8217;ra tilingan va tilinmagan, presslangan, modda shimdirilgan, qatlamqatlam qilib yelimlab yopishtirilgan yog&#8217;ochlarga, yog&#8217;och plastika va plitalarga bo&#8217;linadi. Tabiiy Yog&#8217;och materiallar \u2014 xari, xoda, g&#8217;o&#8217;la; yo&#8217;nilgan, yorilgan materiallar, tilingan (taxta), payraha, faner, qipiq va boshqa materiallar. Modda shimdirilgan Yog&#8217;och materiallar \u2014 antiseptik vositalar va yog&#8217;och smolasi shimdirilgan materiallar. Presslangan Yog&#8217;och materiallar \u2014 tolaning ko&#8217;ndalang yo&#8217;nalishi bo&#8217;yicha ZOMN\/m2 (300 kg. kuch\/ sm2) bosim ostida va 100-250\u00b0 temperaturada qizdirib bir tomonlama, ikki tomonlama va kontur bo&#8217;yicha zichlab olinadigan materiallar. Bunday Yog&#8217;och materiallarning zichligi 1200-1450 kg\/m3 bo&#8217;ladi. Yelimlangan Yog&#8217;och materiallar \u2014 fizik-mexanik xossalari deyarli bir xil bo&#8217;lgan yog&#8217;och qatlamlarini birbiriga yopishtirib (yelimlab va presslab) olinadigan qalin, uzun va enli materiallar. Qatlam-qatlam Yog&#8217;och materiallar \u2014 shpon yoki randalangan fanerlarni sintetik smola yoki oqsil yelim bilan yopishtirib olinadigan material. Plastik Yog&#8217;och materiallar \u2014 payraha, qipiq, maydalangan yog&#8217;och va boshqa organik yoki mineral bog&#8217;lovchilar (10-30%) dan tayyorlanadigan plitalar, yog&#8217;och plastika, fibroplitalar va boshqalar. Yog&#8217;och tolali plitalar yog&#8217;och massasidan presslab tayyorlanadi. Yog&#8217;och materiallardan qog&#8217;oztsellyuloza tayyorlash va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Yog&#8217;och materiallar qurilish, kemasozlik va mebelsozlikda hamda yoqilg&#8217;i sifatida ishlatiladi. Tabiiy Yog&#8217;och materiallar daraxt tanasidan olinadi. Daraxt tanasi o&#8217;zak, yog&#8217;ochlik, tola va po&#8217;stloqdan iborat. Ayrim daraxtlarning faqat po&#8217;stloq va o&#8217;zak qismi ishlatiladi. O&#8217;zbekistonda Yog&#8217;och materiallar tol, yong&#8217;oq, tut, archa, terak, qayrag&#8217;ochdan tayyorlanadi. Qayrag&#8217;och yog&#8217;ochidan arava g&#8217;ildiragi va o&#8217;qlari qam yasaladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOG&#8217;OCH MATERIALLAR \u2014 tabiiy yog&#8217;ochdan tayyorlanadigan taxta, xari, xoda va boshqalar; tabiiy yog&#8217;ochga bog&#8217;lovchi moddalar (sintetik smolalar) shimdirib va yuqori temperaturalarda bosim ostida ishlov berib, yelimlab olinadigan qurilish, mebelsozlik, kemasozlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yogoch-materiallar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-13980","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13980","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13980"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13980\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13986,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13980\/revisions\/13986"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13980"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13980"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13980"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}