{"id":14109,"date":"2022-01-09T14:57:13","date_gmt":"2022-01-09T11:57:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14109"},"modified":"2022-01-09T14:57:14","modified_gmt":"2022-01-09T11:57:14","slug":"badiiy-korgazmalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/badiiy-korgazmalar\/","title":{"rendered":"BADIIY KO&#8217;RGAZMALAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BADIIY KO&#8217;RGAZMALAR &#8211; san&#8217;at asarlarini ommaviy namoyish etish shakli. Ko&#8217;rgazma maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan binolar (masalan, muzey, madaniyat saroylari zallarida, teatr, kinoteatr, jamoat binolari foyelarida va shu kabi joylar) da uyushtiriladi. Tomoshabinni asarlar (hozirgi davr san&#8217;ati, badiiy meros) bilan tanishtirishning asosiy shakllaridan, ba&#8217;zan san&#8217;at asarlari savdosini uyushtirish maqsadida ham tashkil etiladi. Badiiy ko&#8217;rgazmalarning xalqaro, milliy, mintaqaviy turlari farqlanadi; ko&#8217;chma va turg&#8217;un, doimiy yoki davriy, bir kishining ijodidan yoki ma&#8217;lum guruh, maktab, yo&#8217;nalish, davr, mamlakat san&#8217;ati namunalaridan iborat bo&#8217;lishi mumkin. Ko&#8217;rgazmaga qo&#8217;yilayotgan asarlar avvaldan tayinlangan kishilar yoki hay&#8217;at a&#8217;zolari tomonidan (janr, san&#8217;at turi, mavzui va boshqalarga qarab) tanlab olinadi. Badiiy ko&#8217;rgazmalar qo&#8217;mitasi san&#8217;at asarlarini jamlash, ularni joylashtirish, ko&#8217;rsatkichlar tuzish va nashr ettirish, ekskursiyalar, ma&#8217;ruzalar va boshqalarni uyushtirish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Badiiy asarlar dastlab Yunonistonda (miloddan avvalgi 6 &#8211; asrdan), Italiyada (15-16-asrlar), Gollandiya, Flandriya (17 &#8211; asr) va boshqalarda tomoshabinlarga ko&#8217;rsatila boshlangan. Hozirgi mazmundagi Badiiy ko&#8217;rgazmalar Frantsiyada paydo bo&#8217;lgan: maxsus binolar qurilgan, rassomlar Luvr (1699) da o&#8217;z asarlarini namoyish etganlar, shu tarzda Parijda ko&#8217;rgazmalar tashkil qilish boshlangan. Badiiy akademiyalar tomonidan ko&#8217;rgazmalar tashkil qilish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. 19 &#8211; asrga kelib Badiiy ko&#8217;rgazmalar uyushtirish ishlari takomillashdi (ko&#8217;rsatkichlar tuzildi, ular ko&#8217;p nusxada nashr etildi, mualliflar haqida qisqa ma&#8217;lumotlar berildi). 19 &#8211; asr boshlarida Parij, Londonda xalqaro ko&#8217;rgazmalar uyushtirilgan; 19 &#8211; asr 2 \u2013 yarmida rasmiy Badiiy ko&#8217;rgazmalar bilan bir qatorda norasmiy ko&#8217;rgazmalar (masalan, Parijdagi &#8220;Xo&#8217;rlanganlar saloni&#8221;, 1863) ham tashkil etilib, ularda salon \u2014 akademizm san&#8217;atiga realistic san&#8217;at, yangi badiiy ifoda vositalarini izlash qaramaqarshi qo&#8217;yilgan. O&#8217;zbekistonda dastlabki ko&#8217;rgazmalar 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida tashkil etila boshlandi. Jumladan, 1911 yil &#8220;L.L.Bure karikaturalari&#8221; ko&#8217;rgazmasi tashkil etilgan. 1928 yilda o&#8217;zbekistonlik rassomlarning ko&#8217;rgazmasi uyushtirildi, unga ko&#8217;rsatkich tuzildi va nashr etildi. 1930 &#8211; yillardan boshlab respublika, shahar ko&#8217;rgazmalarini tashkil etish an&#8217;anaga aylandi. O&#8217;zbekiston rassomlari xalqaro ko&#8217;rgazmalarda ishtirok eta boshladi (Parij, 1937, Nyu-York, 1939). Muhim sanalar (Mustaqillik kuni, Navro&#8217;z ayyomi va boshqalar), yubileylarni nishonlashga bag&#8217;ishlangan Badiiy ko&#8217;rgazmalar tashkil etish an&#8217;anaga aylandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BADIIY KO&#8217;RGAZMALAR &#8211; san&#8217;at asarlarini ommaviy namoyish etish shakli. Ko&#8217;rgazma maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan binolar (masalan, muzey, madaniyat saroylari zallarida, teatr, kinoteatr, jamoat binolari foyelarida va shu kabi joylar) da &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/badiiy-korgazmalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14109","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14109","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14109"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14109\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14119,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14109\/revisions\/14119"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14109"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14109"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14109"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}