{"id":14525,"date":"2022-01-16T12:18:57","date_gmt":"2022-01-16T09:18:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14525"},"modified":"2022-01-16T12:18:58","modified_gmt":"2022-01-16T09:18:58","slug":"balet","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/balet\/","title":{"rendered":"BALET"},"content":{"rendered":"\n<p>BALET (lotincha ballo \u2014 raqsga tushaman) \u2014 asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna san&#8217;ati turi. O&#8217;zida san&#8217;atning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy san&#8217;at kabi turlarini uyg&#8217;unlashtiradi, bu san&#8217;at turlarining hammasi alohida-alohida mavjud bo&#8217;lmay, Baletning sintez markazi bo&#8217;lgan xoreografiyaga bo&#8217;ysunadi. Balet librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom hamkorligida yaratiladi. Baletning dramaturgik asosi libretto (stsenariy) dan boshlanib, unda asarning asosiy mazmuni, g&#8217;oya, ziddiyat va xarakterlari aniq belgilanadi. Libretto ko&#8217;pincha adabiy asarga asoslanib, uni musiqa va xoreografiyada gavdalantirish imkoniyati hisobga olinadi. Stsenariy asosida esa kompozitor Balet musiqasini yaratadi. Uning izchilligi, sahna ko&#8217;rinishi, parda va nomerlarga bo&#8217;linishi stsenariyda ko&#8217;rsatiladi. Musiqa faqat stsenariyni ifodalabgina qolmay, balki musiqali obrazlarning mazmuni bilan uni boyitadi. Balet musiqasi xoreografiyani yaratish uchun asos bo&#8217;lib xizmat qiladi. Balet \u2014 musiqada yozilgan, xoreografiyada gavdalantirilgan drama. Xoreografik harakatning asosi raqs va inson tanasining plastikasidir. Baletda raqsning mumtoz, xarakterli, sahna, xalq, erkin plastika, &#8220;modern&#8221; kabi turlaridan foydalaniladi. Mumtoz raqs Yevropa Balet san&#8217;atida yetakchi o&#8217;rinni egallab, pantomima, raqsning boshqa turlari, sport va akrobatika elementlari bilan boyib bormoqda. Balet spektaklida dekoratsiya, libos, yorug&#8217;lik va boshqa hamma tasviriy vositalarni musiqiy-xoreografik harakatga uyg&#8217;unlashtirish rassomning vazifasidir. Balet spektaklining ijrosi, musiqiy talqini va musiqa bilan raqs harakatining uyg&#8217;unligiga dirijyor rahbarlik qiladi. Baletning fojia, komediya, pyesa, Balet \u2014 simfoniya kabi janrlari mavjud. Balet spektakllari bir pardali, ko&#8217;p pardali bo&#8217;ladi. Balet atamasi asosan 16 \u2014 19-asrlar davomida shakllangan Yevropa Balet san&#8217;atini ifodalaydi, lekin 20-asrdan kengroq talqin qilinib, Osiyo va Afrika mamlakatlarining raqs tomoshalariga nisbatan ham ishlatiladi. Hozirgi Yevropa Baletining paydo bo&#8217;lishi qadimgi xalq musiqali raqs tomoshalariga borib taqaladi. 15 \u2014 16-asrlar teatrlashgan raqslarning shakllanish jarayoni avval Italiyada, so&#8217;ng boshqa mamlakatlarda Balet san&#8217;atini vujudga kelishiga sabab bo&#8217;ldi. 1581 yil Frantsiyada yaxlit va rivojlangan mazmunli musiqa, raqs, pantomima, so&#8217;z va ashula bilan ifodalangan birinchi Balet spektakli (&#8220;qirolichaning hajviy baleti&#8221;) yaratildi. 1661 yil Parijda tashkil qilingan &#8220;Qirollik raqs akademiyasi&#8221; Baletning professional san&#8217;atga aylanishida katta rol o&#8217;ynadi. 18-asrda Angliya, Avstriya va Frantsiyada Balet batamom mustaqil san&#8217;at turi sifatida shakllandi. Rossiyada birinchi Balet spektakli 17-asrning 70-yillarida (&#8220;Orfey va Evredika haqida balet&#8221;) yaratilgan. O&#8217;zbek xalqi qadimdan o&#8217;zining mumtoz raqsiga, rang-barang, rivojlangan raqs madaniyatiga ega bo&#8217;lib, bu O&#8217;zbekistonda professional Balet san&#8217;atining rivojlanishiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. 1918 yil Toshkentda Turkiston xalq konservatoriyasi zaminida Davlat rus opera teatri tashkil qilindi. Teatr qoshida kichik balet truppasi ham bo&#8217;lgan. 1929 yil teatr opera va balet teatri nomini oldi. &#8220;Lolaqizg&#8217;aldoq&#8221; (R. Glier), &#8220;Raymonda&#8221; (A. Glazunov), &#8220;Ferenji&#8221; (B. Yanovskiy), &#8220;Boqchasaroy favvorasi&#8221;, &#8220;Kavkaz asiri&#8221; (B. Asafev) kabi Baletlar qo&#8217;yildi. 1933 yil Toshkentda 1-Respublika balet maktabi (1935 yildan Tamaraxonim nomida) ochildi. 1933 yil birinchi o&#8217;zbek milliy Balet pantomimasi \u2014 &#8220;Paxta&#8221; (baletmeyster usta olim Komilov) sahnalashtirildi. Keyinchalik &#8220;Shohida&#8221; (F. Tal), &#8220;Gulandom&#8221; (E. Brusilovskiy), &#8220;tog&#8217;lar qalbi&#8221; (A. Balanchivadze), &#8220;Laylakcha&#8221; (D. Klebanov) kabi Baletlar o&#8217;zbek mumtoz va xalq raqslari asosida yaratildi. 1941 yilda balet maktabining birinchi bitiruvchilari G. Izmaylova, R. Urmantseva, N. Tarshilova qabilar balet truppasiga kelib qo&#8217;shildi. Ammo truppada tayyorlangan kordebaletning yuqligi mumtoz Baletlar qo&#8217;yish imkonini bermasdi. 1943 yildagina &#8220;Oqbilak&#8221; (S. Vasilenko) baleti qo&#8217;yildi. 1948 yil o&#8217;zbek opera va balet teatri Sverdlov nomidagi rus opera va balet teatri bilan birlashtirilib, A. Navoiy nomidagi opera va balet teatriga aylantirildi va tajribali kordebalet artistlari bilan kuchaytirildi. &#8220;Bukri toychoq&#8221; (Ch. Puni), &#8220;Don Kixot&#8221; (L. Minkus), &#8220;Oqqush ko&#8217;li&#8221; (P. Chaykovskiy) kabi mumtoz, &#8220;Raqqosa&#8221; (G. Mushel) kabi milliy Baletlar qo&#8217;yildi. 1948 \u2014 51 yillar Moskva xoreografiya bilim yurti qoshida ochilgan o&#8217;zbek balet studiyasida H. Komilova, G. Mavaeva, K. Yusupova, F. Nosirova, Yo. Hojisaidova, L. Bashirova, A. Nazrullayev, R. Tanguriyev va boshqalar ta&#8217;lim oldilar. 1947 yil Toshkentda xoreografiya bilim yurti tashkil qilindi. &#8220;Yoshlik&#8221; (M. Chulaki), &#8220;Esmeralda&#8221; (Ch. Puni), &#8220;Uyqudagi go&#8217;zal&#8221; (P. Chaykovskiy) kabi spektakllar qo&#8217;yildi. 50-yillarning o&#8217;rtalarida balet truppasi B. Qoriyeva, L. Komilova, S. Tanguriyeva, V. Proskurina, R. Kurmasva, V. Vasilev, K. Soatov va boshqa balet artistlari bilan to&#8217;ldirildi. Truppa tarkibining yangilanishi repertuarga ijro uslubi murakkab mumtoz Baletlarni (&#8220;Jizel&#8221;, &#8220;Shopeniana&#8221;) kiritish imkonini berdi. 60-yillarda &#8220;Bolero&#8221; (M. Ravel), &#8220;Don Juan&#8221; (K. Glyuk), &#8220;Spartak&#8221; (A. Xachaturyan), &#8220;Korsar&#8221; (A. Adan), &#8220;Kashmir afsonasi&#8221; (G. Mushel), &#8220;Layli va Majnun&#8221; (I. Akbarov), &#8220;Sevgi tumori&#8221;, &#8220;Temur Malik&#8221; (M. Ashrafiy), &#8220;Qirqqiz&#8221; (L. Feygin), &#8220;Semurg'&#8221; (B. Brovsin), &#8220;Suhayl va mehri&#8221; (M. Leviyev) va boshqalar. Baletlar sahnalashtirildi. 70-yillarga kelib, mumtoz, zamonaviy va milliy baletlar bilan o&#8217;zbek Baleti boyidi. &#8220;Tanavor&#8221; (A. Kozlovskiy), &#8220;Oyimqiz va bezori&#8221; (D. Shostakovich), &#8220;Antoniy va Kleopatra&#8221; (E. Lazarev), &#8220;Afsonalar vodiysida&#8221; (U. Musayev), &#8220;Dunyoning yaratilishi&#8221; (A. Petrov), &#8220;Sevgi haqida qissa&#8221; (O. Medikov), &#8220;Sevgi va qilich&#8221; (M. Ashrafiy), &#8220;Uzilgan qo&#8217;shiq&#8221; (A. Kalninsh) va boshqa spektakllar shular jumlasidan. 80 \u2014 90-yillar kompozitor va baletmeystrlarning milliy Balet yaratish borasidagi harakatlari kuchaydi. &#8220;Navro&#8217;z&#8221; (Ik. Akbarov), &#8220;Quyoshga ta&#8217;zim&#8221; (R. Abdullayev), &#8220;To&#8217;maris&#8221; (U. Musayev) kabi Baletlar milliy baletimiz mavqeini yanada ko&#8217;tardi. G. Izmaylova, B. Qoriyeva, V. Vasilev, G. Hamroyeva, N. Yoqubova, R. Tanguriyev, S. Tanguriyeva, Z. Davletmurodova, R. Karimova, F. Sa&#8217;dullayeva qabilar o&#8217;zbek Baletini rivojlanishiga munosib hissa qo&#8217;shdilar. 1997 yil Toshkent xoreografiya bilim yurti negizida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi hamda xoreografiya maktab-internati tashkil etildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BALET (lotincha ballo \u2014 raqsga tushaman) \u2014 asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna san&#8217;ati turi. O&#8217;zida san&#8217;atning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy san&#8217;at kabi turlarini uyg&#8217;unlashtiradi, bu san&#8217;at &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/balet\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14525","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14525","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14525"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14525\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14532,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14525\/revisions\/14532"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14525"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14525"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14525"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}