{"id":14824,"date":"2022-01-20T09:16:15","date_gmt":"2022-01-20T06:16:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14824"},"modified":"2022-01-20T09:16:18","modified_gmt":"2022-01-20T06:16:18","slug":"ozbekiston-ichki-ishlar-vazirligi-akademiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-ichki-ishlar-vazirligi-akademiyasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI \u2014 huquqni muhofaza qilish organlari uchun xodimlar tayyorlovchi oliy ta&#8217;lim muassasasi. 1994 yil 2 sentyabrda tashkil qilingan. Ichki ishlar organlari yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning vazifasi hisoblanadi. Akademiya tarkibiga ichki ishlar organlari zobitlarini tayyorlash o&#8217;quv kurslari, zobitlar malakasini oshirish fakulteti, oliy akademik kurslar, ichki ishlar organlari serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslari, 21 kafedra, 14 bo&#8217;lim, turli yordamchi xizmatlar kiradi. Akademiyada o&#8217;qish muldati: ichki ishlar organlari zobitlari ixtisosliklari bo&#8217;yicha 4 yil, ichki ishlar organlari boshqaruvini tashkil etish bo&#8217;yicha 1 yil, serjantlar tayyorlash bo&#8217;yicha 6 oy. Tinglovchilarga ijtimoiy- gumanitar, iqtisodiyot fanlari, maxsus va umumiy yuridik fanlar o&#8217;qitiladi, amaliy faoliyatning ilg&#8217;or shakl va uslublari o&#8217;rgatiladi. Ularga O&#8217;zbekiston Faning 3 akademigi, 19 fan doktori va 13 professor, 87 fan nomzodi va 39 dotsent bilim beradi. Akademiyada 14 ta muammo bo&#8217;yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ular asosan ichki ishlar organlarining jamoat tartibini muhofaza qilish va jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini, ichki ishlar vazirligi oliy o&#8217;quv yurtlarila o&#8217;quvtarbiya jarayoni shakl va uslublarini takomillashtirishga qaratilgandir. Bu borada bir necha ilmiy asarlar, darslik va qo&#8217;llanmalar yaratildi, 1998 yildan &#8220;huquq\u2014Pravo gash&#8221; ilmiy-nazariy yuridik jurnal (o&#8217;zbek, rus, ingliz tillarida) chop etiladi. Akademiya AQSh, Yaponiya, Germaniya, Vengriya. Shvetsiya, Rossiya va Ukraina davlatlari o&#8217;quv yurtlari va huquqtartibot organlari, shuningdek, AQSh Adliya vazirligi, Xalqaro qizil Xoch va boshqalar xalqaro tashkilotlar bilan aloqa o&#8217;rnatgan. 1999 yildan buyon Akademiya tarixi muzeyi ishlab turibdi. 4 ta zamonaviy o&#8217;quv binosi, 2 ta yotoqxona, mehmonxona, 14 ta ma&#8217;ruzalar zali, 130 o&#8217;quv auditoriyasi va o&#8217;quv-uslubiy xonalari, 500 ming nusxadan ortiq asarga ega 3 ta kutubxona, bosmaxona, shahardan tashqaridagi harbiydala o&#8217;quv markazi, dam olish uyi, uchta zal va basseyndan iborat sport majmuasi, stadion, sport maydonchalari, otish tiri, kriminalistik poligon, telemarkaz va boshqalar bor. Akademiya sportchilari O&#8217;zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida turli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, 320 dan ortiq medalni (shundan 50 tasi oltin) qo&#8217;lga kiritgan. Akademiya huzurida O&#8217;zbekiston xotin-qizlar sambo federatsiyasi tuzilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI \u2014 huquqni muhofaza qilish organlari uchun xodimlar tayyorlovchi oliy ta&#8217;lim muassasasi. 1994 yil 2 sentyabrda tashkil qilingan. Ichki ishlar organlari yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash, qayta &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-ichki-ishlar-vazirligi-akademiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-14824","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14824","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14824"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14824\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14827,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14824\/revisions\/14827"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14824"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14824"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14824"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}