{"id":14100,"date":"2022-01-09T14:05:54","date_gmt":"2022-01-09T11:05:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14100"},"modified":"2022-01-09T14:05:55","modified_gmt":"2022-01-09T11:05:55","slug":"badboylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/badboylar\/","title":{"rendered":"BADBO&#8217;YLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BADBO&#8217;YLAR, skunslar (Mephitinae) \u2014 Susarlar kenja oilasiga mansub sut emizuvchilar. Anal bezlari yirtqich hayvonlarni cho&#8217;chitadigan juda badbo&#8217;y hidli suyuqlik ishlab chiqaradi. 9-11 turi, 3 urug&#8217;i (chipor Badbo&#8217;ylar \u2014 SpUogale, cho&#8217;chqaburun B.\u2014 Conepatus, yo&#8217;l-yo&#8217;l Badbo&#8217;ylar \u2014 Mephitis) ma&#8217;lum. Yo&#8217;l-yo&#8217;l Badbo&#8217;ylar tanasining uzunligi 28-38 santimetr, mo&#8217;ynasi qalin, yumshoq, qoramtir-qo&#8217;ng&#8217;ir rangda. Tanasining orqa tomonida boshidan dumigacha keng yo&#8217;li borligi tufayli uzoqdan ko&#8217;zga tashlanadi. Xavf tug&#8217;ilganda anal bezidan ko&#8217;zga ta&#8217;sir qiladigan suyuqpik sachratadi. O&#8217;rmon, cho&#8217;l va dasht mintaqalarida yozda yakka yakka, qishda to&#8217;da bo&#8217;lib yashaydi. Shim. hududlarida qishki uyquga ketadi. Odatda kechasi faol hayot kechiradi. O&#8217;simliklarning mevasi, mayda umurtqali hayvonlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Urg&#8217;ochilari uyasida bir yilda bir marta 4-10 ta bola tug&#8217;adi. Bolalari bir yildan so&#8217;ng voyaga yetadi. Yo&#8217;l-yo&#8217;l Badbo&#8217;ylar qimmatbaho mo&#8217;yna beradigan hayvon, maxsus fermalarda ko&#8217;paytiriladi. Chipor Badbo&#8217;ylar 2 turni o&#8217;z ichiga oladi, og&#8217;irligi 1 kilogrammdan oshmaydi. Juni juda yumshoq, qora rangda, yirik oq dog&#8217;lari bo&#8217;ladi. Dumidagi yunglari uzun, tumshug&#8217;ida kalta. AQShning Janubiy va Markaziy Amerikada tarqalgan. Cho&#8217;chqaburun Badbo&#8217;ylar 6-7 turdan iborat. Janubiy Amerikada tarqalgan. Tanasining uzunligi 30-49 santimetr, dumi 16\u2014 41 santimetr, og&#8217;irligi 2,3\u20144,5 kilogramm. Juni oq va qora. Oqburun Badbo&#8217;ylar (S. leuconotus) tanasi va boshi qora, orqa qismi, dumi va tumshug&#8217;ining uchi oq rangli.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BADBO&#8217;YLAR, skunslar (Mephitinae) \u2014 Susarlar kenja oilasiga mansub sut emizuvchilar. Anal bezlari yirtqich hayvonlarni cho&#8217;chitadigan juda badbo&#8217;y hidli suyuqlik ishlab chiqaradi. 9-11 turi, 3 urug&#8217;i (chipor Badbo&#8217;ylar \u2014 SpUogale, cho&#8217;chqaburun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/badboylar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14100","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14100","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14100"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14100\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14101,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14100\/revisions\/14101"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14100"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14100"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14100"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}