{"id":14809,"date":"2022-01-20T08:41:05","date_gmt":"2022-01-20T05:41:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14809"},"modified":"2022-01-20T08:41:08","modified_gmt":"2022-01-20T05:41:08","slug":"ozbekiston-davlat-sanat-muzeyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-davlat-sanat-muzeyi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON DAVLAT SAN&#8217;AT MUZEYI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON DAVLAT SAN&#8217;AT MUZEYI \u2014 madaniy-ma&#8217;rifiy, ilmiy muassasa; O&#8217;rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey. 1918 yilda Toshkent shahrida Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan; keyinchalik Markaziy badiiy muzey, 1924 yildan Toshkent san&#8217;at muzeyi, 1935 yildan hozirgi nomda. Muzey Toshkentda yashagan Knyaz N.K.Romanovning shaxsiy to&#8217;plami (rus va G&#8217;arbiy Yevropa rassomlari yaratgan portret va tarixiy kartinalar, grafika va haykaltaroshlik asarlari, badiiy mebel, chinni buyumlar va boshqalar) negizida vujudga kelgan. Turkiston o&#8217;lkashunoslik muzeyining badiiy bo&#8217;limidan va boshqalar muzeylarning fondlaridan, shaxsiy to&#8217;plamlardan san&#8217;at asarlari keltirilib boyitilgan (V.L. Borovikovskiy, K. P. Bryullov, V. A. Tropinin, I.M.Nikitin, O.A.Kiprenskiy, I.K.Ayvazovskiy, S.V.Ivanov, I.N. Kramskoy, N.N.Ge, A.K. Savrasov, I. I.Shishkin, V.G. Perov va boshqalar); muzeyda 19-asr rus rassomlarining Nodir asarlari to&#8217;plangan (I.E.Repin, V. A. Serov, I.I. Levitan, N.K.Rerix va boshqalar). Muzey fondi 50 mingdan ziyod eksponatga ega (2005), tomoshabinlar soni yiliga 250 mingdan oshadi. Muzeyda O&#8217;zbekiston xalq amaliy san&#8217;ati, O&#8217;zbekiston tasviriy san&#8217;ati, rus san&#8217;ati, G&#8217;arbiy Yevropa san&#8217;ati, xorijiy Sharq xalklari san&#8217;ati bo&#8217;limlari, xazina, ta&#8217;mirlash ustaxonasi, fotolaboratoriya bor, lektoriy tashkil etilgan. Muzey ilmiy muassasa sifatida O&#8217;zbekiston tasviriy san&#8217;ati bo&#8217;yicha ilmiy tekshirish ishlari olib boradi: san&#8217;at asarlari sotib oladi, ularni ilmiy yoritadi, muzey xazinasidagi san&#8217;at asarlarini tahlil qiladi, tavsiflaydi, ilmiy asarlar, katalog, albomlar nashr etadi (masalan, &#8220;Yapon gravyurasi O&#8217;zbekiston davlat san&#8217;at muzeyi to&#8217;plamida&#8221; katalogi; &#8220;Davlat san&#8217;at muzeyi&#8221; albomi, &#8220;Toshkentda eng yaxshi&#8221; turkum ma&#8217;lumot kitobi va boshqalar), xazinasidagi san&#8217;at asarlari asosida mavzuli ko&#8217;rgazmalar tashkil etadi, chet mamlakatlar (AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Shveytsariya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya va boshqalar) ko&#8217;rgazmalarida ishtirok etadi (jumladan, &#8220;ekspo\u20142000&#8221; xalqaro ko&#8217;rgazmasi, Germaniyada; xalqaro gilamdo&#8217;zlik ko&#8217;rgazmasi hamda &#8220;qadimshunoslik va amaliy san&#8217;at&#8221;, AQShda va boshqalar). Ayniqsa, mustaqillik yillarida xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy aloqalar kengaydi. Muzey xalqaro muzeylar qo&#8217;mitasi (IKOM) a&#8217;zosidir. Muzeyga turli davrlarda Sh. Hasanova, S.Abdullayev, D.Ro&#8217;ziboyev rahbarlik qilgan; 1997 yildan muzey rahbari Nasiba Ibrohimova. Muzey ekspozitsiyasi san&#8217;at janri va turlariga ajratilgan holda xronologik tartibda tuzilgan. Har bir zaldagi eksponatlar san&#8217;at turlari, maktablari, an&#8217;analar va hozirgi rivojlanish markazlariga qarab joylashtirilgan. Ekspozitsiya O&#8217;zbekistonning qadimiy san&#8217;at yodgorliklari \u2014 Zarautsoy rasmlari, Xolchayondan topilgan haykallarni, so&#8217;ng O&#8217;zbekiston xalq amaliy bezak san&#8217;atini namoyish etish bilan boshlanadi. O&#8217;rta Osiyoda yashab ijod etgan rassomlar (I.S.Kazakov, N.N.Karazin, R.K.Zommer va boshqalar)ning 250 ga yaqin san&#8217;at asarlari to&#8217;plangan, shu yerda ishlagan rassom P. Benkov, A. Volkov, M.I.Kurzin, Usto Mo&#8217;min (A. Nikolaev), O. Tatevosyan, V. Ufimtsev, N.V.Kashina, Z.M.Kovalevskaya va boshqalarning asarlariga ekspozitsiyadan alohida o&#8217;rin berilgan. Muzey fondining katta qismini O&#8217;zbekiston tasviriy san&#8217;ati asarlari tashkil qiladi: O&#8217;zbekiston tabiat kuychisi O&#8217;. Tansiqboyev, A. Abdullayev, Ya.Abdullayev, Sh. Hasanova, Ch.Ahmarov, R. Ahmedov, N.Qo&#8217;ziboyev, S. Abdullayev, R.Choriyev ijodi, tasviriy san&#8217;at taraqqiyotidagi ularning hissasi muzey ekspozitsiyalarida o&#8217;z aksini topgan. Muzey, shuningdek, boy o&#8217;zbek amaliy san&#8217;ati to&#8217;plamiga ega: ganch, yog&#8217;och va tosh o&#8217;ymakorligi namunalari, zargarlik, gilamchilik, kashtado&#8217;zlik, kulollikka mansub qimmatli buyumlar o&#8217;zbek xalqining qadimiy va boy amaliy bezak san&#8217;ati haqida mukammal ma&#8217;lumot beradi. Muzeyda G&#8217;arb (Italiya, Ispaniya, Germaniya, Niderlandiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya) va Sharq (Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Vetnam, Myanma) mamlakatlarining tasviriy san&#8217;at asarlari va amaliy san&#8217;ati namunalariga keng o&#8217;rin berilgan. Muzey dastlab Knyaz N.K.Romanov saroyida, 1935-66 yillar Xalq universiteti binosida joylashgan, 1974 yildan (1966 yil Toshkent zilzilasida vayron bo&#8217;lgan Xalq universiteti binosi o&#8217;rnida) muzey uchun maxsus qurilgan binoda (me&#8217;morlari I.Abdulov, A.K.Nikiforov, S.A.Rozemblyum). Bino tarhi sodda kub shaklida, tarzlari metall sinch (karkas) li konstruktsiyalar bilan to&#8217;rtburchak shaklli qismlarga bo&#8217;lingan, poydevor va peshtog&#8217;i kulrang marmar bilan qoplangan. Muzey binosida 1997 yildan qayta qurish va ta&#8217;mirlash ishlari olib borildi; binoning 4 tomoniga O&#8217;zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy oynalar o&#8217;rnatildi, ular zallarni bir xilda mayin yoritib turishi san&#8217;at asarlarini tabiiy yorug&#8217;likda ko&#8217;rish imkonini beradi. Muzey zamonaviy qo&#8217;riqlash va yong&#8217;inga qarshi asbob-uskunalar, kompyuterlar bilan jihozlandi. Nasiba Ibrohimova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON DAVLAT SAN&#8217;AT MUZEYI \u2014 madaniy-ma&#8217;rifiy, ilmiy muassasa; O&#8217;rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey. 1918 yilda Toshkent shahrida Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan; keyinchalik Markaziy badiiy muzey, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-davlat-sanat-muzeyi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-14809","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14809","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14809"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14809\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14811,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14809\/revisions\/14811"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14809"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14809"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14809"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}