{"id":14618,"date":"2022-01-16T16:01:56","date_gmt":"2022-01-16T13:01:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14618"},"modified":"2022-01-16T16:01:57","modified_gmt":"2022-01-16T13:01:57","slug":"balogatga-yetish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/balogatga-yetish\/","title":{"rendered":"BALOG&#8217;ATGA YETISH"},"content":{"rendered":"\n<p>BALOG&#8217;ATGA YETISH, balog&#8217;at, rasida (rasta) bo&#8217;lish, bo&#8217;yiga yetish \u2014 organizmning bir qancha anatomik va fiziologik o&#8217;zgarishlar natijasida biologik jihatdan sekin-asta voyaga yetishi hamda jinsiy jihatdan yetilib, ko&#8217;payishga, ya&#8217;ni naslni davom ettirishga layoqatli bo&#8217;lib qolishi. Qizlar o&#8217;g&#8217;il bolalarga nisbatan ertaroq balog&#8217;atga etadi. Qizlarda bu davr aksari 12 \u2014 14 yoshdan 16 \u2014 18 yoshgacha, o&#8217;g&#8217;il bolalarda 13 \u2014 15 yoshdan 16 \u2014 20 yoshgacha davom etadi. Balog&#8217;atga yetish muddati o&#8217;smirning irsiy xususiyatlariga, sog&#8217;lig&#8217;iga, ovqatiga, shuningdek hayot tarzi (maishiy, ijtimoiy-iqtisodiy) va iqlim sharoitlariga bog&#8217;liq. Turli noxush omillar: og&#8217;ir kasalliklar, yolchib ovqatlanmaslik va boshqa odatda jismoniy va ruhiy rivojlanishning kechikishiga sabab bo&#8217;ladi. Nimjon, kasalmand bolalar sog&#8217;lom bolalarga nisbatan kechroq balog&#8217;atga etadi. Kech yoki erta Balog&#8217;atga yetish jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va gipofiz funktsiyasining buzilishiga aloqador bo&#8217;lishi mumkin. Balog&#8217;atga yetish davrida jinsiy instinkt ancha tez shakllanadi. Qizlar hayz ko&#8217;radi, bolalarda ixtilom (pollyutsiya) kuzatiladi, shuningdek organizmda chuqur o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y beradi: o&#8217;smirning bo&#8217;yi cho&#8217;zilib, ikkilamchi jinsiy belgilari paydo bo&#8217;ladi; o&#8217;g&#8217;il bolalarda soqol mo&#8217;ylov ko&#8217;rinib, ovozi do&#8217;rillab qoladi, qizlarning badani yumaloq tortib, birinchi galda soni va dumbasida yog&#8217;to&#8217;planib boradi, sut bezlari kattalashib, chanoq suyaklari eniga kengayadi. Qonda jinsiy gormonlar ko&#8217;payib, bir jins ikkinchi jinsga ko&#8217;proq e&#8217;tibor bera boshlaydi. Balog&#8217;atga yetish davrida o&#8217;smirning psixikasi ham o&#8217;zgarib, nerv tizimining faoliyatida bir qator o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y beradi. Gormonlar, avvalo jinsiy bezlar (moyak, tuxumdon) gormonlari Balog&#8217;atga yetishda muhim ahamiyatga ega. Balog&#8217;atga yetishda jismoniy rivojlanishning e&#8217;tiborli xususiyatlaridan biri tana qismlari nisbati, ya&#8217;ni proportsiyasining vaqtincha buzilishidir. Qo&#8217;l-oyoqlar tanaga nisbatan ko&#8217;proq o&#8217;sadi, shu sababdan harakatlari qo&#8217;polroq, kelishmagan bo&#8217;lib qoladi. O&#8217;g&#8217;il bolalarda muskul kuchi zo&#8217;r berib ortib boradi, muskullar massasi kattalashadi. Rastalik davrida o&#8217;smirlar organizmining rivojlanib borishida bo&#8217;ladigan xususiyatlar haqida otaonalar va pedagoglar o&#8217;smirlarga to&#8217;g&#8217;ri ma&#8217;lumot berishlari kerak, bu esa ba&#8217;zi yigit-qizlarning behuda qo&#8217;rqishi va asabiylashishining oldini oladi. Balog&#8217;atga yetish davrida o&#8217;smirning jismoniy jihatdan to&#8217;g&#8217;ri rivojlanishi ham katta ahamiyatga ega. Buning uchun bekamu ko&#8217;st ovqatlanish, shuningdek sport va jismoniy mashqlar bilan shug&#8217;ullanib turishga alohida e&#8217;tibor berish zarur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BALOG&#8217;ATGA YETISH, balog&#8217;at, rasida (rasta) bo&#8217;lish, bo&#8217;yiga yetish \u2014 organizmning bir qancha anatomik va fiziologik o&#8217;zgarishlar natijasida biologik jihatdan sekin-asta voyaga yetishi hamda jinsiy jihatdan yetilib, ko&#8217;payishga, ya&#8217;ni naslni davom &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/balogatga-yetish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14618","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14618","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14618"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14618\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14624,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14618\/revisions\/14624"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14618"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14618"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14618"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}