{"id":14704,"date":"2022-01-19T17:15:15","date_gmt":"2022-01-19T14:15:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14704"},"modified":"2022-01-19T17:15:16","modified_gmt":"2022-01-19T14:15:16","slug":"ozbek-ulusi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbek-ulusi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEK ULUSI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEK ULUSI \u2014 Dashti Qipchoqning Sharqiy qismi (Janubiy G&#8217;arbiy Sibir) da Abulxayrxon asos solgan (1428) davlat va uning aholisi. &#8220;O&#8217;zbek ulusi&#8221;atamasi O&#8217;zbekxon nomi bilan bog&#8217;liq. Poytaxti \u2014 chingi-tura (hozirgi Tura) shahri 1428-46 yillarda O&#8217;zbek ulusiga Orol dengizining shim. qirg&#8217;oqlaridan to Irtish daryosining o&#8217;rta oqimlarigacha, Sharqda Sarisu va Chu daryolaridan g&#8217;arbda yoyiq (Ural) daryosining so&#8217;l sohillarigacha bo&#8217;lgan yerlar qaragan. O&#8217;zbek ulusi urug&#8217;-qabilachilik munosabatlari asosida barpo etilgan. 1431-46 yillarda Abulxayrxon Jo&#8217;jixon naslidan bo&#8217;lgan ko&#8217;pgina sultonlar (Iboqxon, Burka Sulton, Jonibek, Gerayxon, Mustafoxon) ning ayirmachilik harakatlariga barham berish uchun kurash olib borgan. 15-asrning 30-yillarida Oltin O&#8217;rda, Oq O&#8217;rda, Mo\u2019g\u2019uliston va Temuriylar saltanatida ichki nizolar kuchayib ketganidan foydalanib Abulxayrxon O&#8217;zbek ulusi tarkibiga hozirgi Markaziy va Sharqiy Qozog&#8217;iston yerlarini, Sirdaryo bo&#8217;yidagi Sig&#8217;noq, Oqqo&#8217;rg&#8217;on, Arquq, O&#8217;zgan, Suzoq shahrilari va Xorazm viloyatini qo&#8217;shib olgan (1431-35). 1447 yil O&#8217;zbek ulusining poytaxti Turadan Sig&#8217;noqqa ko&#8217;chirilgan. Natijada O&#8217;zbek ulusi temuriylarning yon qo&#8217;shnisiga aylangan. Dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlariga bo&#8217;lgan ehtiyoj ularni har yili Movarounnahrga hujum qilishiga sabab bo&#8217;lgan. Shuningdek, O&#8217;zbek ulusi temuriylarning o&#8217;zaro kurashlariga aralasha boshlagan. Masalan, Abulxayrxon Abu Said Mirzoning Samarqand taxtini egallashiga (1451) va Ulug&#8217;bekning nabirasi Muhammad Jo&#8217;giyning toj-taxt uchun kurashiga (1459-60) yordam bergan. Temuriylardan Sulton Husayn Boyqaro, Atouddavla, Manuchehr mirzolar Abulxayrxondan yordam so&#8217;raganlar. Abulxayrxon vafoti (1468)dan so&#8217;ng O&#8217;zbek ulusi o&#8217;zaro ichki nizolar natijasida inqirozga uchragan. Abulxayrxon o&#8217;rniga taxtga o&#8217;tirgan o&#8217;g&#8217;li Haydarxon davrida Iboqxon, Burka Sulton, Jonibek, Gerayxon, Mang&#8217;it amirlaridan Yomg&#8217;urchi va Muso Mirzolar Oltin O&#8217;rda xoni Ahmadxon bilan ittifoq tuzib, Haydarxonga qarshi kurash olib borib, g&#8217;alabaga erishganlar. Haydarxon qatl etilgan. Iboqxon va uning ittifoqchilari Abulxayrxonning qarindoshurug&#8217;larini va tarafdorlarini qirg&#8217;in qilishgan. Undan faqat Muhammad Shayboniyxon, uning ukasi Mahmud Sulton, Abulxayrxonning o&#8217;g&#8217;illari Suyunchxo&#8217;jaxon va Ko&#8217;chkunchixon, Baxtiyor Sultonning o&#8217;g&#8217;li Mahdiy Sulton, Hamza Sulton va ba&#8217;zi beklargina qochib qutulgan, xolos. O&#8217;zbek ulusi aholisi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug&#8217;ullangan. Gulchehra Sultonova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEK ULUSI \u2014 Dashti Qipchoqning Sharqiy qismi (Janubiy G&#8217;arbiy Sibir) da Abulxayrxon asos solgan (1428) davlat va uning aholisi. &#8220;O&#8217;zbek ulusi&#8221;atamasi O&#8217;zbekxon nomi bilan bog&#8217;liq. Poytaxti \u2014 chingi-tura (hozirgi Tura) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbek-ulusi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-14704","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14704","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14704"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14704\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14706,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14704\/revisions\/14706"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14704"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14704"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14704"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}