{"id":14113,"date":"2022-01-09T14:58:59","date_gmt":"2022-01-09T11:58:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14113"},"modified":"2022-01-09T14:59:00","modified_gmt":"2022-01-09T11:59:00","slug":"badiiy-muzeylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/badiiy-muzeylar\/","title":{"rendered":"BADIIY MUZEYLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BADIIY MUZEYLAR &#8211; tasviriy va amaliy bezak san&#8217;ati hamda me&#8217;moriy yodgorliklarni yig&#8217;ish, saqlash, ta&#8217;mirlash, saralash, ko&#8217;rgazmalarda namoyish etish, o&#8217;rganish, targ&#8217;ib etish bilan shug&#8217;ullanadigan, san&#8217;atshunoslik yunalishidagi ilmiy ma&#8217;rifiy va tadqiqotlar olib boriladigan muassasalar. Muzeylar to&#8217;plamlari muntazam yangi san&#8217;at asarlari hisobiga boyib turadi, ular ko&#8217;rgazma zallariga, to&#8217;plamni asrash uchun qo&#8217;shimcha xonalarga, ta&#8217;mirlash ustaxonasi, qiroatxonali kutubxona, fototeka, fotolaboratoriya va shu kabilarga ega. Qadimda san&#8217;at asarlari ibodatxonalarda, jamoat binolarida, hukmdorlarning saroylarida, rassom va haykaltaroshlarga, bezak san&#8217;ati ustalariga homiylik qilgan badavlat kishilarning xonadonlarida yig&#8217;ib saqlangan. San&#8217;at asarlarini izchil tarzda to&#8217;plash Uyg&#8217;onish davridan boshlandi, maxsus binolar ajratildi, bu binolar muzey deb atala boshlandi. Dastlabki Badiiy muzeylar orasida eng muhimi antik san&#8217;at asarlari, italyan rassomlarining kartinalaridan iborat bo&#8217;lgan Medichilar to&#8217;plamidir (15 &#8211; asr, Florentsiya). G&#8217;arbiy Yevropa mamlakatlarida san&#8217;at asarlari saqlanadigan galereyalar tashkil topdi (Madridda Prado, Parijda Luvr va boshqalar), ayrim xususiy to&#8217;plamlarda asarlar milliy maktablarga ajratildi. Londonda birinchi davlat muzeyi \u2014 Britaniya muzeyi tashkil qilindi, davlat ixtiyoridagi Badiiy muzeylar kishilarni san&#8217;at asarlari ta&#8217;sirida tarbiyalaydigan muassasalarga aylandi. 19 &#8211; asr mobaynida ixtisoslashtirilgan muzeylar (badiiy hunarmandlik, amaliy san&#8217;at asarlari muzeylari \u2014 Londonda Saut-Kensington muzeyi, hozirgi Viktoriya va Albert muzeyi, 1852; Parijda bezak san&#8217;ati muzeyi, 1863 va boshqalar), 20 &#8211; asrdan zamonaviy san&#8217;atga bag&#8217;ishlangan muzeylar vujudga keldi. Sharq mamlakatlarida ham Badiiy muzeylar ko&#8217;paydi (Tokio Milliy muzeyi, 1871; Pekinda Gugen muzey, 1914; Dehlida Hindiston Milliy muzeyi, 1948 va boshqalar). O&#8217;zbekistonda Badiiy muzeylar tashkil etish 19-asrning 70 &#8211; yillarida boshlandi. O&#8217;zbekiston davlat san&#8217;at muzeyi 1918 yil Knyaz Romanov to&#8217;plami asosida tashkil topdi, keyinchalik yangi to&#8217;plam va asarlar bilan boyib bordi, shuningdek hozirgi O&#8217;zbekistonda yashab ijod etgan va etayotgan san&#8217;atkorlarning asarlari hisobiga boyib bormoqda. O&#8217;zbekiston amaliy san&#8217;at muzeyi, A. Ikromov nomidagi O&#8217;zbekiston xalqlari madaniyati va san&#8217;ati tarixi muzeyi va boshqalar. Badiiy muzeylar faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Badiiy muzeylar faoliyatida muzeylarda saqlanayotgan san&#8217;at asarlari to&#8217;plamini o&#8217;rganishga va tartibga solishga, ularning to&#8217;liq ko&#8217;rsatkichlarini tuzish va nashr qilishga, ma&#8217;lum sanalarga bag&#8217;ishlangan tadbir (sessiya, ko&#8217;rgazma) lar uyushtirishga, aholini estetik tarbiyalashda ekskursiya, ma&#8217;ruza, suhbatlar, badiiy studiyalar ishini yo&#8217;lga qo&#8217;yishga alohida ahamiyat beriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BADIIY MUZEYLAR &#8211; tasviriy va amaliy bezak san&#8217;ati hamda me&#8217;moriy yodgorliklarni yig&#8217;ish, saqlash, ta&#8217;mirlash, saralash, ko&#8217;rgazmalarda namoyish etish, o&#8217;rganish, targ&#8217;ib etish bilan shug&#8217;ullanadigan, san&#8217;atshunoslik yunalishidagi ilmiy ma&#8217;rifiy va tadqiqotlar olib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/badiiy-muzeylar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14113","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14113","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14113"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14113\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14122,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14113\/revisions\/14122"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14113"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14113"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14113"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}