{"id":14700,"date":"2022-01-19T17:08:20","date_gmt":"2022-01-19T14:08:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14700"},"modified":"2022-01-19T17:08:21","modified_gmt":"2022-01-19T14:08:21","slug":"ozbek-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbek-tili\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEK TILI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEK TILI \u2014 turkiy tillarning qorluq guruhiga mansub tillardan; yangi uyg&#8217;ur tili bilan birgalikda qorluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi. O&#8217;zbekiston Respublikasining davlat tili (1989 yil 21 oktyabrdagi &#8220;Davlat tili haqida&#8221;gi qonunga muvofik, o&#8217;zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan). Asosan, O&#8217;zbekistonda, shuningdek, Afg&#8217;oniston, Tojikiston, Qirg&#8217;iziston, Qozog&#8217;iston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, AQSh, Germaniya va boshqalar mamlakatlarda tarqalgan. O&#8217;zbek tilida so&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni 25 million kishidan ortiqroq (O&#8217;zbekistonning o&#8217;zida 18 milliondan, Tojikistonda 1,2 milliondan ziyodroq, Afg&#8217;onistonda esa, turli manbalarga ko&#8217;ra, 2,5 milliondan 4 milliongacha, Qirg&#8217;iziston va Saudiya Arabistonining har birida 550-600 mingdan ortiq, Qozog&#8217;iston va Turkmanistonning har birida 320-330 mingdan ortiq) kishini tashkil etadi (2000). O&#8217;zbek tili qipchoq, o&#8217;g&#8217;uz, qorluqchigiluygur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi. Unda 3 ta asosiy lahja guruhi bor. Bular: 1) qorluqchigiluyg&#8217;ur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) o&#8217;g&#8217;uz lahjasi. Bu lahja guruhlari tarkibidagi ko&#8217;plab shevalar o&#8217;zaro fonetik, leksik va qisman morfologik jihatdan o&#8217;zaro farqlansada, ularning barchasi ham milliy O&#8217;zbek tilining, adabiy O&#8217;zbek tilining shakllanishida u yoki bu darajada ishtirok etgan. O&#8217;zbek tilining lahjalari orasida, odatda, qorluqchigil lahjasi hamda uning tarkibiga kiruvchi shevalar (Toshkent, Andijon, Farg&#8217;ona, Namangan, Qo&#8217;qon, Jizzax, Samarqand, Kattaqo&#8217;rgon, Buxoro, Qarshi, O&#8217;sh, Marg&#8217;ilon. Jalolobod va boshqalar shaharlarning shevalari) o&#8217;zbek adabiy tilining tayanch shevalari deb hisoblanadi. O&#8217;zbek adabiy tilining me&#8217;yorlarini belgilashda Toshkent shevasi fonetik jihatdan. Farg&#8217;ona, Andijon shevalari esa morfologik jihatdan tayanch shevalar deb olingan. O&#8217;zbek tilining asosiy fonetik belgilari: tayanch shevalarda, shuningdek, boshqa turkiy tillarda 8-9 unli bo&#8217;lgani holda, adabiy O&#8217;zbek tilida 6 unlining mavjudligi; ayrim shevalarga, boshqa bir qancha turkiy tillarga xos bo&#8217;lgan lab va tanglay ohangdoshligi (singarmonizm)ning adabiy O&#8217;zbek tilida yo&#8217;qligi, urg&#8217;uning, asosan, so&#8217;zning oxirgi bo&#8217;g&#8217;iniga tushishi va boshqalar morfologik belgilari: otlarning kelishik (6 ta kelishik mavjud), egalik, son (birlik va ko&#8217;plik) kategoriyalariga egaligi va shular bo&#8217;yicha o&#8217;zgarishi, jins kategoriyasining yo&#8217;kligi; singarmonizm yo&#8217;qligi tufayli so&#8217;z va shakl yasovchi qo&#8217;shimchalarning bir variantligi; sifatlarda daraja kategoriyasining (ozaytirma va kuchaytirma shakllarning) mavjudligi; olmosh va son turkumlarida so&#8217;z yasalishining yo&#8217;qligi; ko&#8217;plab ravishlarning o&#8217;ziga xos qo&#8217;shimchalar bilan hosil bo&#8217;lishi; fe&#8217;llarda mayl, nisbat, shaxsson, zamon kategoriyalarining mavjudligi va boshqalar. Sintaktik belgilari: so&#8217;zlar teng va tobe aloqada bo&#8217;lib, tobe aloqaning 3 turi (boshqaruv, moslashuv, bitishuv) mavjud; so&#8217;z tartibida aniqlovchi aniqlanmishdan, to&#8217;ldiruvchi va hol kesimdan oldin keladi. O&#8217;zbek tili so&#8217;z yasalishida affiksatsiya ustunlik qiladi. Leksik tarkibi o&#8217;z va o&#8217;zlashgan qatlamdan iborat: o&#8217;z qatlam umumturkiy va sof o&#8217;zbekcha so&#8217;zlardan tashkil topgan bo&#8217;lsa, o&#8217;zlashma qatlamda ko&#8217;plab Arabcha, forscha, tojikcha, mo&#8217;g&#8217;ulcha, ruscha va rus tili orqali kirgan baynalmilal so&#8217;zlar bor. Terminologiya, asosan, baynalmilal leksika hisobiga boyib bormoqda. O&#8217;zbek tiliga so&#8217;z o&#8217;zlashtirish majburiylik asosida emas, tillar rivojlanishining ob&#8217;yektiv qonuniyatlariga mos holda amalga oshmoqda. Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan urxunenisey tosh bitiklari, O&#8217;rta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari bo&#8217;lgan &#8220;Devonu lug&#8217;otit turk&#8221;, &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221; kabi o&#8217;lmas asarlar o&#8217;zbek xalqi tilining ham dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi. Eski o&#8217;zbek adabiy tilining shakllanishi 14-asr oxirlari va 15 asrga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Bu davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning ham ilmiy, ham amaliy xizmatlari, adabiy ijodi muhim o&#8217;rin tutadi. O\u2019zbek adabiy tili Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur ijodi bilan boshlanib, Ogahiy, Furqat, Muqimiylar ijodida davom etdi, sayqal topdi. Hozirgi o&#8217;zbek adabiy tili, eski o&#8217;zbek adabiy tilining davomchisi sifatida 20-asrning 1-choragida qarluqchigil lahjasining Toshkent va Farg&#8217;ona shevalari bazasida shakllanadi. Sho&#8217;ro davrida olib borilgan noto&#8217;g&#8217;ri til siyosati va turli tazyiqlar oqibatida O&#8217;zbek tilining turli sohalardagi vazifalari nihoyatda cheklanib qoladi. O&#8217;zbek tiliga davlat tili maqomi berilgandan keyin, ayniqsa, O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, O&#8217;zbek tili shakllanishining yangi davri boshlandi: O&#8217;zbek tili xo&#8217;jalik hayotining barcha sohalarida to&#8217;liq amal qiladigan polifunktsional til sifatida rivojlanmoqda. O&#8217;zbeklarning ajdodlari, barcha turkiy xalqlar qatori, 5-8-asrlarda urxun-yenisey yozuvidan va boshqalar qadimiy yozuvlardan foydalanganlar. 11-asrdan 1929 yilgacha Arab grafikasi asosidagi, 1929-40 yillarda lotin grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanilgan. 1940 yildan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1993 yil 2 sentyabrda O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi &#8220;Lotin yozuviga asoslangan o&#8217;zbek alifbosini joriy etish to&#8217;g&#8217;risida&#8221; qonun qabul qildi. Ushbu qonun 1995 yil 6 mayda O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli o&#8217;zgartishlar bilan qayta qabul qilindi va &#8220;Davlat tili haqida&#8221;gi qonun bilan bir qatorda, uning davomi sifatida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. O&#8217;zbek tilini ilmiy-qiyosiy o&#8217;rganish asosan Alisher Navoiyning &#8220;Muhokamat ul-lug&#8217;atayn&#8221; asaridan boshlangan. Hozirgi O&#8217;zbek tilini atroflicha, chuqur o&#8217;rganishga esa 20-asrning 20-yillaridan kirishilgan. Bu sohadagi dastlabki tadqiqotlarni Fitrat, Elbek, Ashurali Zohiriy, E.D. Polivanov, G&#8217;ozi Olim Yunusov va K.K.Yudaxinlar boshlab berishgan bo&#8217;lsa, 30-70-yillarda S. Ibrohimov, O.Usmonov, A.G&#8217;ulomov, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, U.Tursunov, Z. Ma&#8217;rufov, I.Qo&#8217;chqortoyev, A.N.Kononov, F.Abdullayev, Faxri Kamol, Sh.Shukurov, I. Rasulov o&#8217;zbek tilshunosligi rivojiga munosib hissa qo&#8217;shdilar. Hozirgi kunda o&#8217;zbek tilshunosligini rivojlantirish, O&#8217;zbek tilini yangicha metodlar asosida har tomonlama o&#8217;rganish o&#8217;tgan asrning 50-yillaridan boshlab fanga kirib kelgan Sh. Shoabdurahmonov, G&#8217;.Abdurahmonov, M.Asqarova, A. Hojiyev, A.Rustamov, A.M. Shcherbak, E.Fozilov, Sh.Rahmatullaev, M.Mirtojiev, M.Sodiqova, E. Begmatov, Q.Mahmudov, A.Nurmonov, H.Ne&#8217;matov va boshqalar tilshunoslar tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Germaniya, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqalar mamlakatlarda ham O&#8217;zbek tilini o&#8217;rganishga katta e&#8217;tibor berilmoqda. Ad.: Polivanov E.D., Vvedenie v Izuchenie uzbekskogo yazmka, ch. 1, T., 1925; Hozirgi zamon o&#8217;zbek tili [Leksikologiya. Fonetika. Morfologiya], T., 1957; Kononov A.N., Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazmka, M.\u2014L., 1960; G. Derbak A.M., Grammatika starouzbekskogo yazmka, M.\u2014L., 1962; G&#8217;ulomov A., Asqarova M., Hozirgi o&#8217;zbek adabiy tili [sintaksis], T., 1965; Baskakov N.A., Vvedenie v Izuchenie tyurkskix yazmkov, 2 izd., M., 1969; Abdurahmonov G&#8217;., Shukurov Sh., O&#8217;zbek tilining tarixiy grammatikasi, T., 1973; O&#8217;zbek tili grammatikasi, 2jildli [1 J. \u2014 Morfologiya, 2 j. \u2014 Sintaksis], T., 1975-76; Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh., O&#8217;zbek dialektologiyasi, T., 1978;hozirgi o&#8217;zbek adabiy tili, 1-qism,T., 1980; Tursunov U., O&#8217;rinboev B., O&#8217;zbek adabiy tili tarixi, T., 1982; Nurmonov A., O&#8217;zbek tilshunosligi tarixi, T., 2002. Abduvahob Madvaliev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEK TILI \u2014 turkiy tillarning qorluq guruhiga mansub tillardan; yangi uyg&#8217;ur tili bilan birgalikda qorluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi. O&#8217;zbekiston Respublikasining davlat tili (1989 yil 21 oktyabrdagi &#8220;Davlat tili haqida&#8221;gi qonunga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbek-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-14700","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14700","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14700"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14700\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14702,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14700\/revisions\/14702"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14700"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14700"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14700"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}