{"id":14708,"date":"2022-01-19T17:36:26","date_gmt":"2022-01-19T14:36:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14708"},"modified":"2022-01-19T17:36:26","modified_gmt":"2022-01-19T14:36:26","slug":"ozbekinvest-eksport-import-milliy-sugurta-kompaniyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekinvest-eksport-import-milliy-sugurta-kompaniyasi\/","title":{"rendered":"&#8220;O&#8217;ZBEKINVEST&#8221; EKSPORT-IMPORT MILLIY SUG&#8217;URTA KOMPANIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;O&#8217;ZBEKINVEST&#8221; EKSPORT-IMPORT MILLIY SUG&#8217;URTA KOMPANIYASI \u2014 yagona korporativ tizimga ega bo&#8217;lgan ko&#8217;p tarmoqli sug&#8217;urta kompaniyasi. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasida investisiyalarning sug&#8217;urta himoyasini ta&#8217;minlash chora-tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qaroriga muvofiq milliy sug&#8217;urta kompaniyasi tarzida tashkil etilgan. 1997 yil 28 Fevraldan hukumatning eksport va import sug&#8217;urtasi bo&#8217;yicha maxsus sug&#8217;urta agenti maqomidagi O&#8217;zbekiston Respublikasi eksport-import milliy sug&#8217;urta kompaniyasi. Boshqaruvi Toshkent shahrida. Muassislari: O&#8217;zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (ustav kapitalidagi hissasi 50 million AQSh dollari), O&#8217;zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (ustav kapitalidagi hissasi 10 million AQSh dollari). Kompaniyaning asosiy vazifalari eksportchilarning chet ellarda siyosiy, tijorat va tadbirkorlik xatarlaridan sug&#8217;urta himoyasini ta&#8217;minlash; O&#8217;zbekiston Respublikasi tijorat bank rezidentlarining sug&#8217;urta himoyasini ta&#8217;minlash; mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini tadqiq qilish va texnologiya, Tovar va xizmatlarning xalqaro bozor holati va rivojlanishi kompleks marketing tahlilini tashkil qilish; respublika va chet el investorlarining shaxsiy va mulkiy manfaatlari sug&#8217;urta himoyasini kompleks ta&#8217;minlash va boshqalar kompaniya chet el investisiyalari sug&#8217;urta himoyasi; ishlab choqarish tijorat faoliyatini umumiy xatarlardan sug&#8217;urtalash; eksport sug&#8217;urtasi; jismoniy shaxslarni sug&#8217;urtalash, hayot sug&#8217;urtasi kabi jahon sug&#8217;urta amaliyotida qo&#8217;llaniladigan barcha turdagi sug&#8217;urta xizmatlarini ko&#8217;rsatadi. Kompaniyaning Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi va viloyatlarda 14 hududiy filiali bor. Kompaniya tomonidan &#8220;Ameriken Interneshnl Grupp&#8221; moliyaviy guruhi bilan hamkorlikda ustav kapitali 100 mln. AQSh dollari bo&#8217;lgan (20% AQSh, 80% O&#8217;zbekiston); &#8220;O&#8217;zbekinvest Interneshnl&#8221; qo&#8217;shma korxonasi (London; 1994; chet el investorlariga siyosiy xatarlardan sug&#8217;urta himoyasi ko&#8217;rsatish); ixtisoslashtirilgan &#8220;O&#8217;zbekinvest Eksiminform&#8221; marketing agentligi (1997; mahalliy tadbirkorlarning texnologiya, tovarlar va xizmatlar jahon bozoriga kirishi mapfaatlarini himoya qilish) &#8220;O&#8217;zbekinvest Assietash&#8221; servis agentligi (2000; O&#8217;zbekiston Respublikasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tibbiy, yuridik va texnik assistans bo&#8217;yicha xizmatlar ko&#8217;rsatish); &#8220;O&#8217;zbekinvest sarmoyalari&#8221; investisiya kompaniyasi (1997; qisqa muddatli kuponsiz davlat obligasiyalari bozorida brokerlik, dillerlik, anderrayting va nominal egalik xizmatlari ko&#8217;rsatish); &#8220;O&#8217;zbekinvest hayot&#8221; sug&#8217;urta kompaniyasi (2003; aholini ijtimoiy himoyalash tizimini yanada rivojlantirish, hayotni uzoq muddatli sug&#8217;urtalash) kabi sho\u2019ba korxonalari faoliyat ko&#8217;rsatadi. 2003 yilda kompaniya sug&#8217;urta shartnomalar soni 2000 yilga nisbatan 1,5 marta, sug&#8217;urta majburiyatlari 2,5 marta, sug&#8217;urta mukofotlari 3,9 marta, sug&#8217;urta to&#8217;lovlari 11,9 marta o&#8217;sdi. Xalqaro va davlat darajasidagi institutlar \u2014 AQShning investisiyalarni kafolatlash bo&#8217;yicha ko&#8217;p tomonlama agentligi (M1sa), xususiy chet el investisiyalari korporasiyasi (OR1S), Buyuk Britaniyaning eksport kreditlari kafolatlari departamenti (esse) va Germaniyaning &#8220;Germes&#8221;, Shveytsariyaning eksport kreditlari kafolatlari bo&#8217;yicha (Eks) va Italiyaning (8ASE) komissiyalari bilan sheriklik munosabatlari o&#8217;rnatilgan. Kompaniya 2003 yil dekabrdan xalqaro darajada sug&#8217;urta faoliyatini amalga oshirish sertifikatiga ega. Sunnatulla Umarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;O&#8217;ZBEKINVEST&#8221; EKSPORT-IMPORT MILLIY SUG&#8217;URTA KOMPANIYASI \u2014 yagona korporativ tizimga ega bo&#8217;lgan ko&#8217;p tarmoqli sug&#8217;urta kompaniyasi. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasida investisiyalarning sug&#8217;urta himoyasini ta&#8217;minlash chora-tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qaroriga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekinvest-eksport-import-milliy-sugurta-kompaniyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-14708","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14708","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14708"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14708\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14710,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14708\/revisions\/14710"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14708"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14708"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14708"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}