{"id":14699,"date":"2022-01-19T16:51:57","date_gmt":"2022-01-19T13:51:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14699"},"modified":"2022-01-19T16:51:59","modified_gmt":"2022-01-19T13:51:59","slug":"ozbek-milliy-akademik-drama-teatri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbek-milliy-akademik-drama-teatri\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRI \u2014 O&#8217;zbekistonda yangi sahna san&#8217;atini shakllanishi va rivojlanishiga karvonboshilik qilgan teatr jamoasi, eng keksa va yirik teatrlardan. 1913 yil Toshkentda tashkil topib, 1914 yilning 27 Fevralda M.Behbudiyning &#8220;Padarkush&#8221; asari bilan ochilgan (jadidlarning &#8220;Turon&#8221; nomli teatr truppasi spektakli). Truppaning badiiy rahbari Abdulla Avloniy, ma&#8217;naviy va moddiy homiylarni Munavvarqori Abdurashidxonov singari Toshkentning mo\u2019tabar kishilari tashkil etgan. Ijrochi kuchlar Abdulla Avloniy, Nizomiddin Xo&#8217;jayev, Badriddin A&#8217;lamov, Shokirjon Rahimiy, Muhammadjonqori Poshshaxo&#8217;jayev, Fuzail Jonboyev, Hasanqori, Same&#8217;qori Ziyoboyev, Qudratilla Yunusiy singari 24 kishidan iborat bo&#8217;lgan. Truppada &#8220;To&#8217;y&#8221; (N.Qudratilla), &#8220;Baxtsiz kuyov&#8221; (A.Qodiriy), &#8220;Advokatlik osonmi?\u201d (A.Avloniy), &#8220;Mazlumaxotin&#8221; (H.Muin), &#8220;Pinak&#8221;, &#8220;O&#8217;liklar&#8221; (M.Qulizoda) singari asarlar sahnalashtirilgan. 1918 yil &#8220;Turon&#8221; truppasi davlat ixtiyoriga olinib, unga &#8220;davlat teatri&#8221; maqomi berildi. Badiiy rahbari va rejissyori etib Mannon Uyg&#8217;ur tayinlandi. 1918-21 yillar Uyg&#8217;ur, G&#8217;ulom Zafariy, Badriddin A&#8217;lamovlar boshchiligidagi Abror Hidoyatov, Abdurahmon Akbarov, Fatxulla Umarov, Karim Yoqubov, Shokir Najmiddinov, Muzaffar Muhamedov, Mahsuma Qoriyeva, Yatim Bobojonov, Obid Jalilov, Sayfi Olimov, Bosit Qoriyev singari teatr kelajagiga yo&#8217;l ochgan aktyorlar repertuarini ta&#8217;minlagan Abdurauf Fitrat, G&#8217;ozi Yunus, Cho&#8217;lpon, Xurshid va boshqalar dramaturglarning xizmatlari katta. &#8220;Fanniy uy&#8221; (Uyg&#8217;ur), &#8220;Zaharli hayot&#8221;, &#8220;Boy ila xizmatchi&#8221;, &#8220;Tuhmatchilar jazosi&#8221;, &#8220;Iffat qurbonlari&#8221; (Hamza), &#8220;Yomon o&#8217;g&#8217;il&#8221;, &#8220;Erk bolalari&#8221; (G&#8217;.Zafariy), &#8220;Zaxokki Maron&#8221; (G&#8217;.Yunus), &#8220;Chin sevish&#8221;, &#8220;Hind ixtilochilari&#8221; (Fitrat), &#8220;Yorqinoy&#8221;, &#8220;Xalil farang&#8221; (Cho&#8217;lpon) va boshqalar teatr repertuaridan o&#8217;rin oldi. Teatr sahnasida drama, musiqali drama, bolalar teatri yo&#8217;nalishlari vujudga keladi. Bu jarayon 1929 yil teatrdan drama, musiqali drama, yosh tomoshabinlar davlat teatrlari ajralib chiqishi bilan yakunlandi. 1920 yil sahnalashtirilgan &#8220;Halima&#8221; (G&#8217;.Zafariy) nomli musiqali drama spektakli sahna ijrochiligida professionalizm va tomoshaviylikni ta&#8217;minladi. 1921-25 yillar davomida &#8220;Farhod va Shirin&#8221;, &#8220;Layli va Majnun&#8221; (Xurshid), &#8220;Qaroqchilar&#8221;, &#8220;Makr va muhabbat&#8221; (F.Shiller) singari drama, musiqali drama, fojia janrlariga oid asarlar sahnalashtirildi. Bu spektakllardagi obrazlar talqini, rejissuradagi sinchkovlik amallari teatr jamoasini realizm va professionalizm yo&#8217;liga safarbar etdi. 1924 yil Moskvada ochilgan O&#8217;zbek drama studiyasiga M. Uyg&#8217;ur va Cho&#8217;lpon boshchiligida A.Hidoyatov, M.Muhamedov, O.Jalilov, T. Sultonova, L.Nazrullayev, S.Tabibullayev, Sh.Qayumov, I.Latipov, G&#8217;.Isomov, H. Rahmatullaev singari 24 kishi bilim va mahoratini oshirishga yuboriladi. Sayfi Olimov boshchiligidagi boshqa bir guruh Boku teatr texnikumiga o&#8217;qishga jo&#8217;natiladi. Mazkur tadbirjahonning yetuk teatrlari tajribasini amalda yaqindan o&#8217;rganib, o&#8217;z ijro mahoratini toblashda muhim bosqich bo&#8217;ldi. Studiyachilar Moskvadan qaytgach, teatr jamoasi qayta tuzilib, unga Sayfi Olimov boshliq, Boku teatr texnikumini bitirib kelgan Halima Nosirova, Zuhur Qobilov, Karim Yoqubov, Rahimberdi Bobojonov, shuningdek, yoshlardan shukur Burhonov, Olim Xo&#8217;jayev, Nabi Rahimov, Karim Zokirov, Shohida Ma&#8217;zumovalgr qo&#8217;shiladilar. 1927\u2014 30 yillar &#8220;Arslon&#8221;, &#8220;Halima&#8221;, &#8220;Farhod va Shirin&#8221; kabi spektakllar sahnalashtirildi.Teatrga 1929 yil Hamza nomi, 1933 yil &#8220;akademik drama teatri&#8221; maqomi berildi. 1935 yil Uyg&#8217;ur sahnalashtirgan &#8220;Hamlet&#8221;, &#8220;Otello&#8221; (1941, A.Ladigin bilan hamkorlikda), 1939 yil Ya. Bobojonov sahnalashtirgan &#8220;Boy ila xizmatchi&#8221; spektakllari rejissura va ijroda badiiyot namunasi sifatida qayd etilgan. Ayni paytda &#8220;nomus va muhabbat&#8221;, &#8220;Paxta shumg&#8217;iyalari&#8221;, &#8220;Niqob yirtildi&#8221; kabi spektakllar sahna yuzini ko&#8217;rdi. Jahon va milliy mumtoz asarlarga murojaat etish bilan teatr o&#8217;z mavqeini yanada mustahkamladi: &#8220;Qo&#8217;zibuloq qishlog&#8217;i&#8221;, &#8220;Mehmonxona bekasi&#8221;, &#8220;Revizor&#8221;, &#8220;Makr va muhabbat&#8221;, &#8220;Hamlet&#8221;, &#8220;Boy ila xizmatchi&#8221;, &#8220;Otello&#8221; va boshqalar. Teatrda 2-jahon urushi va undan keyingi yillar &#8220;Hamza&#8221;, &#8220;Jaloliddin Manguberdi&#8221;, &#8220;Alisher Navoiy&#8221; va boshqalar, urushga javoban &#8220;Front&#8221;, &#8220;O&#8217;lim bosqinchilarga&#8221; kabi spektakllar qo&#8217;yildi. 1946-60 yillar yaratilgan &#8220;Hayot qo&#8217;shig&#8217;i&#8221;, &#8220;Oila nomusi&#8221;, &#8220;Aybsiz aybdorlar&#8221;, &#8220;Yurak sirlari&#8221;, &#8220;Qutlug&#8217; qon&#8221;, &#8220;Og&#8217;riq tishlar&#8221;, &#8220;Qaroqchilar&#8221;, &#8220;Gang daryosining qizi&#8221;, &#8220;Jazoir \u2014 mening Vatanim&#8221;, &#8220;Yuliy Tsezar&#8221;, &#8220;Hurriyat&#8221; singari yirik spektakllarda teatrning keksa, o&#8217;rta, shuningdek, yosh avlodga mansub ijrochilari samarali natijalarga erishdilar. Rejissyorlardan A.Ginzburg, T .Xo&#8217;jaevlarning teatr ravnaqiga xizmatlari alohida bo&#8217;ldi. 1960-90 yillar teatr jamoasida avlod almashinuvi jadallashdi. T.Xo&#8217;jayevdan keyin A.Qobulov, I.Otaboyev, B.Yo&#8217;ldoshev, R.Hamidov, X.Apponov, X.Qo&#8217;chqorov, S.Kapriyelov, T.Isroilov, L.Fayziyevlar rejissyor sifatida faoliyat ko&#8217;rsatdilar. T.Azizov, P.Saidqosimov, O.Yunusov, L.Yusupova, R.Ibrohimova, O.Norboeva, T.Jamilova, D.Ismoilova, M.Ibrohimova, G.Zokirova, T.Tojiyev, L.Oripov, L.Karimov, R.Avazov, Yo.Ahmedov, E.Komilov, L.Mo&#8217;minov, S.Umarov, Yo.Sa&#8217;diyev, J. Zokirov, M.Abduqunduzov, G&#8217;.Hojiyev kabi aktyorlar teatrning faol ijodkorlariga aylandilar. Teatr repertuaridan zamon va zamondoshlar qiyofasi ijtimoiy hayot illatlaridan bahs yurituvchi drama va komediyalar \u2014 &#8220;Imon&#8221;, &#8220;Ko&#8217;rmayin bosdim tikonni&#8221; (I.Sulton), &#8220;Shubha&#8221;, &#8220;Qotil&#8221;, &#8220;Parvoz&#8221;, &#8220;Parvona&#8221; (Uyg&#8217;un), &#8220;Tobutdantovush&#8221;, &#8220;Ayajonlarim&#8221; (A.Qahhor), &#8220;Tog&#8217;a va jiyanlar&#8221; (R.Bobojon), &#8220;Olma gullaganda&#8221; (O. Yoqubov), &#8220;Oltin devor&#8221; (E.Vohidov), &#8220;Komissiya&#8221;, &#8220;Qiyomat qarz&#8221;, &#8220;Shoshma, quyosh&#8221;, &#8220;O&#8217;z arizasiga ko&#8217;ra&#8221; (O&#8217;.Umarbekov), &#8220;O&#8217;g&#8217;rini qaroqchi urdi&#8221; (Shukrullo), &#8220;Kelinlar qo&#8217;zg&#8217;oloni&#8221;, &#8220;Kuyov&#8221; (S.Ahmad) va boshqalar sahnaga qo&#8217;yildi. Tarixiy drama janrida M. Shayxzodaning &#8220;Mirzo Ulug&#8217;bek&#8221;, I.Sultonning &#8220;Noma&#8217;lum kishi&#8221; pyesalari misolida tub sifat o&#8217;zg&#8217;arishi yuz berdi. Asarlar tarixiy, falsafiy mavzui ayniqsa, badiiy yetukligi bilan rejissyor va ijrochilar uchun keng imkoniyatlar berdi. Ketmaket shu janrda &#8220;Zebunniso&#8221;, &#8220;Abu Rayhon Beruniy&#8221;, &#8220;Abu Ali ibn Sino&#8221; (uyg&#8217;un), &#8220;Nodirabegim&#8221; (T.To&#8217;la), &#8220;Yulduzli tunlar&#8221; (P.Qodirov) spektakllari qo&#8217;yildi. Bu spektakllardagi aktyorlar ijrosi jamoa uchun namuna maktabi bo&#8217;ldi. &#8220;Shoh Edip&#8221;, &#8220;Qirol Lir&#8221;, &#8220;Mariya Styuart&#8221;, &#8220;G&#8217;ariblar&#8221;, &#8220;O&#8217;limdan kuchli&#8221;, &#8220;Tirikmurda&#8221;, &#8220;Asrga tatigulik kun&#8221;, &#8220;Oy tutilgan tunda&#8221; kabi mumtoz asarlar namunalari teatr tarixida alohida o&#8217;rin tutadi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, teatr faoliyatida keskin o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y berdi. Ijodiy jamoa har tomonlama erkin ish yuritish, repertuar tuzish imkoniyatiga ega bo&#8217;ldi. 2001 yil 21 sentyabrdan teatr nomi o&#8217;zgartirilib, &#8220;O&#8217;zbek milliy akademik drama teatri&#8221; deb atala boshlandi. Jamoa zamonaviy mavzuda spektakl yaratish bilan birga buyuk tarixiy shaxslar, qatag&#8217;on qurbonlarining badiiy timsolini yaratishga e&#8217;tibor kuchaytirdi. Natijada U.Shekspir zamondoshi K.Marloning &#8220;Sohibqiron Temur&#8221; dramasi o&#8217;zbek sahnasida ilk bor sahnalashtirildi, A.Oripovning &#8220;Sohibqiron Temur&#8221; dramasi, U.Azimovning Cho&#8217;lpon hayotidan hikoya qiluvchi &#8220;Kunduzsiz kechalar&#8221; tomoshabinlarga taqdim etildi. &#8220;Jar&#8221;, &#8220;Xotinlar gapidan chiqqan hangoma&#8221;, &#8220;Sab&#8217;ai sayyor&#8221;, &#8220;Alisher Navoiy&#8221;, &#8220;Abulfayzxon&#8221;, &#8220;Mehrobdan chayon&#8221;, &#8220;Chimildiq&#8221;, &#8220;Qalliq o&#8217;yin&#8221;, &#8220;Mashrab&#8221;, &#8220;Muhabbat sultoni&#8221;, &#8220;Daraxtlar tik turib jon beradi&#8221;, &#8220;Hamlet&#8221;, &#8220;Qirol Lir&#8221;, &#8220;Yetti faryod&#8221; va boshqalar so&#8217;nggi yillar yaratilgan eng yaxshi spektakllardir. Yoqub Ahmedov, Rixsi Ibrohimova, Erkin Komilov, Tolib Karimov, Saidkomil Umarov, Tesha Mo&#8217;minov, Zuhra Ashurova, Jamshid Zokirov, Gavhar Zokirova, Madina Muxtorova, Tohir Saidov, Uchqun Tillayev, Muqaddas Xoliqova, Saida Rametova, Ra&#8217;no Yarasheva va boshqalar teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning bosh rejissyori Valijon Umarov (2005). Teatr binosi 2001 yilda zamonaviy talablarga javob beradigan qilib qayta ta&#8217;mirlandi. Ta&#8217;mirdan so&#8217;ng bino butunlay yangi qiyofaga ega bo&#8217;ldi, zamonaviy texnikmuhandislik asboblari bilan jihozlandi. Bosh tarzi ustunlardan tashkil topgan, peshtoqi egik yoy shaklida, 3 ta kirish eshigi ravoqli. Foye va zali og&#8217;ir qurilmalardan xalos etildi: foye shiftiga naqshinkor bezakli gumbaz, tomosha zalining shiftiga esa osmonda suzib yurgan bulutlar tasvirlangan osma gumbaz ishlangan, uning atrofi gul yaproqlarini eslatuvchi qandillar bilan hoshiyalangan. Zalni yoritishda 7 qismli Nodir yoritish tizimi qo&#8217;llangan. Binoning 2 yon tomoni 7, 8 metrga kengaytirildi. 1 qavatda vestibyul, 2 qavatning o&#8217;ng qanotida &#8220;maqom&#8221; musiqa saloni, chap qanotida teatr rahbariyati xonalari, 3qavatda teatr muzeyi joylashgan. Binoning yer osti qismiga kichik zal, xodimlar uchun sport zali va boshqalar xonalar, garderob ishlangan. Bosh tarzitdagi stilobat kengligida 2 ta kassa, barlar joylashgan. Zal devorlari ganchkorlik usulida darpardalar ko&#8217;rinishida bezatilib, oraliqlariga bir maromda takrorlanuvchi zarhallangan ko&#8217;k koshinkori vertikal yo&#8217;llar ishlangan. Sahna pardasi zardo&#8217;zi kashtalar bilan jozibador bezatilgan. Katta (540 o&#8217;rin) va kichik (110) zaldagi o&#8217;rindiq, foye va zinaning yog&#8217;och to&#8217;siqlari Italiyadan keltirilgan; zalning poydevori yashma toshlaridan, foye poli och rangli marmardan qadama usulida ishlangan. Eshiklar yog&#8217;och o&#8217;ymakorligida jozibador bezatilgan. Binoning me&#8217;moriy echimida milliy me&#8217;moriy an&#8217;anaviy usullardai foydalanilgan. Bino Navoiy ko&#8217;chasidagi 50-yillarda qurilgan binolar bilan uyg&#8217;unlashtirilgan. Peshtoqdagi ustunlar qatori yon tarzlaridagi karnizlarda davom etadi. Stilobat, devor va yoysimon shakldagi bosh zina qizil granitdan, poyustunlar va bino poydevori yirik plitalar bilan qoplangan. Peshtoq antamblementining me&#8217;moriy bo&#8217;laklari, ustun boshalari, yon tarzlaridagi ustunlar betonlar zdda quyib tayyorlangan, so&#8217;ng bo&#8217;yalgan. Bino bezaklarini yaratishda &#8220;Usto&#8221; birlashmasi ustalari, haykaltaroshlik eksperimental ishlab chiqarish kti, Toshkent keramika zavodi, &#8220;Ilhom&#8221; teatri rassomlari va boshqalar samarali mehnat qildi. Oldidagi vitrajlar ko&#8217;k rang, yon tarzlari tilla rang shishalardan ishlangan. Binoning tashqi yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan: ustun ostiga o&#8217;rnatilgan chiroq va projektorlar bilan binoning tungi salobati, ko&#8217;rki namoyon bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRI \u2014 O&#8217;zbekistonda yangi sahna san&#8217;atini shakllanishi va rivojlanishiga karvonboshilik qilgan teatr jamoasi, eng keksa va yirik teatrlardan. 1913 yil Toshkentda tashkil topib, 1914 yilning 27 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbek-milliy-akademik-drama-teatri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-14699","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14699","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14699"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14699\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14701,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14699\/revisions\/14701"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14699"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14699"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14699"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}