{"id":14003,"date":"2022-01-08T11:17:48","date_gmt":"2022-01-08T08:17:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14003"},"modified":"2022-01-08T11:17:48","modified_gmt":"2022-01-08T08:17:48","slug":"yogochsozlik-sanoati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yogochsozlik-sanoati\/","title":{"rendered":"YOG&#8217;OCHSOZLIK SANOATI"},"content":{"rendered":"\n<p>YOG&#8217;OCHSOZLIK SANOATI o&#8217;rmon sanoatining yog&#8217;ochga mexanik va kimyoviymexanik ishlov berish, qayta ishlash hamda xom ashyo sifatida o&#8217;z ehtiyojlari uchun turli yog&#8217;ochlardan foydalanadigan tarmog&#8217;i. Yog&#8217;ochsozlik sanoati mahsulotlariga arralangan yog&#8217;och, shpal, faner, yog&#8217;och to&#8217;sinlar, qurilishda ishlatiladigan yog&#8217;och detallar, mebel, yog&#8217;och qipiklaridan va tolalaridan plitalar, parket, eshik, rom, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik, vagon qurilishi, qishloq xo\u2019jalik mashinalari uchun xomaki va tayyor detallar, qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari uchun qutilar, to&#8217;qimachilik sanoatiga g&#8217;altaklar, turli moslamalar, poyabzal qoliplar, asbobuskunalar va ularga g&#8217;iloflar, chang&#8217;i va boshqa sport anjomlari, gugurt va boshqalar kiradi. O&#8217;zbekistonda yog&#8217;ochsozlik, yog&#8217;ochdan turli anjomlar yasash qadimdan hunarmandlikning rivojlangan turi tarzida mahalliy xom ashyo resurslari bilan chegaralangan holda mavjud bo&#8217;lib kelgan. Yog&#8217;ochsozlik yoki duradgorlik (yog&#8217;ochni qirqish, tilish, yo&#8217;nish, randalash, parmalash), uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, egarsozlik, sandiqsozlik, beshiksozlik, panjarasozlik, o&#8217;ymakorlik singari juda ko&#8217;p tarmoqlardan iborat bo&#8217;lgan. Bu soxada uzoq vaqtgacha kichik korxonalar, oddiy mebel ishlab chiqaradigan artellar, kerakli asbob-uskuna bilan ta&#8217;minlangan tsexlar ishlab kelgan. 20 asrning 50\u201470 yillarida O&#8217;zbekistonda respublikaning yog&#8217;och va yog&#8217;ochdan ishlangan buyumlarga bo&#8217;lgan ehtiyoji to&#8217;laroq ta&#8217;minlanishini inobatga olgan holda Yog&#8217;ochsozlik sanoati taraqqiy eta boshladi. Qurilish kombinatlarining duradgorlik tsexlari asosida yirik yog&#8217;ochsozlik korxonalari tashkil etildi, ularda deraza va eshik, arralangan yog&#8217;och, to&#8217;sin, parket va boshqa duradgorlik mahsulotlarini sanoat usulida tayyorlashga o&#8217;tildi. Germaniya, Shvetsiya, Italiya va Rossiya mashinasozlik korxonalari bilan hamkorlikda Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi (1968), &#8220;Toshkent&#8221; yog&#8217;ochsozlik birlashmasi (1972 yil, quvvati 400 ming metr kvadrat rom, 500 ming metr kvadrat eshik tavaqalari), Toshkent quyoshdan himoya uskunalari zavodi (1974 yil, quvvati 400 ming metr kvadrat), yog&#8217;och chiqindilaridan presslangan qurilish taxtachalari ishlab chiqaradigan zavod (1976 yil, quvvati 20 ming metr kub) ishga tushirilganidan tashqari Sharqiy Sibirda O&#8217;zbekiston tashkilotlari qaramog&#8217;ida 11 o&#8217;rmon sanoati (daraxt kesish) xo&#8217;jaliklari ham ish yuritdi. Daraxt kesish xo&#8217;jaliklarida yiliga 500 ming metr kubdan ko&#8217;proq yog&#8217;och va taxta tayyorlanib, respublikaga keltirib turildi. 1978 yilga kelib O&#8217;zbekiston Sharqiy Sibirda yog&#8217;och tayyorlashdan yog\u2019och va taxtani sotib olishga o&#8217;tdi. O&#8217;zbekistonda yog&#8217;ochsozlik korxonalari sonini va ularning ishlab chiqarish quvvatlarini ko&#8217;paytirish ishlari uzluksiz davom ettirildi. 1979-1995 yillarda Toshkent, Asaka, Qo&#8217;qon shaharlarida yangi duradgorlik tsexlari ochildi. 1991 yilda quyoshdan himoya uskunalari zavodida plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan liniyalar, 1994 yil Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi bo&#8217;lgan &#8220;O&#8217;zellas&#8221; gugurt zavodi (O&#8217;zbekiston \u2014 Gresitya qo&#8217;shma korxonasi; yillik quvvati 300 million quti gugurt) mahsulot chiqara boshladi. 1995\u2014 2000 yillarda iqtisodiy islohotlar tufayli yog&#8217;ochni qayta ishlash sohasidagi barcha korxonalar davlat tasarrufidan chikarilib, ular asosida aktsiyadorlik, jamoa va xususiy korxonalar tashkil qilindi. Qator viloyatlarda qisqa vaqt ichida plastmassa va metalldan har birining quvvatini 10-20 ming metr kvadrat bo&#8217;lgan zamonaviy ko&#8217;rinishdagi eshik va rom tayyorlaydigan qo&#8217;shma va xususiy kichik korxonalar jadal sur&#8217;atda tashkil qilindi. Bu mahsulotlarning afzalligi rom va oynalar blok shaklda tayyorlanib, chang, sovuq va shovqinni o&#8217;tkazmaydi, issiqlikni tejaydi. O&#8217;zbekistonda Yog&#8217;ochsozlik sanoati tarkibidagi korxonalar yiliga 3 million metr kvadrat eshik va deraza romlari, 233 ming metr kvadrat parket, 1 million metr uzun o&#8217;lchovli buyumlar (Plintus, qoplamalar va boshqalar), 50 ming metr kvadrat quyoshdan himoya uskunalari, 2,5 million dona oshiq-moshiq, 50 ming metr kub taxta va boshqa mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega (2001). Shuningdek, ko&#8217;pgina jamoa va shirkat xo&#8217;jaliklari, kurilish tashkilotlarida arralangan yog&#8217;ochga ishlov berish va g&#8217;o&#8217;la yog&#8217;ochni tilish bilan shug&#8217;ullanadigan korxonalar bor. Respublika xalq xo&#8217;jaligi va aholining yog&#8217;och \u2014 taxtaga bo&#8217;lgan yillik ehtiyoji 10 million metr kubga boradi. Yog&#8217;och xom ashyosi taqchilligi tufayli Yog&#8217;ochsozlik sanoatidagi mavjud quvvatlarning yarmidan foydalanilmoqda. Respublikaning yog&#8217;och, taxta, qog&#8217;oz, tsellyuloza, gugurt va boshqalar bo&#8217;lgan ehtiyojini to&#8217;laroq qondirish, yog&#8217;ochni qayta ishlash sanoati korxonalarining xom ashyo bazasi mustaqilligini ta&#8217;minlash uchun respublika Vazirlar Mahkamasi 1994 yil 8 fevralda &#8220;sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o&#8217;suvchi yog&#8217;ochbop daraxtzorlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to&#8217;g&#8217;risida&#8221; qaror qabul qildi. Qarorda Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi va barcha viloyatlarda har yili 10 ming gektar, 10 yilda 100 ming gektar terakzor tashkil etish, yaqin kelajakda har yili 3 million metr kub sanoatbop va qurilish yog&#8217;ochi tayyorlash rejalashtirilgan. Xorijiy mamlakatlardan Rossiya, AQSh, Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya va Kanada kabi mamlakatlar iqtisodiyotida Yog&#8217;ochsozlik sanoati muhim o&#8217;rinda turadi. Bu mamlakatlardan o&#8217;rmon resurslari kam bo&#8217;lgan davlatlarga yog&#8217;och va yog&#8217;och mahsulotlari eksport qilinadi. Germaniya va Frantsiyada ham Yog&#8217;ochsozlik sanoati rivoj topgan. Mirhamid To&#8217;rayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YOG&#8217;OCHSOZLIK SANOATI o&#8217;rmon sanoatining yog&#8217;ochga mexanik va kimyoviymexanik ishlov berish, qayta ishlash hamda xom ashyo sifatida o&#8217;z ehtiyojlari uchun turli yog&#8217;ochlardan foydalanadigan tarmog&#8217;i. Yog&#8217;ochsozlik sanoati mahsulotlariga arralangan yog&#8217;och, shpal, faner, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yogochsozlik-sanoati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[113],"tags":[],"class_list":["post-14003","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yo-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14003","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14003"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14003\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14008,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14003\/revisions\/14008"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14003"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14003"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14003"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}