{"id":14785,"date":"2022-01-19T20:30:37","date_gmt":"2022-01-19T17:30:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14785"},"modified":"2022-01-19T20:30:38","modified_gmt":"2022-01-19T17:30:38","slug":"bandixon-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bandixon-tumani\/","title":{"rendered":"BANDIXON TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>BANDIXON TUMANI &#8211; Surxondaryo viloyatining tuman. 1992 yil 18 mayda tashkil etilgan. Bandixon tumani viloyatning Qumqo&#8217;rg&#8217;on, Qiziriq, Jarqo&#8217;rg&#8217;on, Sherobod, Boysun tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,20 ming kilometr kvadrat. Aholisi 30,0 mingdan ortiq kishi (2000). Bandixon tumanida 5 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bandixon, Kirshak, Olmazor, Chorvador, Qiziriq) bor. Markazi \u2014 Bandixon qishlog&#8217;i. Bandixon tumanida bir qancha qadimgi qo&#8217;rg&#8217;on qoldiqlari topilgan. Bulardan eng yirigi Bandixon qo&#8217;rg&#8217;oni (miloddan avvalgi 2 \u2014 1 &#8211; asrlarga oid) arxeologlar tomonidan 1973 yil aniqlangan. Tabiati. Bandixon tumani hududi asosan g&#8217;arbda shimoldan Sharq va Janubga tomon pasayib boradigan Surxon-Sherobod dashtlarining shimol qismida joylashgan. Tuman hududida asosan Janub-g&#8217;arbdan shimoli-sharqqa yo&#8217;nalgan Sherobod Sariqamish tog&#8217;lari va Bandixonqiziriq adiri bor. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Yanvarning o&#8217;rtacha temperatirasi 2,5\u00b0 \u2014 3\u00b0, iyulniki 30\u00b0 &#8211; 31\u00b0. Yiliga 160 &#8211; 200 millimetr yog&#8217;in tushadi. Tumanning shimoldan Bandixon soyi oqib o&#8217;tadi. Tuman xo&#8217;jaliklari Oqqopchig&#8217;ay va Sherobod ariqlaridan sug&#8217;oriladi. Tuprog&#8217;i tipik bo&#8217;z, qumloq va qisman taqir-bo&#8217;z tuproqlar. O&#8217;simliklari efemer va efemeroidlardan iborat. Tog&#8217;li qismlari va jarliklarda bo&#8217;ri, tulki, sudralib yuruvchilar, qushlar va hasharotlar (chayon, qoraqurt) yashaydi. Aholisining asosiy qismi (96%) ni o&#8217;zbeklar, 3% ni tojiklar tashkil qiladi, shuningdek tatarlar, ruslar va boshqalar ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga o&#8217;rtacha 145 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Barcha aholi qishloqlarda yashaydi. Xo&#8217;jaligi asosan agrar xususiyatga ega. Sug&#8217;oriladigan ekin maydonlari tuman yer fondining 70%ni tashkil etadi. Yaylovlar 27,5%ni, dehqonchilikka yaroqli yerlar 2,5%ni tashkil qiladi. Bandixon tumanida 6 jamoa xo&#8217;jaligi mavjud. Qishloq xo\u2019jaligida paxtachilik asosiy o&#8217;rinni egallaydi. G&#8217;alla ekinlari ekiladi, tokchilik, bog&#8217;dorchilik rivojlangan. Tumanda 4 kichik korxona, 46 dehqon va fermer xo&#8217;jaligi, chorvachilikka ixtisoslashtirilgan 5 aktsiyadorlik jamiyati faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. 22 xususiy kichik korxona, 11 tegirmon, 40 xususiy do&#8217;kon va oshxonalar, 6 objuvoz bor. Sherobod \u2014 Denov avtomobil yo&#8217;li Bandixon tumanini kesib o&#8217;tgan. Bandixon tumanida Shreder nomidagi respublika Bog&#8217;dorchilik, tokchilik va vinochilik korporatsiyasining filiali mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BANDIXON TUMANI &#8211; Surxondaryo viloyatining tuman. 1992 yil 18 mayda tashkil etilgan. Bandixon tumani viloyatning Qumqo&#8217;rg&#8217;on, Qiziriq, Jarqo&#8217;rg&#8217;on, Sherobod, Boysun tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,20 ming kilometr kvadrat. Aholisi 30,0 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bandixon-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14785","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14785","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14785"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14785\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14786,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14785\/revisions\/14786"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14785"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14785"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14785"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}