{"id":14494,"date":"2022-01-16T10:03:38","date_gmt":"2022-01-16T07:03:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14494"},"modified":"2022-01-16T10:03:39","modified_gmt":"2022-01-16T07:03:39","slug":"balanit","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/balanit\/","title":{"rendered":"BALANIT"},"content":{"rendered":"\n<p>BALANIT, balanopostit (Yunoncha balanos \u2014 jinsiy olatning bosh qismi; itis; balanoposthitis) \u2014 jinsiy olat (zakar) bosh qismi terisi (balanit) va chekka kertmagi ichki qavatining yallig&#8217;lanishi (balanopostit). Ko&#8217;proq bolalarda olat boshi qisilib, chiqmay qolgan hollarda kuzatiladi. Birlamchi va ikkilamchi Balanit uchraydi. Olat chekka kertmagining kambar bo&#8217;lishi, unda siydik tomchisi yoki smegma to&#8217;planib qolib, unga mikroblar tushishi, shuningdek uretrit, qand kasalligi va boshqalar natijasida vujudga kelishi mumkin. So&#8217;zak, zaxm asoratlari, fimoz ham Balanitga sabab bo&#8217;ladi. Olat boshi sohasi shishib, qizaradi, maddalaydi, achishish, qichishish alomatlari paydo bo&#8217;lib, bu ayniqsa bemor siygandan keyin zo&#8217;rayadi. Lohaslik, bosh og&#8217;rig&#8217;i, haroratning ko&#8217;tarilishi, ba&#8217;zan chov sohasidagi limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Balanitning oddiy, diabetik, gangrenoz, halqasimon, eroziyali, yiring-yarali xillari bor. Kasallikning ilk alomatlari paydo bo&#8217;lganda, darhol urolog-vrachga (siydik a&#8217;zolari mutaxassisi) uchrashish zarur. Kasallikning kechishi va xiliga qarab davo tayinlanadi, asosan yallig&#8217;lanishga qarshi dorilar (antibiotiklar, dezinfektsiyalovchi eritmali vanna va boshqalar) buyuriladi. Og&#8217;irroq hollarda jarrohlik usuli qo&#8217;llaniladi. Balanitning oldini olish uchun o&#8217;g&#8217;il bolalar gigiena qoidalariga amal qilishlari, agar fimoz bo&#8217;lsa, o&#8217;z vaqtida davolatishlari lozim.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BALANIT, balanopostit (Yunoncha balanos \u2014 jinsiy olatning bosh qismi; itis; balanoposthitis) \u2014 jinsiy olat (zakar) bosh qismi terisi (balanit) va chekka kertmagi ichki qavatining yallig&#8217;lanishi (balanopostit). Ko&#8217;proq bolalarda olat boshi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/balanit\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14494","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14494","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14494"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14494\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14502,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14494\/revisions\/14502"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14494"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14494"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14494"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}