{"id":14128,"date":"2022-01-09T15:39:00","date_gmt":"2022-01-09T12:39:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14128"},"modified":"2022-01-09T15:39:01","modified_gmt":"2022-01-09T12:39:01","slug":"badiuzzamon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/badiuzzamon\/","title":{"rendered":"BADIUZZAMON"},"content":{"rendered":"\n<p>BADIUZZAMON (1458, Hirot &#8211; 1515, Istanbul) \u2014 Xuroson hukmdori (1506-07). Husayn Boyqaroning to&#8217;ng&#8217;ich o&#8217;g&#8217;li, onasi \u2014 Marv hokimi Sanjar Mirzoning qizi Beka Sulton begim (1488 yil vafot etgan). Badiuzzamon 1473 yildan Seyiston, keyinchalik Mozandaron hokimi. Astrobod hokimi Amir mo&#8217;g&#8217;ul xiyonatidan so&#8217;ng, Husayn Boyqaro uni Astrobodga hokim qilib tayinlagan (1493 yildan). So&#8217;ng, u 1496-1506 yillarda Balx hokimi bo&#8217;lgan. Boburning yozishicha, &#8220;Sulton Husayn Mirzo Balxga kelganida Movarounnahr foydasini ko&#8217;zlab Balxni Badiuzzamonga beradi, uning mulki \u2014 Astrobodni esa Muzaffar Husayn Mirzoga topshiradi. Badiuzzamon shu tufayli arazlagandi. Shuncha yillar davom etgan dushmanlik va isyon sababi ayni shu holat edi&#8221;. Badiuzzamon Astrobodni ukasiga berishga ko&#8217;nmagan. Chunki, Husayn Boyqaro Astrobodni uning o&#8217;g&#8217;li Muhammad Mo&#8217;min Mirzoga sunnat to&#8217;yini qilayotganda in&#8217;om qilgan edi. Oqibat ota-o&#8217;g&#8217;il o&#8217;rtasidagi mojaro urushga aylanadi. 1497 yil Badiuzzamon Puli Chirog&#8217; darasidagi jangda mag&#8217;lubiyatga uchraydi. Xuddi shu kuni Muzaffar Husayn Mirzo Astrobod yonida Muhammad Mo&#8217;min Mirzoni engadi. Husayn Boyqaro Balxni o&#8217;g&#8217;illaridan Ibrohim Husayn Mirzoga beradi. Yengilgan Badiuzzamon qolgan qutgan lashkari bilan Qunduzga qochadi, so&#8217;ng Xusravshoh huzuridan panoh topadi. Xusravshoh Badiuzzamonga qo&#8217;shin, qurol-yarog&#8217; bilan yordam bergach, u Qandahor va Zamindevorga boradi. 1505 yil Badiuzzamon otasi bilan yarashib, uning xizmatiga kiradi. Otasi vafot etgach, ukasi Muzaffar Husayn Mirzo bilan birgalikda taxtga o&#8217;tiradi. 1506 yil Shayboniyxon Balxni qamal qilganda Badiuzzamon Muzaffar Mirzo bilan unga qarshi otlanib boshqa ukalarini ham yordamga chaqiradi. Bodxizda Badiuzzamon qo&#8217;shiniga Abulmuhsin Mirzo va Ibn Husayn Mirzo kelib qo&#8217;shiladi. Zahiriddin Muhammad Bobur ham ularga yordamga keladi. Ammo ular to&#8217;plangunga qadar oradan 3-4 oy o&#8217;tadi, bu orada Shayboniyxon Balxni egallab, Badiuzzamon qo&#8217;shin to&#8217;playotganidan xabar topgach, kech kuzda Samarqandga qaytib ketadi. Shayboniyxon 1507 yil Samarqanddan Xurosonga qo&#8217;shin tortadi. Badiuzzamon ukasi bilan Hirotni tashlab qochadi, so&#8217;ng Eronga, Ismoil Safaviy huzuriga boradi. 1514 yil Badiuzzamonni turk sultoni Salim I Istanbulga olib ketadi, u o&#8217;sha yerda vaboga chalinib vafot etadi. Badiuzzamon Husayn Boyqaroning o&#8217;g&#8217;illari orasida eng oqili va tadbirkori bo&#8217;lib, taqvodor, adolatpesha hamda ilmu ma&#8217;rifat va hunar ahliga muruvvatli hukmdor edi. U o&#8217;z saroyida olim, shoir, san&#8217;atkor va boshqalarni yig&#8217;ib anjumanlar o&#8217;tkazib turardi. Shuning bilan birga, u o&#8217;zi ham go&#8217;zal g&#8217;azallar bitgan, mamlakatda qurilish-obodonchilik ishlariga katta e&#8217;tibor bergan. A. Navoiy Badiuzzamonni quyidagicha ta&#8217;riflagan: &#8220;Sulton Badiuzzamon Mirzo husni surat va husni siyrat bila orasta va jamoli zohiriy va kamoli botiniy bila piyrosta yigitdur. Razm atvoridin otar-tutarda dilpisand va bazm asbobidan ichmak va bag&#8217;ishlamaqda bemonand. Tab&#8217;i ham nazm uslubida muloyim tushubtur&#8230;&#8221;. Ad.: Fayziyev T., Husayn Boyqaroning sirli o&#8217;limi, T., 1995.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BADIUZZAMON (1458, Hirot &#8211; 1515, Istanbul) \u2014 Xuroson hukmdori (1506-07). Husayn Boyqaroning to&#8217;ng&#8217;ich o&#8217;g&#8217;li, onasi \u2014 Marv hokimi Sanjar Mirzoning qizi Beka Sulton begim (1488 yil vafot etgan). Badiuzzamon 1473 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/badiuzzamon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14128","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14128","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14128"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14128\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14140,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14128\/revisions\/14140"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14128"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14128"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14128"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}