{"id":14114,"date":"2022-01-09T14:59:16","date_gmt":"2022-01-09T11:59:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14114"},"modified":"2022-01-09T14:59:18","modified_gmt":"2022-01-09T11:59:18","slug":"badiiy-sanoat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/badiiy-sanoat\/","title":{"rendered":"BADIIY SANOAT"},"content":{"rendered":"\n<p>BADIIY SANOAT \u2013 maishiy muhitni bezash uchun xizmat qiladigan amaliy bezak san&#8217;ati buyumlari (kiyim, mato, gilam, mebel, badiiy shisha, chinni, zargarlik buyumlari va hokazolar) ni sanoat usulida tayyorlash. Keng iste&#8217;mol buyumlari ishlab chiqaradigan sanoatning bir qismi bo&#8217;lgan Badiiy sanoat mahsulotlari nafis shakli, bezaklarining yechimi bilan asl amaliy bezak san&#8217;ati asariga aylanadi. Badiiy sanoat mahsulotlarining har bir turida shu mahsulotning asl nusxasi (birinchi namunasi) ni tayyorlagan rassom, naqqosh, dizaynerning mahorati muhim ahamiyatga ega. Ilk namunani yaratgan muallifning shaxsan o&#8217;zi va boshqa bir guruh rassom, muhandis, texnologlar, ijrochi ishchilar jamoasi nazorati ostida shu namuna \u2014 nusxa asosida mahsulot (mashinalar vositasida) ommaviy va turkumlarda chiqariladi. Badiiy sanoat korxonalarining ko&#8217;pchiligida badiiy buyumlar tayyorlash (sopol, chinni, metal buyumlarga gul, naqsh ishlash, tasvir chizish, bo&#8217;rtma naqshlar hosil qilish, badiiy ishlov berish, kashta tikish va boshqalar) da qo&#8217;l mehnatining hissasi katta. Biroq Badiiy sanoat korxonalari xalq badiiy hunarmandligi korxonalaridan asosan mashinalarda ishlashi bilan ajralib turadi. Badiiy sanoat badiiy hunarmandlikdan ajralib sanoatning bir tarmog&#8217;iga aylanishi shaharlarning paydo bo&#8217;lishi, hunarmandlik, Artel va birlashmalar (qurolsozlar, to&#8217;qimachilar, zargarlar va boshqalar) ning tadrijiy rivoji bilan bog&#8217;liq holda kechdi. Bu o&#8217;z navbatida amaliy bezak buyumlarining yangi turlarini paydo bo&#8217;lishiga olib keldi, ularni tayyorlash usullarining o&#8217;zi ham o&#8217;zgardi. Yevropada boshqa sohalarga qaraganda badiiy mato ishlab chiqarish, shisha va kulollik buyumlari tayyorlash jadal rivojlandi, chinni ishlab chiqarish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Rossiyada chinni va toshtaroshlik buyumlari va boshqalar tayyorlash jadal rivojlandi. Sharq mamlakatlarida to 19 \u2014 20-asrlargacha badiiy ishlab chiqarish uzoq vaqt hunarmandlik darajasida qoldi. 18 \u2014 19-asrlarda sanoatda tub burilish ro&#8217;y berdi, badiiy buyumlar (ipak va parcha mato) ishlab chiqarish bilan bir qatorda sanoatda ipgazlama tayyorlash va chitga gul bosish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Bu davrda badiiy buyumlar sifati keskin pasayib ketdi. Badiiy sanoat mahsulotlari arzonligi bilan badiiy hunarmandlik mahsulotlarini siqib chiqara boshladi, dastlab qo&#8217;l mehnati asosida tayyorlangan buyum shakllari uslubiy yechimi bilan ajralib turadigan yomon ko&#8217;rinishlarda takrorlandi. 19-asr oxiri \u2014 20-asrda badiiy kuchni sanoatga keng jalb etish kuchaydi, bu esa badiiy loyihalash (dizayn) ning dastlabki shakllarini yuzaga keltirdi, Badiiy sanoat rivojiga zamin yaratdi. 20-asr o&#8217;rtalaridan texnika taraqqiyoti yana amaliy bezak san&#8217;ati bilan dizaynning raqobatlashuvini kuchaytirdi. 60-yillardan Badiiy sanoat buyumlari g&#8217;oyaviy mazmuni, rang-barang shakli va bezak mutanosibligi bilan ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Qadimgi hunarlar usulini zamonaviy mashinalar vositasida tayyorlash an&#8217;anasi kuchaydi. Badiiy madaniyatning muhim sohalaridan bo&#8217;lgan zamonaviy Badiiy sanoatning bosh vazifasi san&#8217;atni maishiy hayotga tatbiq etishdan iborat. Ommaviy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan ro&#8217;zg&#8217;or buyumlarining yangi shakllari ustida izlanishlar jadal olib borilmoqda. Xom ashyoning o&#8217;ziga xos estetik xususiyatlari va tayyorlash jarayoni xususiyatlari kulollik, badiiy shisha, metall va to&#8217;qimachilik buyumlari turlari va hokazolarda namoyon bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonda Badiiy sanoat 20-asr 20-yillarida dastlab badiiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan artellar tarzida vujudga keldi, bu artellar 40 \u2014 50-yillar mobaynida yiriklashtirildi, zavod, fabrika, kombinatlar birlashmalarga aylantirildi. Respublikaning qadimgi kulolchilik markazlarida badiiy kulolchilik korxonalari (Rishton, G&#8217;ijduvon, Xiva va boshqalar) vujudga keldi, zardo&#8217;zlik qadimdan rivojlangan joylar (masalan, Buxoro) da zardo&#8217;zlik korxonalari tashkil topdi. 70 \u2014 80-yillarda Badiiy sanoat amaliy san&#8217;atning badiiy buyumlar tayyorlaydigan asosiy yo&#8217;nalishlaridan biriga aylandi. 90-yillardan O&#8217;zbekiston Respublikasining ba&#8217;zi viloyatlarida xalq badiiy hunarmandchilik Respublika sanoat birlashmalari tashkil topdi. Hozir viloyatlar hokimliklariga va Toshkent shahri hokimligiga bo&#8217;ysunuvchi mahalliy sanoat kompaniyalari ixtiyorida badiiy buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalar tizimi mavjud: &#8220;Sharq guli&#8221; badiiy hunarmandchilik birlashmasi, Toshkent chinni zavodi, Toshkent zargarlik zavodi, Chust milliy pichoq zavodi, &#8220;Atlas&#8221; firmasi, Buxoro zardo&#8217;zlik fabrikasi va boshqalar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BADIIY SANOAT \u2013 maishiy muhitni bezash uchun xizmat qiladigan amaliy bezak san&#8217;ati buyumlari (kiyim, mato, gilam, mebel, badiiy shisha, chinni, zargarlik buyumlari va hokazolar) ni sanoat usulida tayyorlash. Keng iste&#8217;mol &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/badiiy-sanoat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14114","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14114","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14114"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14114\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14123,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14114\/revisions\/14123"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14114"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14114"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14114"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}