{"id":14695,"date":"2022-01-19T15:58:01","date_gmt":"2022-01-19T12:58:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14695"},"modified":"2022-01-19T15:58:02","modified_gmt":"2022-01-19T12:58:02","slug":"ozbek-lotin-alifbosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbek-lotin-alifbosi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEK LOTIN ALIFBOSI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEK LOTIN ALIFBOSI, o&#8217;zbek lotin yozuvi \u2014 lotin grafikasiga asoslangan harftovush (fonografik) yozuv turi. O&#8217;zbek xalqi va yozuvi tarixida 2 marta joriy etilgan. O&#8217;zbek yozuvini Arab grafikasidan lotin grafikasiga o&#8217;tkazish haqidagi dastlabki qaror 1929 yil 15-23 may kunlari Samarqand shahri (O&#8217;zbekistonning o&#8217;sha davrdagi poytaxti)da bo&#8217;lib o&#8217;tgan respublika adiblari, til-imlochilari va umuman etakchi ziyolilar ishtirokidagi konferensiyada qabul qilingan va bu qaror 1929 yil 10 avgustda O&#8217;zSSR Xalq maorif komissarligi hay&#8217;ati tomonidan tasdiqlangan edi. Ixtiyoriylikdan ko&#8217;ra ko&#8217;proq majburiylikka asoslangan bu jarayon Moskvada ishlangan reja asosida Moskva vakillari kuzatuvida amalga oshirilgan edi. Samarqand konferentsiyasida qabul qilingan &#8220;lotinlashtirilgan o&#8217;zbek alifbosi&#8221; 33 harf va bir belgi (apostrof) dan iborat bo&#8217;lgan. Konferentsiyada singarmonizm o&#8217;zbek adabiy tili uchun xos hodisa deb topilishi va alifboga 9 ta unli uchun alohida harflar kiritilgani, shu asosda ishlab chiqilgan imlo qoidalari keyinchalik o&#8217;zini oqlamadi, amalda imloda boshboshdoqlik vujudga keldi, ayni bir so&#8217;z bir necha xil yoziladigan bo&#8217;ldi. Natijada bu masala 1934 yil yanvarda bo&#8217;lib o&#8217;tgan til va imlo masalalariga bag&#8217;ishlangan respublika qurultoyida qayta muhokama qilinadi va alifboga tegishli o&#8217;zgarishlar kiritiladi. O&#8217;tgan asrning 30-yillari 2-yarmidan o&#8217;zbek yozuvini rus grafikasi asosida shakllantirish ishlari boshlanib, bu jarayon 1940 yilda yangi alifbo qabul qilinishi bilan yakunlandi. Shu yildan to O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo&#8217;lgan davrda rus grafikasi asosidagi o&#8217;zbek alifbosining qo&#8217;llanishi rus tili mavqeining oshib borishi, hatto &#8220;ikkinchi ona tili&#8221; darajasiga ko&#8217;tarilishiga, o&#8217;zbek tili mavqeining esa pasayishiga, qo&#8217;llanish doirasining torayishiga olib keldi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgandan so&#8217;ng respublikada o&#8217;zbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga o&#8217;tkazish haqida fikrmulohazalar o&#8217;rtaga tashlanadi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993 yil 2 sentyabrda O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;Lotin yozuviga asoslangan o&#8217;zbek alifbosini joriy etish to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonuni e&#8217;lon qilindi. Ayni shu kuni O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining &#8220;Lotin yozuviga asoslangan o&#8217;zbek alifbosini joriy etish to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi O&#8217;zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish tartibi haqida&#8221;gi qarori ham qabul qilinadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 2-3 sentyabrdagi 12-chaqiriq 13-sessiyasida yangi alifbo masalasi muhokama qilinib, lotin yozuviga asoslangan o&#8217;zbek alifbosiga o&#8217;tish to&#8217;g&#8217;risida qaror qabul qilindi. Yangidan qabul qilingan o&#8217;zbek alifbosi 31 harf va bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi: Aa \u2014 rus grafikasidagi &#8220;a&#8221; tovushi, Bb \u2014 &#8220;b&#8221;, Cc \u2014 &#8220;ts&#8221;, Dd \u2014 &#8220;D&#8221;, Ee \u2014 &#8220;e&#8221;, Ff \u2014 &#8220;f&#8221;, Gg \u2014 &#8220;g&#8221;, Hh \u2014 &#8220;h&#8221;, Ii \u2014 &#8220;i&#8221;, Jj \u2014 &#8220;j&#8221; (jonli, jo&#8217;ra), Kk \u2014 &#8220;k&#8221;, Ll \u2014 &#8220;l&#8221;, Mm \u2014 &#8220;m&#8221;, Nn \u2014 &#8220;n&#8221;, Oo \u2014 &#8220;o&#8221;, Pp \u2014 &#8220;p&#8221;, Qq \u2014 &#8220;q&#8221;, Rr \u2014 &#8220;r&#8221;, Cc \u2014 &#8220;s&#8221;, Tt \u2014 &#8220;t&#8221;, Uu \u2014 &#8220;u&#8221;, VV \u2014 &#8220;v&#8221;, Xx \u2014 &#8220;x&#8221;, Yy \u2014 &#8220;y&#8221;, Zz \u2014 &#8220;z&#8221; \u00c7\u00e7 \u2014 &#8220;ch&#8221;, \u011e\u011f \u2014 &#8220;G'&#8221;, Jj \u2014 &#8220;j&#8221; (ajdod), \u0147\u0148 \u2014 &#8220;ng&#8221;, \u014e\u014f \u2014 &#8220;o'&#8221;, \u015e\u015f \u2014 &#8220;sh&#8221;, (&#8216;) tutuq belgisi (apostrof). Ushbu alifboni va shu asosda tayyorlangan &#8220;O&#8217;zbek tilining asosiy imlo qoidalari&#8221;ni muhokama qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar qilindi, tanqidiy fikrlar bildirildi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 6 may kuni &#8220;Lotin yozuviga asoslangan o&#8217;zbek alifbosini joriy etish to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi Oliy Kengash qaroriga o&#8217;zgartirishlar kiritish to&#8217;g&#8217;risida qonun qabul qildi. Bu hujjatda yangio&#8217;zbek alifbosi 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat ekanligi, s, j harflari mustaqil harfiy belgi sifatida 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan alifbodan chiqarilganligi, ayrim harflarning shakliga isloh kiritilgani ko&#8217;rsatilgan; yangi alifbo asosida ishlash 1996 yildan boshlanishi qayd etilgan. Yangi alifbo asosida ishlab chiqilgan &#8220;O&#8217;zbek tilining asosiy imlo qoidalari&#8221; O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustdagi 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan. 2004-05 yillarda O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan &#8220;Lotin yozuviga asoslangan o&#8217;zbek alifbosini joriy etish to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonunni amalga oshirish ishlarini yanada jadallashtirish va takomillashtirish bo&#8217;yicha muhim qarorlar qabul qilindi. Abduvahob Madvaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEK LOTIN ALIFBOSI, o&#8217;zbek lotin yozuvi \u2014 lotin grafikasiga asoslangan harftovush (fonografik) yozuv turi. O&#8217;zbek xalqi va yozuvi tarixida 2 marta joriy etilgan. O&#8217;zbek yozuvini Arab grafikasidan lotin grafikasiga o&#8217;tkazish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbek-lotin-alifbosi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-14695","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14695","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14695"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14695\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14696,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14695\/revisions\/14696"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14695"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14695"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14695"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}